Alisher Shayxov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Alisher Erkinovich Shayxov
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi
2006-yildan — 2017-yilgacha
Oʻtmishdoshi: ?
Vorisi: Adham Ikromov
O‘zbekiston Respublikasi Savdo vaziri
2005-yildan — 2006-yilgacha
Oʻtmishdoshi: Nasriddin Najimov
Vorisi: Elyor Gʻaniyev
 
Tavalludi: 7-noyabr 1956 (1956-11-07) (62 yosh)
Toshkent
Otasi: Shayxov Erkin Turdiyevich

Alisher Erkinovich Shayxov (1956-yil 7-noyabrda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida tug‘ilgan) — O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi (2006-2017)[1][2].

Biografiya[tahrir]

  • 1979-yil Toshkent Davlat Universiteti Sharqshunoslik fakultetining tarix bo‘limini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi. 1983 yil iqtisod fanlari nomzodi bo‘lgan.
  • 1979-1992 yillar Sharqshunoslik instituti Ilmiy Akademiyasining ilmiy xodimi, direktor o‘rinbosari.
  • 1987-1988 yillar Misr Arab Respublikasi Qohira universitetida ish o‘rganuvchi.
  • 1992-1993 yillar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish istiqbollari va tahlili bosh boshqarmasi boshlig‘i.
  • 1993-1994 yillar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i.
  • 1994-1995 yillar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi o‘rinbosari.
  • 1995-1996 yillar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish Departamenti boshlig‘i.
  • 1996-1998 yillar O‘zbekiston Respublikasining Olmoniya va Avstriya Respublikasidagi elchisi, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) huzuridagi O‘zbekiston Missiyasi boshlig‘i.
  • 1998-2001 yillar O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchisi.
  • 2001-2004 yillar O‘zbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi, Yevropa Ittifoqi huzuridagi O‘zbekiston Missiyasi boshlig‘i, NATO huzuridagi O‘zbekiston Missiyasi boshlig‘i.
  • 09.2004-12.2005 yillar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi.
  • 12.2005-04.2006 yillar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
  • 2006-yildan 2017-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimida ishlagan[3].
  • 2017-yildan hozirgi kungacha - Oʻzbekistonning Birlashgan Qirollikdagi favqulodda va muxtor elchisi.[4].

Manbalar[tahrir]