Kontent qismiga oʻtish

Yusuf Abdullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yusuf Nigʻmatovich Abdullayev
 Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi
 
Mansab davri
1992-yil 11-iyundan – 1994-yil 20-avgustgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Shomansur Shohalilov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 28-yanvar 1947-yil (1947-01-28) (77 yosh)
Samarqand

Yusuf Nigʻmatovich Abdullayev — oʻzbek diplomati, pedagog, tarixchi. 1992—1994-yillarda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi[1].

1969-1979-yillarda Samarqand davlat universitetida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, chet tillar fakulteti dekani boʻlgan.

1979-yildan beri AQSH, Angliya, Italiya, Finlandiya, Misr, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar universitetlarida maʼruzalar o‘qigan.

1980-1983-yillarda Afgʻoniston ijtimoiy fanlar instituti dekani.

Qayta qurish yillarida Oʻzbekiston Kompartiyasi MK apparatida va KPSS markaziy qoʻmitasida ishlagan.

„19—20-asr boshlaridagi rus-eron munosabatlari“ mavzusida tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. „Xorijiy pedagogika va taʼlim“ mavzusida pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.

Xorijiy mamlakatlar tarixi, pedagogikasi va filologiyasiga oid 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Professor. Nyu-York Fanlar akademiyasining, Rossiya Pedagogika va ijtimoiy fanlar akademiyasining, Xalqaro ijod akademiyasining faol aʼzosi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, ilmiy kotibi, Xalq taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va taʼlim boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

1992—94 yillarda — Oʻzbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

1994-2003-yillarda — Samarqand davlat chet tillar instituti rektori.

2003-yil may oyidan beri — Koreya Respublikasining Chonnam universiteti professori.

O‘zbekiston, Rossiya, Afg‘onistonning orden va medallar bilan mukofotlangan[2][3].

2018-yildan „Eriell prof education“ korporativ oʻquv markazi direktori.