Otabek Akbarov
Otabek Hamidullayevich Akbarov | |
---|---|
![]() | |
Oʻzbеkistоnning Italiyadagi elchisi | |
Mansab davri 2018-yildan — hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Jahongir Gʻaniyev |
Oʻzbеkistоnning Birlashgan Qirollikdagi elchisi | |
Mansab davri 2007-yildan — 2015-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | ? |
Vorisi | ? |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
19-dekabr 1967-yil Toshkent |
Otabek Hamidullayevich Akbarov — oʻzbek diplomati, filolog. Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi. 2007—2015-yillarda Birlashgan Qirollik, Irlandiya va Norvegiya davlatlaridagi elchisi[1].
Maʼlumoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
1983-yilda Viktor Uspenskiy nomidagi Respublika oʻrta maxsus musiqa maktabini tugatgan.
1993-yilda Toshkent davlat universiteti sharqshunoslik fakulteti sharq filologiyasi bakalavr va magistraturasini tugatgan.
1994-yilda „Klingendal“ nomidagi Niderlandiya xalqaro munosabatlar instituti — Markaziy Osiyo va Moʻgʻulistonlik yosh diplomatlar uchun oʻquv kurslarini tugatgan.
2005-yilda Jeneva siyosiy xavfsizlik markazi — Yangi siyosiy masalalar boyicha oʻquv kurslarini tugatgan.
2014-yilda Kembrij universiteti Markaziy Osiyo forumida katta diplomatik lektor.
Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1993—1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Kosullik boshqarmasi kata inspektori
1994—1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi uchinchi kotibi
1995—1998 — Oʻzbekiston Respublikasining Brusseldagi (Belgiya Qirolligi) Elchixonasi ikkinchi kotibi.
1998—2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi birinchi kotibi, Boshqarma boshligʻi vazifasini bajaruvchi.
2000—2004 — Oʻzbekiston Respublikasining Parijdagi (Fransiya) Elchixonasi birinchi kotibi.
2004—2007 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi Boʻlim boshligʻi, Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi.
2007—2015 — Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
2010—2015 — Oʻzbekiston Respublikasining Norvegiya Qirolligidagi (qarorgohi Londonda) Favqulodda va Muxtor Elchisi.
2013—2015 — Oʻzbekiston Respublikasining Irlandiyadagi (qarorgohi Londonda) Favqulodda va Muxtor Elchisi.
2015—2016 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik va xavfsizlik masalalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
2016—2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Oʻrta va Yaqin Sharq davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi
2018-yil 19-oktabrdan — Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
2021-yil 22-fevraldan — Oʻzbekiston Respublikasining BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (Rim) huzuridagi doimiy vakili.
2021-yil 24-fevraldan — Oʻzbekiston Respublikasining Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro fondi (Rim) huzuridagi doimiy vakili.
2021-yil 24-martdan — Oʻzbekiston Respublikasining BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi (Rim) huzuridagi doimiy vakili[2].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Министерство иностранных дел Республики Узбекистан“. 22-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-yanvar 2023-yil.
- ↑ http://uzembassy.it/page/424