Laptevlar dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laptevlar dengizi - Shim. Muz okeanining chekka dengizi. Jan.dan Osiyo qirgʻoklari, gʻarbdan Taymir ya.o. va Severnaya Zemlya o.lari, sharkdan Novosibirsk o.lari bilan oʻralgan. Boʻgʻozlar orqali gʻarbda Kara dengizi, sharqda Sharqiy Sibir dengizi bilan tutashgan. Maydoni 662 ming km². Chuq. 50 m — maksimal chuq. 3385 m. Yirik qoʻltiklari: Xatanga, Olenek, Buor-Xaya. Dengizning gʻarbiy qismida orol koʻp. Xatanga, Lena, Yana va boshqa daryolar quyiladi. Laptevlar dengizi iqlimi arktika iqlimi. Yanv,ning oʻrtacha temperaturasi —31°, —34° (minimum temperatura —50°), iyulniki G—7° (maksimum temperatura 24°). Yiliga 100 mm yogʻin tushadi. Yilning koʻp qismida muz bilan qoplanib yotadi. Morj, dengiz quyoni, nerpa, baliq va boshqa yashaydi. Aso-siy porti — Tiksi. Dengiz Arktika tadqiqotchilari D. Ya. Laptev va X. P. Laptevlar nomiga qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil