Baxtiyor Islomov
Baxtiyor Anvarovich Islomov | |
---|---|
Fayl:Baxtiyor Islomov.jpg | |
Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi | |
Mansab davri 2003-yildan – 2008-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Shomansur Shohalilov |
Vorisi | Ilhom Neʼmatov |
Oʻzbеkistоnning Belarusdagi elchisi | |
Mansab davri 2004-yildan – 2008-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | ? |
Vorisi | ? |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
6-yanvar 1954-yil Toshkent |
Baxtiyor Anvarovich Islomov — oʻzbek diplomati, iqtisodchi. 2003—2008-yillarda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi[1].
Maʼlumoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1977-yilda — Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi boʻyicha, 1988-yilda — Sovet Ittifoqi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasida rahbar kadrlar tayyorlash kurslarini tamomlagan. Iqtisod fanlari doktori, professor.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1977-1981 — Oʻzbekiston fanlar akademiyasining iqtisodiyot instituti aspiranti.
1981-1983 — Toshkent aloqa instituti „Siyosiy iqtisod“ kafedrasi assistenti.
1983-1987 — Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi.
1988-1990 — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri.
1990-1992 — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti yetakchi ilmiy xodimi. Garvard universitetida taklif etilgan olim sifatida tadqiqot faoliyati olib borgan.
1993-1996 — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori, Xalqaro iqtisodiy rivojlanish boshqarmasi boshligʻi.
1994-1996 — BMTning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi maslahatchisi, BMTTDning makroiqtisodiy tahlil va kadrlar tayyorlash loyihasi direktori.
1996-2001 — Yaponiyaning Toxoku universiteti qoshidagi Shimoliy-Sharqiy Osiyo tadqiqotlari markazi professori, Xitotsubashi universiteti professori.
2001-2002 — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri. Respublika „Ustoz“ jamgʻarmasi ijrochi direktori. Bank-moliya akademiyasi ilmiy-uslubiy ishlar boʻyicha prorektori.
2002-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi.
2003-2008 — Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2004-2008 — Oʻzbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2008-yil 11-dekabrdan — 2012-yil yanvargacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
Favqulodda va muxtor elchi martabasiga ega.
Ingliz va fransuz tillarini biladi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Министерство иностранных дел Республики Узбекистан“. 22-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-yanvar.
- ↑ „ИСЛАМОВ Бахтиер Анварович“.