Oʻzbekiston — Indoneziya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzbekiston — Indoneziya munosabatlariIndoneziya Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olib, diplomatiya munosabatlari oʻrnatganidan keyin ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik, savdosotiq rivojlana boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimovning 1992 yil iyunida Indoneziya ga tashrifi davomida ikki mamlakatning oʻzaro munosabatlariga mustahkam asos yaratildi. Tashrif cho-gʻida "Iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim", "Oʻzaro munosabatlar haqida qoʻshma axborot", shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan "PT Prima Ko-meksindo" kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik qilish toʻgʻrisyda hujjat im-zolandi. 1995 yilda Indoneziya prezidentining Oʻzbekistonga qilgan tashrifi davomida ikki tomonlama hamkorlik, havo transporti va turizm soqasida bir qator muhim hujjatlarga qoʻl qoʻyildi. Umuman oʻzaro manfaatli hamkorlik qoidalari va yoʻnalishlarini belgilovchi 10 ta hujjat qabul qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Indoneziya oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2000 yilda 361,8 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Indoneziya Oʻzbekistondan kalava ip sotib olmoqda va transport sohasidagi xizmatdan foydalanmoqda. Ayni vaqtda I. Oʻzbekistonga elektr asbob-uskunalari, qora metalldan yasalgan buyumlar va baliq mahsuloti sotmoqda.

Indoneziyaning "PT Bakri Kommunikeyshn Korporeyshn" kompaniyasi bilan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi barpo etgan "Oʻztelekominterneyshnl" qoʻshma korxonasi Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Samarkand viloyatlarida oʻz filiallarini ochgan. Bundan tashqari, indo-nez investorlarining sarmoyasi 100% boʻlgan 2 ta korxona tashkil etilgan; "Buztel" va "Bakri Investido" korxonalari uyali telefon stansiyalari qurish va ularni ishlatish hamda say-yohlarga xizmat koʻrsatish, mehmonxona xoʻjaligini yoʻlga qoʻyish bilan shugʻullanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi da "PT Tirtamas Komeksindo" va "PT Bakri Kommunikeyshn Korporeyshn" kompaniyalarining vakolatxonalari ishlab turibdi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil