Dargʻin tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dargʻin tili — dargʻinlar tili. Dogʻiston tillari guruhiga mansub. Dogʻiston hududidagi 5 tuman (Akushin, Daxalayev, Qaytogʻ va b.) hamda b. tumanlardagi baʼzi qishloqlarga tarqalgan. D.t. da taxminan 300 mingga yaqin kishi soʻzlashadi. Kavkaz (iberiy-kavkaz) tillari Dogʻiston shoxobchasiga kiradi. Birbiridan keskin farq qiluvchi dialektlarga ega. Mas, akusha, uraxa (boshqacha atalishi xyurka), sudaxan, sirxa, munra, kubacha, qaytogʻ (haydogʻ). Soʻnggi ikki dialektga baʼzan mustaqil til sifatida ham qaraladi. Adabiy D.t.ga akusha dialekti asos boʻlgan. Fonetikasi yumshoq tanglay va kichik til ishtirok etadigan, tomoq va boʻgʻiz undoshlari mavjudligi bilan farqlanadi. Leksikasida tub soʻzlardan tashqari boshqa (arab, fors, turkiy, rus) tillardan oʻzlashgan soʻzlar koʻpgina. 20-asr 20-y.larigacha yozuvga ega boʻlmagan, dastlab arab grafikasi asosidagi yozuv qabul qilingan, soʻng lotin (1928—38), undan keyin (1938 y.dan boshlab) kirill alifbosi asosidagi yozuvga oʻtilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Dargʻin tili" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil