Ilhom Neʼmatov
Neʼmatov Ilhomjon Toʻychiyevich | |
---|---|
![]() | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-may 1952-yil Namangan, OʻzSSR |
Mukofotlari |
![]() |
Neʼmatov Ilhomjon Toʻychiyevich (1952-yil, Namangan) — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari[1].
Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1952-yil 1-mayda Namangan viloyatida tugʻilgan.
- 1973-yili Fargʻona politexnika institutini tamomladi.
- 1992-yili SSSR TIV Diplomatik akademiyasini tamomladi. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.
- 1973-1974 — Qurolli Kuchlar safida xizmat.
- 1975-1989 — Namangan viloyatining qurilish tashkilotlari, partiya va jamoatchilik organlarida rahbar lavozimlarida ishladi.
- 1989-1992 — SSSR (Rossiya) Tashqi ishlar vazirligi diplomatik akademiyasi tinglovchisi.
- 1992-1993 — Konsullik boshqarmasida boʻlim boshligʻi, Ishlar boshqarmasi boshligʻi.
- 1993-1995 — Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi 1-kotibi, maslahatchi-vakili.
- 1995-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
- 1996-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi bosh konsultanti.
- 1997-1999 — Oʻzbekiston Respublikasining Hindistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
- 1999-2008 — Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi, oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasining ShHTdagi milliy koordinatori.
- 2008-2010 — Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
- 2010-2013 — Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
- 2010-2013 — Oʻzbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Braziliya va Kanadadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
- 2013-2014 — Oʻzbekiston Respublikasi TIVning Alohida topshiriqlar boʻyicha elchisi.
- 2014-2016 — „GM Uzbekistan“ AJ Bosh direktori maslahatchisi.
- 2016-2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining alohida topshiriqlar boʻyicha elchisi.
- 2018-2020 — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
- 2020-2021 — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
- 2021-yildan — MDH ijro qoʻmitasi raisining oʻrinbosari[2]
- Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.
- Ingliz, rus va nemis tillarini biladi. Oilali, uch farzandi bor.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Rahbariyat, 2017-02-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-02-10
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/12/19/cis/
![]() ![]() |
![]() |
Turkum:
- 1-mayda tugʻilganlar
- 1952-yilda tugʻilganlar
- Kishilar
- Namanganda tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Oʻzbekiston kishilari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekistonning Hindistondagi elchilari
- Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchilari
- Oʻzbekistonning AQShdagi elchilari
- Oʻzbekistonning Kanadadagi elchilari
- Oʻzbekistonning Braziliyadagi elchilari