Alisher Kurmanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alisher Anvarovich Kurmanov

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanovning (oʻngda) Vinnitsa viloyati vakillari bilan uchrashuvi
 Oʻzbеkistоnning Ukrainadagi elchisi
 
Mansab davri
2020-yildan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Alisher Abdualiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-oktyabr 1965-yil (1965-10-24) (58 yosh)
Toshkent[1]
Mukofotlari

Alisher Anvarovich Kurmanov (1965-yilda tugʻilgan) — oʻzbek diplomati. Oʻzbekiston Respublikasining Ukraina va Moldova davlatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi[2][3][4][5][6].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yilda Toshkent davlat universitetining sharqshunoslik, 1994-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. Rus, ingliz va arab tillarini biladi.

1987-1989 — „Soyuztransgaz“ ittifoqining tarjimoni (Liviya).

1991-2000 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.

2000-2007 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqarmasi boshlig‘i.

2007-2013 — O‘zbekiston Respublikasining Singapur Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2011-2013 — O‘zbekiston Respublikasining Avstraliyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2013-2014 — O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2014-2014 — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

2014-2015 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari.

2015-2017 — O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2017-2020 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi.

2020-yil iyun oyidan O‘zbekiston Respublikasining Ukraina va Moldovadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2020-yil 11-dekabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]