Ajal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ajal (arab — belgilangan vaqt, muhlat) — islom dinida inson umrining Alloh tomonidan belgilangan muddatining tugashi, oʻlim. Islom aqidalari boʻyicha ajal Alloh tomonidan qatʼiy belgilanadi. Qur’onda shunday oyat bor: „Qachonki ularning ajali yetsa, bir lahza oldin ham, bir lahza keyin ham qoʻyilmaydi“ (Aʼrof surasi, 34-oyat).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil