Futbol Olimpiada o‘yinlarida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi futbol musobaqasi birinchi marta 1900-yilda Parijdagi Yozgi Olimpiyada o‘yinlarida joriy qilingan. 1932-yildan Los-Anjelesdagi Yozgi Olimpiya o‘yinlaridan tashqari har bir o‘yinlar dasturiga kiritilgan.

Dastlab, musobaqa erkaklar uchun, 1996-yildn esa esa Atlantadagi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida alohida turnir sifatida o‘tkazila boshlangan. Olimpiyadadagi erkaklar futboli (boks, golf, tennis va xokkey bilan bir qatorda) sport turlaridan biri bo‘lib, unda oltin medal oliy yutuq hisoblanmagan. Qolaversa, Olimpiya futboli maqomi jihatidan nafaqat jahon chempionati, balki Yevropa va Amerika qitʼa chempionatlaridan quyi o‘rinlarda turgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbol sport turi sifatida birinchi marta Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida paydo bo‘lgan. Unda Fransiya, Belgiya va Buyuk Britaniyaning uchta klubi ikkitadan o‘yin o‘tkazgan. Dastlab „Apton Park“(Londonda joylashgan sobiq futbol stadioni) maydonida Fransiyaning „Union France de Sports Athletic“ jamoasi Belgiyaning Bryussel erkin Frankofoniya universiteti klubi bilan to‘qnash kelgan va 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Britaniyaliklar esa fransuzlarni 4:0 hisobida mag‘lub etishgan va birinchi Olimpiya chempionlari deb eʼlon qilingan. Fransiya ikkinchi, Belgiya jamoasi uchinchi o‘rinni egallagan.

Shuningdek, 1904-yilda Sent-Luise (AQShning Missuri shtatida joylashgan mustaqil shahar)da o‘tkazilgan navbatdagi Olimpiya o‘yinlarida uchta jamoa futbol o‘ynagan. Turnirda Kanadaning „Galt“ (Kanadaning Galt shahrida joylashgan futbol klubi) klubi va Amerikaning ikki jamoasi ishtirok etgan: Sent-Rouz Paris va Christian Brothers College High School jamoalari. Kanadaliklar Amerikaning ikkala jamoasini mag‘lub etib, chempion bo‘lgan, AQShning ikki jamoasi esa olimpiya o‘yinlarining kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Hozirda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bu ikkala musobaqani ham rasmiy Olimpiyada o‘yinlarining dasturiy qismi deb hisoblaydi, FIFA va IFFHS esa ularni ko‘rgazmali musobaqalar deb tasniflaydi va statistikaga kiritmaydi.

1904-yilga kelib, Xalqaro futbol federatsiyasi tashkil topgan va keyingi 1908-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlaridan boshlab bu tashkilot Olimpiya oʻyinlaridagi futbol musobaqalarini boshqarib borgan. O‘shandan beri futbol turnirida har bir mamlakatdan faqatgina bitta terma jamoalar ishtirok etgan (1908-yilgi o‘yinlarda Fransiyadan ikkita jamoaning ishtiroki bundan mustasno). Shuningdek, „Olimpiya tizimi“ bitta nokautli oʻyindan iborat boʻlgan musobaqa formati sifatida joriy etilgan va turnirda faqat havaskor futbolchilar ishtirok etishiga qaror qilingan.

1930-yil birinchi jahon chempionati oʻtkazilgunga qadar futbol boʻyicha Olimpiya turniri ushbu sport turidagi muhim xalqaro musobaqa hisoblangan. Ammo unda professional futbolchilarning ishtirok etishi taqiqlanganligi sababli bu maqom jahon chempionatiga oʻtkazilgan. FIFA 1924- va 1928-yillardagi Olimpiya turnirlarini rasman „havaskorlar jamoalari oʻrtasidagi jahon chempionati“, yaʼni zamonaviy jahon chempionatining bevosita salaflari sifatida tan olgan[1].

1960-yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlaridan boshlab musobaqa formati o‘zgargan va ishtirokchilar soni cheklangan. Shu paytdan boshlab 16 ta jamoa to‘rtta jamoadan to‘rtta guruhga bo‘lingan va o‘z guruhlaridagilar bilan o‘ynagan. Guruhlardagi yaxshi natija ko‘rsatgan jamoalar pley-offga yo‘llanma olgan.

1984-yilga kelib cheklangan hududlar bo‘yicha professional oʻyinchilarga Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiyada oʻyinlarida ishtirok etishga ruxsat berilgan. Jumladan, Osiyo, Afrika, KONKAKAF (Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi futbol konfederatsiyasi) hududi va Okean orti davlatlari ushbu ro‘yhatdan o‘rin olgan. Taqiq 1992-yilda butunlay olib tashlangan va shu bilan birga, futbolchilar uchun qisman yosh chegarasi joriy qilingan. Ular 23 yoshdan oshmasligi belgilangan.

1996-yildan boshlab esa har bir jamoada turli yoshdagi uchta futbolchi o‘ynashiga ruhsat etilgan, ammo qolgan o‘yinchlar 23 yosh katta bo‘lmasligi belgilab qo‘yilgan.

Musobaqa g‘oliblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkaklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil O‘tkazilgan joyi Final 3-o‘rin uchun o‘yin
1-o‘yin Hisob 2-o‘yin 3-o‘yin Hisob 4-o‘yin
19001  Fransiya Parij  GBR 4:0  Fransiya  Belgiya
19041  AQSh Sent-Luis  Kanada  AQSh  AQSh
1908  GBR London  GBR 2 : 0  Daniya  Niderlandiya 2 : 0  Shvetsiya
1912  Shvetsiya Stokgolm  GBR 4 : 2  Daniya  Niderlandiya 9 : 0  Finlandiya
1920  Belgiya Аntverpen  Belgiya 2  Ispaniya  Niderlandiya  Italiya
1924  Fransiya Parij  Urugvay 3 : 0   SUI  Shvetsiya 1 : 1
takroriy
3 : 1
 Niderlandiya
1928  Niderlandiya Аmsterdam  Urugvay 1 : 1
takrorlash
2 : 1
 Argentina  Italiya 11 : 3 Misr
1936 Berlin  Italiya 2 : 1
qo‘sh. vaqt
 Avstriya  Norvegiya 3 : 2  Polsha
1948  GBR London  Shvetsiya 3 : 1  YUG  Daniya 5 : 3  GBR
1952 Xelsink  Vengriya 2 : 0  YUG  Shvetsiya 2 : 0  Germaniya
1956 Melburun  SSSR 1 : 0  YUG  Bolgariya 3 : 0  IND
1960  Italiya Rim  YUG 3 : 1  Daniya  Vengriya 2 : 1  Italiya
1964 Tokio  Vengriya 2 : 1
Chexoslovakiya Birlashgan Germaniya jamoasi 3 : 1 Misr
1968 Mexiko  Vengriya 4 : 1  Bolgariya  Yaponiya 2 : 0  Meksika
1972 Myunxen  Polsha 2 : 1  Vengriya  GDR i  SSSR
2 : 23
1976 Monreal  GDR 3 : 1  Polsha  SSSR 2 : 0  Braziliya
1980 Moskvo Chexoslovakiya 1 : 0  GDR  SSSR 2 : 0  YUG
1984 Los-Anjeles  Fransiya 2 : 0  Braziliya  YUG 2 : 1  Italiya
1988 Seul  SSSR 2 : 1
qo‘sh. vaqt
 Braziliya Germaniya 3 : 0  Italiya
1992 Barselona  Ispaniya 3 : 2  Polsha  Gana 1 : 0  Avstraliya
1996 Atlanta  Nigeriya 3 : 2  Argentina  Braziliya 5 : 0  Portugaliya
2000 Sidney  Kamerun 2 : 2
penal. bo‘yicha
5 : 3
 Ispaniya  Chili 2 : 0  AQSh
2004 Afina  Argentina 1 : 0  Paragvay  Italiya 1 : 0  Iroq
2008 Xitoy  Argentina 1 : 0  Nigeriya  Braziliya 3 : 0  Belgiya
2012 London  Meksika 2 : 1  Braziliya  Janubiy Koreya 2 : 0  Yaponiya
2016 Rio-de-Janeyro  Braziliya 1 : 1
pen.bo‘yicha
5 : 4
 Germaniya  Nigeriya 3 : 2  Honduras
2020 Tokio  Braziliya 2 : 1
qo‘sh.vaqt
 Ispaniya  Meksika 3 : 1  Yaponiya

1. Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan rasmiy deb tan olingan turnirlar; FIFA ularni koʻrgazma deb biladi, chunki ular tashkil etilishidan oldin o‘tkazilgan. 2. Final uchrashuvining birinchi bo‘limida (Belgiya — Chexoslovakiya) 2:0 hisobida belgiyaliklar foydasiga hal bo‘lgan chexoslovakiyalik futbolchilar hakamlikdan norozi bo‘lib, maydonni tark etishgan va buning uchun diskvalifikasiya qilingan. Ikkita g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha turnir o‘tkazilib, final o‘yinida Ispaniya terma jamoasi Gollandiya termasini mag‘lub etgan (3:1) va ikkinchi o‘rinni egallagan. Gollandiya 3-o‘rinda qolgan. 3. Tashkiliy qo‘mita qarori bilan bronza uchun bahsda maydonga tushgan jamoalar qo‘shimcha o‘yindan ozod etilgan va har ikkisi ham bronza medallari bilan taqdirlangan.

Ayollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil O‘tkazilgan joyi Final 3-o‘rin uchun o‘yin
1-o‘rin Hisob 2-o‘rin 3-o‘rin Hisob 4-o‘rin
1996-yil
Ko‘rib chiqish
Atlanta  AQSh 2 : 1  Xitoy  Norvegiya 2 : 0  Braziliya
2000-yil
Ko‘rib chiqish
Sidney  Norvegiya 3 : 2
qo‘sh. vaqt
 AQSh  Germaniya 2 : 0  Braziliya
2004-yil
Ko‘rib chiqish
Afina  AQSh 2 : 1
qo‘sh. vaqt
 Braziliya  Germaniya 1 : 0  Shvetsiya
2008-yil
Ko‘rib chiqish
Xitoy  AQSh 1 : 0
qo‘sh. vaqt
 Braziliya  Germaniya 2 : 0  Yaponiya
2012-yil
Ko‘rib chiqish
London  AQSh 2 : 1  Yaponiya  Kanada 1 : 0  Fransiya
2016-yil
Ko‘rib chiqish
Rio-de-Janeyro  Germaniya 2 : 1  Shvetsiya  Kanada 2 : 1  Braziliya
2020-yil
Ko‘rib chiqish
Tokio  Kanada 1 : 1
pen, bo‘yicha. 3 : 2
 Shvetsiya  AQSh 4 : 3  Avstraliya

Medallar reytingi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umumiy reyting[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrin Mamlakat Oltin Kumush Bronza Jami
1  AQSh 4 2 2 8
2  Vengriya 3 1 1 5
3  GBR 3 0 0 3
4  Braziliya 2 5 2 9
5  Argentina 2 2 0 4
6  SSSR 2 0 3 5
7  Kanada 2 0 2 4
8  Urugvay 2 0 0 2
9  YUG 1 3 1 5
10  Ispaniya 1 3 0 4
11  Shvetsiya 1 2 2 5
12  Polsha 1 2 0 3
13  Germaniya 1 1 3 5
14  GDR 1 1 1 3
 Nigeriya 1 1 1 3
16 Chexoslovakiya 1 1 0 2
 Fransiya 1 1 0 2
18  Italiya 1 0 2 3
 Norvegiya 1 0 2 3
20  Belgiya 1 0 1 2
 Meksika 1 0 1 2
22  Kamerun 1 0 0 1
23  Daniya 0 3 1 4
24  Bolgariya 0 1 1 2
 Yaponiya 0 1 1 2
26   SUI 0 1 0 1
 Avstriya 0 1 0 1
 Xitoy 0 1 0 1
 Paragvay 0 1 0 1
30  Niderlandiya 0 0 3 3
31  Gana 0 0 1 1
 Chili 0 0 1 1
Germaniya birlashgan jamoasi 0 0 1 1
Germaniya 0 0 1 1
Janubiy Koreya 0 0 1 1
Jami 32 32 33 97

Erkaklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrin Mamlakat Oltin Kumush Bronza Jami
1  Vengriya 3 1 1 5
2  GBR 3 0 0 3
3  Braziliya 2 3 2 7
4  Argentina 2 2 0 4
5  SSSR 2 0 3 5
6  Urugvay 2 0 0 2
7  YUG 1 3 1 5
8  Ispaniya 1 3 0 4
9  Polsha 1 2 0 3
10  GDR 1 1 1 3
 Nigeriya 1 1 1 3
12 Chexoslovakiya 1 1 0 2
 Fransiya 1 1 0 2
14  Shvetsiya 1 0 2 3
 Italiya 1 0 2 3
16  Belgiya 1 0 1 2
 Meksika 1 0 1 2
18  Kanada 1 0 0 1
 Kamerun 1 0 0 1
20  Daniya 0 3 1 4
21  AQSh 0 1 1 2
 Bolgariya 0 1 1 2
23   SUI 0 1 0 1
 Avstriya 0 1 0 1
 Germaniya 0 1 0 1
 Paragvay 0 1 0 1
27  Niderlandiya 0 0 3 3
28  Norvegiya 0 0 1 1
 Yaponiya 0 0 1 1
 Gana 0 0 1 1
 Chili 0 0 1 1
Germaniya birlashgan jamoasi 0 0 1 1
Germaniya 0 0 1 1
 Janubiy Koreya 0 0 1 1
Jami 26 26 27 79

Ayollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrin Mamlakat Oltin Kumush Bronza Jami
1  AQSh 4 1 1 6
2  Germaniya 1 0 3 4
3  Kanada 1 0 2 3
4  Norvegiya 1 0 1 2
5  Braziliya 0 2 0 2
6  Xitoy 0 1 0 1
 Yaponiya 0 1 0 1
 Shvetsiya 0 2 0 2
Jami 7 7 7 21

Gol mualliflari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkaklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘rin O‘yinchi Mamlakat Gollar Turnirlar
1. Antal Dunai Vengriya 13 1968 (6), 1972 (7)
1. Sofus Nilsen Daniya 13 1908 (11), 1912 (2)
3. Ferens Bene Vengriya 12 1964 (12)
4. Domingo Taraskoni Argentina 11 1928 (11)
Pedro Petrone Urugvay 11 1924 (7), 1928 (4)
6. Kazimej Deyna Polsha 10 1972 (9), 1976 (1)
Gotfrid Fuks Germaniya 10 1912 (10)
8. Garold Uolden Buyuk Britaniya 9 1912 (9)
Vilgelm Volfhagen Daniya 9 1908 (8), 1912 (1)
10. Ektor Skarone Urugvay 8 1924 (5), 1928 (3)

Ayollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘rin O‘yinchilar Mamlakat Gollar Turnirlar
1. Kristina Braziliya 14 2004 (5), 2008 (5), 2012 (2), 2016 (2)
1. Birgit Prins  GBR Germaniya 10 1996 (1), 2000 (3), 2004 (5), 2008 (1)
3. Pretinya Braziliya 8 1996 (4), 2000 (1), 2004 (3)
4. Marta Braziliya 6 2004 (3), 2008 (3)
5. Tiffeni Milbrett  AQSh 5 1996 (2), 2000 (3)
5. Sun Ven Xitoy 5 1996 (1), 2000 (4)
5. Mia Hemm  AQSh 5 1996 (1), 2000 (2), 2004 (2)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Мохов Ю. Ф.. Футбол на Олимпиадах. Минск: Полымя, 1980.