Maksim Konsevich
Maksim Konsevich | |
---|---|
Tavalludi |
25-avgust 1964-yil Ximki, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi |
Fuqaroligi | Rossiya, Fransiya |
Sohasi | Matematika |
Institutlar | Ilmiy tadqiqot oliy instituti |
Taʼlimi |
Bonn universiteti Moskva davlat universiteti |
Akademik rahbarlari | Don Bernard Zagier |
Mashhur shogirdlari | Sergey Barannikov |
Mashhur ishlari | Distributiv algebra |
Mukofotlari |
EMS mukofoti (1992) Otto Hahn medali (1992) Henri Poincaré mukofoti (1997) Fields medali (1998) Crafoord mukofoti (2008) Shaw mukofoti (2012) Fundamental fizika mukofoti (2012) Matematik yutuq mukofoti (2014) |
Maksim Lvovich Konsevich (ruscha: Макси́м Льво́вич Конце́вич) (1964-yil 25-avgustda tugʻilgan) — rus millatiga mansub fransuz matematik. Edward Wittenning kvant gravitatsiyasining ikki modeli ekvivalentligi haqidagi gipotezasini isbotlab, shuhrat qozongan. 1998-yil Fields medali bilan taqdirlangan. Ayni damda Fransiyadagi Ilmiy tadqiqot oliy institutida ishlaydi.
Konsevich taniqli sharqshunos olim Lev Konsevichning oʻgʻlidir. 1985-yil Moskva davlat universitetini tamomlagan. Bir necha yil davomida SSSR Fanlar akademiyasida ishlagan. 1992-yil Bonn universitetidan PhD darajasini olgan.
Konsevich zamonaviy fizikaning fundamental masalalari boʻyicha izlanishlar olib borib keladi. Supertolalar nazariyasining yetakchi mutaxassislaridan biri Brian Green Konsevich oʻz asarlari bilan bu nazariyani boshi berk koʻchadan olib chiqqanini aytgan. Konsevich, shuningdek, matematik fizikaning geometrik jihatlari boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Xususan, Konsevich tugun teoriyasi, kvantlashtirish hamda koʻzgu simmetriyasi sohalarini oʻrganib keladi.