Oʻzbekistonning xalqaro munosabatlari
![]() | Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
1992-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]
2-yanvar | Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalk Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. |
23-yanvar | Oʻzbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. |
26-yanvar | Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. |
29-yanvar | Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. |
19-fevral | Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. |
20-fevral | Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni podsholigi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. |
22-fevral | Oʻzbekiston va Isroil davlati oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. |
1-mart | Oʻzbekiston va Fransiya Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. |
4-mart | Oʻzbekiston va Turkiya Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. |
18-mart | Oʻzbekiston va Hindiston Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. |
20-mart | Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. |
1994-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]
24 may | Toshkentda Qozogʻiston elchixonasi ochildi. |
19 avgust | Moskvada Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatish toʻgʻrisidagi Bayonnoma imzolandi. |
23 avgust | Moskvada Oʻzbekiston elchixonasida Oʻzbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatish toʻgʻrisidagi Bayonnoma imzolandi. |
1 sentyabr | Germaniya Federativ Respublikasi poytaxti Bonnda Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasi (Oʻzbekistonning Yevropadagi birinchi elchixona) ochildi. |
15 sentyabr | Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasida Oʻzbekiston Respublikasi va Chili Respublikasi oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatish toʻgʻrisidagi hujjat imzolandi. |
16 sentyabr | Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasida Oʻzbekiston Respublikasi va Chad Respublikasi oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatish toʻgʻrisidagi hujjat imzolandi. |
31 oktyabr | Albaniyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Arben Pandi Tsitsi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorligʻini topshirdi. |
Shu kuni Prezidentga ishonch yorliqlarini Iordan Xoshimiylar Qirolligining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Valid Majd as-Saad al-Bataknix hamda Isroil davlatining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Moshe Gets topshirdilar. | |
14 noyabr | Vatikan davlatining Oʻzbekistondagi vakili arxiepiskop Marian Olesh Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorligʻini topshirdi. |
30 noyabr | Oʻzbekistondagi Belgiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor elchisi Mishel Adam Prezident I.Karimovga ishonch yorligʻini topshirdi. |
Shu kuni I.Karimovga Latviya Respublikasi Favqulodda va Muxtor elchisi Andris Viltsane ham ishonch yorligʻini topshirdi. |
1995-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]
16 yanvar | Oʻzbekiston Respublikasi va Sloveniya Respublikasi oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi. |
18 yanvar | Oʻzbekiston Respublikasi va Yugoslaviya Respublikasi oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi. |
Yanvar | Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari uchun Xalqaro Qizil xoch tashkilotining doimiy vakolatxonasi ochildi. |
6 fevral | Oʻzbekiston Respublikasi va Xorvatiya Respublikasi oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi. |
9 fevral | Qozogʻiston poytaxti Olma-ota shahrida Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasi ochildi. |
Fevral | Ashxabadda Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasi ochildi. |
1 mart | Prezident I.Karimovga Moldova Respublikasi Favqulodda va Muxtor elchisi Nikolay Dudeu ishonch yorligʻini topshirdi. |
10 may | Oʻzbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi. |
28 iyun | Prezident I.Karimovga Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Barbari Logan Xey xonim ishonch yorligʻini topshirdi. |
24 iyul | Yunoniston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kiriakos Rodusakis Prezident I.Karimovga ishonch yorligʻini topshirdi. |
12 sentyabr | Hindiston davlatining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Melkulangara Kumaran Bxadrakumar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovga ishonch yorligʻini topshirdi. |
Shu kuni Zambiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Nchimuniya Djon Sikaulu ham Prezident I.Karimovga ishonch yorligʻini topshirdi. | |
26 sentyabr | Shvetsiya Qirolligining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sven Xirdman Prezident I.Karimovga ishonch yorligʻini topshirdi. Shu kuni Frantsiya Respublikasi Favqulodda va Muxtor elchisi Jan Klod Rishar ham I.Karimovga ishonch yorligʻini topshirdi. |
2 oktyabr | Moskvadagi Oʻzbekiston elchixonasida Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatish toʻgʻrisidagi Bayonnoma imzolandi. |
Shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi va Kambodja Qirolligi oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatish toʻgʻrisidagi Bayonnoma imzolandi. | |
6 oktyabr | Oʻzbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasida Oʻzbekiston Respublikasi va Ruminiya oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatish toʻgʻrisidagi Bayonnoma imzolandi. |
Shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi va Senegal Respublikasi oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatish toʻgʻrisidagi Bayonnoma imzolandi. | |
27 oktyabr | Moskvadagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasida Oʻzbekiston Respublikasi va Armaniston Respublikasi oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatish toʻgʻrisidagi Bayonnoma imzolandi. |
1 noyabr | Eron Islom Respublikasining respublikamizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Moxsen Pokayin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorligʻini topshirdi. |
23 noyabr | Avstriya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Valter Zigl Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorligʻini topshirdi. |
Shu kuni Tojikiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Tojiddin Mardonov ham Prezidentimizga ishonch yorligʻini topshirdi. | |
27 dekabr | Italiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Iolanda Brunetti Goetts Prezident I.Karimovga ishonch yorligʻini topshirdi. |
Shu kuni Indoneziyaning respublikamizdagi elchisi Soekadari Xongovongso ham Prezidentga ishonch yorligʻini topshirdi. |
1996-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]
23 yanvar | Germaniya Federativ Respublikasi Favqulodda va Muxtor elchisi Reynxart Bindzail Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorligʻini topshirdi. |
11 aprel | Turkmanistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sultan Pirmuhamedov Prezident I.Karimovga ishonch yorligʻini topshirdi. Shu kuni Bangladesh Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Saidxuja Shorjil Xasan Prezident I.Karimovga ishonch yorligʻini topshirdi. Shu kuni Argentina Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Arnoldo Manuel Listre Prezident I.Karimovga ishonch yorligʻini topshirdi. |
3 may | Filippin Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Samuel Ramel Prezident I.Karimovga ishonch yorligʻini topshirdi. |
Shu kuni Norvegiya Qirolligining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Per Tresselt Prezident I.Karimovga ishonch yorligʻini topshirdi. | |
Shu kuni Qirgʻiziston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Botirali Sodiqov Prezident I.Karimovga ishonch yorligʻini topshirdi. | |
7 may | Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini Oʻzbekistonda intellektual mulk himoyachisi sifatida eʼtirof etib, I.Karimovni Jahon intellektual mulk tashkiloti Oltin medali bilan taqdirlash haqida Qaror qabul qildi. I.Karimov jahon davlatlari orasida bu medal bilan taqdirlangan birinchi prezident boʻldi. |
16 may | Oʻzbekiston Respublikasi va Venesuela Respublikasi oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatish toʻgʻrisida Bayonnoma imzolandi. |
21 may | Ruminiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Konstantin Girbya prezident I.Karimovga ishonch yorligʻini topshirdi. |
Shu kuni Yaman Arab Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ali Abdalla al-Buxayri prezident I.Karimovga ishonch yorligʻini topshirdi. | |
22 iyun | Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida hamkorlik va sheriklik toʻgʻrisida Shartnoma imzolandi. |
23 iyun | Londondagi Bruney Sultonligi - Dorussalom elchixonasida Oʻzbekiston Respublikasi va Bruney Sultonligi - Dorussalom oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatish toʻgʻrisidagi hujjat imzolandi. |
5 iyul | Toshkentda Germaniya Daymler-Bents kontsernining vakolatxonasi ochildi. |
11 iyul | Malayziyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Shaarani Bin Xoji Ibrohim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorligʻini topshirdi. |
1998-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]
6-may | Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar xalqaro tashkilotiga (OICA) aʼzo boʻldi. |