Moʻminun surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mo'minun surasidan yoʻnaltirildi)
Nur    23–sura   Haj
Moʻminun surasi — سورة المؤمنون
Qurʼon nusxalaridan biridagi Moʻminun surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 118, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 23, qora rangda - Moʻminun surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 74, 3. Rukuʼsi soni - 6; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:23, 3. Nozil boʻlish tartibi:74, 4. Rukuʼsi:6, 5. Oyati:118, 6. Porasi (Juzi):18 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Mo‘minlar[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 342–349[4]
Juz 18
Sura raqami 23
Oyatlar soni 118
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 6[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Nozil boʻlish tartibi 74[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Nur surasi  Keyingisi 23 Oldingisi  Haj surasi
Nozil boʻlish tartibi
Sajda surasi   Keyingisi 74 Oldingisi  Anbiyo surasi
                                   

Moʻminun surasi (arabcha: سورة المؤمنون, nomining maʼnosi — Mo‘minlar[8][9]) — Qurʼonning 23-surasi. Makkiy suralardan biri, 118 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 342–349[10]-sahifasida va 18-juzida joylashgan. 74-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy mavzusi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sura Alloh Taoloning borligi va birligiga hamda Muhammad alayhis-salom U zotning soʻnggi paygʻambari ekanligiga iymon keltirgan moʻminlar Firdavs bogʻlariga merosxoʻr boʻlish uchun qaysi amallarni qilib, qaysi amallardan tiyilishlari lozim ekanligini bayon qilish bilan boshlanadi. Shu boisdan u «Moʻminlar» deb atalgandir.

Bu surada ham oʻtmishdagi ayrim paygʻambarlar va ularga mushriklar tomonidan yetgan ozorlar zikr qilinishi bilan paygʻambar alayhis-salomga Makka kofirlarining yetkazayotgan aziyatlarida tasalli beriladi, Suraning mehvari (oʻqi) asosan bu dunyodagi hayot uchun qayta tirilish haq ekani atrofida aylanadi. Yana bu surada hayotlarini kufr bilan oʻtkazgan kimsalarning «sakarotul-mavt — oʻlim mastligi» chogʻida tortadigan azoblari, ajallari yetib — orzu-xayollari puchga chiqqan paytida chekadigan afsus- nadomatlari ham bayon qilinadi.

Sura odamlar ikki toifaga: baxtli va badbaxtlarga boʻlinadigan, har qanday nasl-nasab, qarindosh-urugʻchilikdan toniladigan, faqat iymon va qilingan yaxshi amalgina foyda beradigan Qiyomat kuni haqida xabar berish bilan nihoya topadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Nur surasi 23-sura — arabcha matni Oldingisi: Haj surasi