Minnesota universiteti
Minnesota universiteti | |
---|---|
![]() | |
Asos solingan | 1851-yil |
Koordinatalari: 44°58′30.000000000005″N 93°14′7.0000000000141″W / 44.97500000000000142°N 93.235277777777781694°W G O
Minnesota universiteti — AQShdagi eng yirik oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqotlar markazlaridan biri. 1851-yil tashkil etilgan. Mashgʻulotlar 1869-yildan boshlangan. Minneapolis, Sent-Pol, Dulut va Morris shaharlaridagi 4 kampus (shaxdrcha) larda joylashgan. Veterinariya, pedagog, farmakologiya, biol., tibbiyot, stomatologiya, jismoniy tarbiya, huquq va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 55 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 3 mln.dan ortiq asar saqlanadi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |