Taymir yarim oroli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Taymir yarim oroli - Osiyo ning eng shim.dagi yarim orol (Krasnoyarsk oʻlkasida). Maydoni 400 ming km² (RFdagi eng katta ya.o.). Oʻrta Sibirning shim.da, Kara dengizining Yenisey qoʻltigʻi bilan Laptevlar dengizining Xatanga qoʻltigʻi orasida. Jan.da Oʻrta Sibir yassitogʻligi bilan chegaradosh. Tabiatiga koʻra uch qismga boʻlinadi: 1) sohil boʻyi denudatsion kambar tekisligi; asosan, toʻrtlamchi davr yotqizikdaridan tarkib topgan. Relyefi — sertepa tekislik. Tundra landshaftlari asosiy oʻrin tutadi;. 2) Birranga togʻlari shim.sharkdan jan.garbga tomon oʻzaro parallel yoʻnalgan tizmalardan iborat. Uz. 800 km, eni 250 km. Eng baland joyi — Birranga togʻi (1146 m.). Uz. 5 km gacha boʻlgan bir necha togʻ muzligi bor (umumiy maydoni 40 km²); 3) Shim. Sibir (Taymir, YeniseyXatanga) pasttekisligi. Tuz gumbazlari uchraydi. Relyefi — sertepa tekislik, mutlaqbal. 50–200 m. Taymir yarim orolio.ning iklimi qahraton sovuq; zamini doimiy toʻngibyotadi. Yillikyogʻin 120–250 mm. Yanv.ning oʻrtacha trasi —30°, —35°, iyulniki G—12°. Eng past tra —61°, eng yuqori tra 30°. Daryolari: Pyasina, Yuqori va Quyi Taymira, Xatanga. Koʻl koʻp. Aholi koʻproq bugʻuchilik bilan shugʻullanadi. Taymir toshkoʻmir havzasi va koʻplab tuz konlari bor.