Oʻzbekiston — Rossiya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari
Oʻzbekiston va Rossiya

Oʻzbekiston

Rossiya
Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashuvi (2004)

Oʻzbekiston — Rossiya aloqalari uzok, tarixga ega. Oltin Oʻrda davlati sohibqiron Amir Temur zarbalari ostida barham topganidan keyin Rus davlati bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasida elchilik munosabatlari oʻrnatishga harakat boshlandi. Mac, 1464 yil Rus hukumati oʻz elchilarini bu yerga yubordi. 1490 yil temuriy Sulton Husayn Boyqaroning elchilari Moskvaga bordi. 16-asr oʻrtalarida Rus davlati Ashtarxon (Astraxon) va Kozon xonliklarini bosib olganidan keyin ikkala tomon birbiriga chegaradosh va qoʻshni boʻlib qoldi. Rus davlati ham Buxoro va Xiva xonliklari bilan aloqalardan manfaatdor edi.

16-asrning 2-yarmi, 17—18-asrlarda ikki oʻrtada diplomatok va savdosotiq alokalari faollashgan. Rossiya yilnomalarida koʻrsatilishicha, Buxoro amirligi, Xiva, Qoʻqon xonliklaridan elchilar savdosotiqni koʻpaytirish taklifi bilan Peterburgga borgan. 19-asrning 60-yillaridan Urta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingach, bu yerlar Rossiyaning xom ashyo manbai boʻlib qoldi. Oʻrta Osiyodan paxta, ipak va boshqa yuborish va bu yerga sanoat mollari keltirish yoʻlga qoʻyiddi. 1917 yil oktabr toʻntarishidan keyin Oʻzbekiston — Rossiya alokalari Sovet xukumati siyosati doirasida yagona iktisodiyot rejasiga binoan, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash yoʻlida amalga oshiriddi.

Stamps of Uzbekistan, 2006-053.jpg

20-asrning 90-yillaridan ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar oʻrnatila boshladi. Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1998, 2001 va 2004 yillarda Rossiyaga qilgan tashriflari, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2000 va 2003 yillarda Oʻzbekistonda boʻlgan vaqtida erishilgan bitimlar va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikka huquqiy asos yaratdi. 1998— 2007 yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlikni chukurlashtirish haqidagi shartnoma bu asosni yanada kengaytirdi. Rossiya Federatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya asosiy muvofiqdashtiruvchi organ vazifasini bajaradi. U ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarning ustun yoʻnalishlarini belgilash, qulay hamkorlik shartsharoitlarini vujudga keltirishga, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarni xususiylashtirish jarayenlarida ishtirok etishiga, Oʻzbekiston va Rossiya regionlarining hamkorligiga koʻmaklashish bilan shugʻullanadi. 2003 yil Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 149,1 mln. AKSH dollariga yetdi. UzR dan Rossiyaga paxta tolasi, yengil avtomobil, mevasabzavot mahsuloti va boshqa yuboriladi. Rossiyadan mexanik va elektr mashinauskuna, transport vositalari, qora metall, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, doridarmon, yogʻoch, kimyo sanoati mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Ikki mamlakat ishbilarmonlarining hamkorligi tufayli Oʻzbekiston Respublikasida 520 ta qoʻshma korxona barpo etilgan. Ular orasida Rossiya sarmoyasi 100% boʻlgan oʻnlab korxona bor. Ular oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochni qayta ishlash, doridarmon ishlab chiqarish, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadi. Rossiyaning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, "Aeroflot", "Avtovaz", "Zarubejneftgaz", "LUKoyl", "Texmashimpeks" va boshqa oʻz vakolatxonalariga ega. Rossiyada oʻzbek rezidentlari ishtirokida tashkil etilgan 167 korxona, shu jumladan, 72 qoʻshma korxona bor. Oʻzbekiston — Rossiya munosabatlari sohasida, ayniqsa, aviasozliqda avvalgi kooperatsiya aloqalari sakdanib qolgan. Oʻzbek gazini Rossiya orqali oʻzga davlatlarga oʻtkazish, shuningdek, yangi neft va gaz manbalarini qidirib topish, ularni qazib olish va qayta ishlash sohasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Rossiyaning "Gazprom" aksiyadorlik jamiyatlari birlashmasi bilan "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi oʻrtasida strategik hamkorlik qilish toʻgʻrisida hamda "Oʻzbekneftgaz" bilan "LUKoyl" oʻrtasida mahsulotni taqsimlashga oid bayonnoma tayyorlash hakida imzolangan hujjatlar bu borada muhim voqea boʻldi. Ikki mamlakat regionlarining iqtisodiy hamkorligi uzluksiz rivojlanmokda. Moskva shahri va viloyati, Sankt-Peterburg, Yaroslavl viloyati, Boshqirdiston, Mordoviya, Tatariston respublikalari, Sibir va Ural regionlarining ishbilarmon doiralaridan Oʻzbekiston Respublikasi ga delegatsiyalar kelib turadi, ular Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari bilan oʻzaro manfaatli shartnomalar tuzdi. Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, "UzDEUavto", "Oʻzavtoyoʻl" bilan tuzilgan shartnomalar shu jumlaga kiradi.

Ilmiy hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Supa platosida Xalqaro radioastronomiya rasadxonasini barpo etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo shartnomani amalga oshirish boʻyicha olimlar hamkorligi bunga misol boʻladi. Ikki mamlakat fanlar akademiyasilari va ularning institutlari ilmiy aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. 2001 yil fevralda Toshkentda ochilgan Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi ("Roszarubejsentr")ning vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qilish vazifasi kjlatilgan. "Roszarubejsentr" bilan Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan turli tadbir, kecha va koʻrgazmalar oʻtkazish odat tusiga kirgan. Madaniyat va sanʼat, xususan, tasviriy va amaliy sanʼat vakillari oʻzaro ijodiy aloqa qilib turadilar, jumladan, 2003 yil Moskvada J. Umarbekov va boshqa oʻzbek rassomlarining koʻrgazmalari uyushtirildi. 1997 yildan boshlab Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Moskvadagi Rassomlar markaziy uyida har yili oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro koʻrgazmaning doimiy ishtirokchisidir. Oʻzbekiston Respublikasidagi Rus madaniyat markazi va "Uzbekistan—Rossiya" doʻstlik jamiyatining faoliyati madaniy aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga yordam beradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil