Oʻzbekiston — Bolgariya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzbekiston — Bolgariya munosabatlari — Ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar uchun huquqiy asos yaratish, savdoiktisodiy hamkorlikni rivojlantirish, qoʻshma korxonalar barpo etish sohasida bir muncha ishlar qilinmoqda. B. savdoiqtisodiy delegatsiyasining 1994 y. iyunida Oʻzbekistonga tashrifi natijasida iqtisodiyot va savdo-sotiqning bir qancha sohalarida hamkorlik qilish haqidagi bayonnomalar imzolandi. 1997 yil noyabrda B. tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻldi. Shu yil 12 noyab.da Toshkentda B. tadbirkorlari vakillari ishtirokida Oʻzbekiston ishbilarmonlari uchun biznesseminar oʻtkazildi. Unda ikkala mamlakat oʻrtasidagi anʼanaviy aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish va iqtisodiy hamkorlik sohasidagi barcha imkoniyatlardan unumli foydalanish haqida kelishib olindi. Bolgariyalik mehmonlarning "Oʻzbeksavdo", "Oʻzbekengilsanoat" uyushmalarida, "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi (1998 y. dek.dan xolding kompaniya), Toshkent sh. hokimligi, Sogʻliqni saklash vazirligi va "Uzfarmsanoat" konsernida oʻtkazgan muzokaralari samarali yakunlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi bilan B. oʻrtasidagi tashqi savdo aylanmasi 1995 y. da 19,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi va 1994 y. koʻrsatkichidan deyarli 2 baravar oshdi. B. Oʻzbekistondan paxta tolasi, kalava ip, rangli metallar, noorganik kime mahsulotlari, mexanika asbobuskunalari sotib olmoqda va transport xizmatidan foydalanmoqda. Oʻzbekiston esa B.dan dori-darmon, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, qandshakar, efir moylari, qandolat mahsulotlari, pardozandoz buyumlari, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar, tamaki va h. k. keltiradi.

1997 y. yanv. sent. oylarida oʻzaro tovar aylanmasi 8089,6 ming AQSH dollarini tashkil etdi va Oʻzbekistonning eksporti importidan 825,2 ming dollar ortiq boʻldi.

Alohida tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlik quyidagicha: "Uzfarmsanoat" konserni B. ning farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqaruvchi katta birlashmasi "Farmaxim" bilan qoʻshma korxona barpo etishga kirishdi. Jumladan, bronxolitin preparatini i.ch. korxonasini tashkil etish shartnomasiga binoan B. tomoni 200 ming AQSH dollari qiymatiga ega boʻlgan asbobuskuna va materiallar yetkazib beradi. Bu korxona yiliga 1 mln. flakon preparat ishlab chiqaradigan boʻladi. "Oʻzeltexsanoat" uyushmasining "Foton" aksiyadorlik jamiyati "Karat" nazoratkassa apparatlari uchun butlovchi qismlar yetkazib berish haqida "Sofiya" firmasi bilan shartnoma tuzdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki B.ning "Bulbank", "Ferst investment Bank LTd" banklari bilan vakillik munosabatlari urnatdi. "Toshkent aviatsiya i.ch. birlashmasi" aksiyadorlik jamiyati 1990—91 y. larda B.ga 3 ta Il76 TD samolyotini yubordi.

1997 y. dek.da UzR Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi roʻyxatidan oʻtgan B. sarmoyasi ishtirokidagi 15 ta qushma korxona bulgan. Ular orasida telefon apparatlari ishlab chiqaruvchi "Sitora", elektrkardiograflar yigʻuvchi va ularning ehtiyot qismlarini almashtiruvchi "Kontakt", tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Sikander", tish pastasi va b. ruzgor kimyosi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Albo", hisoblash texnikasini taʼmirlovchi va ularga xizmat koʻrsatuvchi "Bulteks", bolalar taomi va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Rossi S. A." va b. korxonalar bor. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi yuz foiz B. sarmoyasidagi "Bulgar Tradiud Co" tashqi savdo korxonasini ruyxatdan utkazgan. Bundan tashqari mazkur vazirlik huzurida B. ning 2 ta firmasi: "Veko Limited" (akkumulyator i. ch., yuk tashish va sayyohlik faoliyati), "U. B. T. Ko" (temir yoʻl transporti uchun asbobuskuna va materiallar yetkazib berish, yuk tashish va ekspeditorlik faoliyati) vakolatxonalari rasmiylashtirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil