Oʻzbekiston — Litva munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzbekiston — Litva munosabatlari — Oʻzbekiston Respublikasi bilan Litva Respublikasi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1995 yil iyunda Litvaga qilgan safari vaqtida imzolangan savdo-iqtisodiy hamkorlik haqidagi bi-tim asos qilib olingan. Shu bitimga binoan, ikkala mamlakat savdo-sotiqda bir-biriga eng koʻp qulaylik yara-tib berishi va bevosita xoʻjalik aloqalari oʻrnatish koʻzda tutilgan. Na-tijada mamlakatlar oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1994 yildagi 23,692 mln. AQSH dollaridan 2001 yilda 29,9 mln. dollarga yetdi. Litva prezidentining 1997 yil fevraldagi Oʻzbekiston Respublikasi ga tashrifi chogʻida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada chuqurlashtirish haqida kelishib olindi. Nihoyat, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2002 yil sentabrda Litvaga tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi, bir qancha muhim shartnomalar imzolandi. Jumladan, transport, qishloq xoʻjaligi, yoqilgʻi sanoati, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalarida hamkorlik qilinadigan boʻldi. Oʻzbekiston-Litva savdoiqgisodiy hamkorlik qukumatlararo komissiyasi ish boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi dan Litvaga paxta tolasi, neft va neft mahsulotlari, rangli metall, tomat mahsuloti, meva va sabzavot konservasi, oʻgʻit, ip gaz-lama, qimmatbaho toshdan yasalgan mahsulotlar yuborib turiladi. Litvadan Oʻzbekiston Respublikasi ga esa mashina, asbob-uskuna, sut, goʻsht va baliq mahsulotlari, qand-shakar va qandolat, yogʻoch va mebel, trikotaj, poyabzal va bosh kiyimlar, sariyogʻ va oʻsimlik yogʻi kabilar yuboriladi.

"Oʻzbeksavdo" tashkilotlari Litvadagi "Avokado", "Vekta", "Klaypedos Balday prekiba", "Liora", "Inkaras" singari aksiyadorlik jamiyatlaridan sovitkichlar, mebel, roʻzgʻor asboblari, kiyim-kechak, poyabzal, attorlik buyumlari, zigʻir tolasidan toʻqilgan gazlama, deraza parda, moʻynali bosh kiyimlar oladi.

Yuk tashish sohasidagi hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasi uchun ayniqsa ahmiyatlidir. Klaypeda portidan oʻzbek tovarlari Germaniya, Polsha, Niderlandiya, Belgiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Daniya va Fransiyaga yuboriladi. "Oʻzbekmebel" davlat aksiyadorlik jamiyati L.ning "Audeyas", "Avokado" korxonalari bilan tuzgan shartnomalarga binoan, yuqori sifatli mebelbop gazlama, yogʻoch tolali plitalar va yelim oladi. Oʻzbekiston Respublikasi da litvalik sarmoyadorlar ishtirokida tashkil etilgan 22 qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Madaniy hamkorlik sohasida ham dastlabki qadamlar qoʻyildi. Jumladan, 1992 yil Toshkentda tuzilgan Litva madaniyati jamiyati, 1994 yil Vilnyusda tuzilgan oʻzbek milliy jamiyati samarali ish olib borayotir, ikkala xalqning madaniy merosini saqlash va targʻib qilishga, tilini oʻrganish va adabiy asarlarini tarjima qilib nashr etishga hissa qoʻshayotir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil