Akmal Kamolov
| Akmal Saydakbarovich Kamalov | |
|---|---|
Акмал Сайдакбарович Камалов | |
|
Mansab davri 2014-yil 11-oktabrdan – 2015-yil 11-oktabrgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Ziyodulla Poʻlatxoʻjayev |
| Vorisi | Bahrom Ashrafxonov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
25-aprel 1967-yil Sirdaryo |
Akmal Saydakbarovich Kamalov — oʻzbek muhandisi, davlat arbobi. 2014-2015-yillarda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1967-yil Sirdaryo viloyatida tugʻilgan.
1991-yilda Toshkent temiryoʻl muhandislari institutini injener-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1991-1994 — Oʻrta osiyo temir yoʻllari Toshkent teplovoz deposida elektr-ekipaj sexining brigadiri, avtomat sexining ustasi.
1994-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Yevropa ittifoqi komissiyasining texnik muvofiqlashtirish byurosida ishlagan.
1996-2001 — TRASEKA loyihasi koordinatori.
2001-2005 — „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ DATK Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi MDH davlatlari bilan ishlash boʻyicha boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi boshligʻi.
2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomladi va magistr darajasini oldi.
2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining oʻrinbosari.
2005-2011 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari.
2011-2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari.
2014-2015 — Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi[1].
2015−2017 — „Oʻzpaxtasanoateksport“ xolding kompaniyasi boshqaruv raisi[2].
2018-yil 4-yanvardan „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi o‘rinbosari.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali, uchta nafar 2ta oʻgʻil va 1 qizi bor[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Новый посол Узбекистана в России посетил МИД РФ“.
- ↑ „«Узпахтасаноатэкспорт» возглавил Акмал Камалов“.
- ↑ „A. S. Kamalov“. 2023-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-fevral.

