Chechen tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chechen tili — kavkaz (iberiy-kavkaz) tillarining nax guruhiga mansub til. Asosan, RFning Checheniston (Chechnya), Ingushiya respublikalarida, shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Gruziya va Ukrainada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 960 ming kishidan ortiq (oʻtgan asrning 90- yillari oʻrtalari).

Chechen tili tekislik va togʻlik lahjalariga, togʻlik lahjalar esa oʻz navbatida yana 6 lahjaga boʻlinadi. Chechen tili fonetikasi murakkab vokalizm (qisqa, choʻziq, umlautli sodda unlilar, diftonglar, triftonglar) va konsonantizm (sodda, qoʻshaloq, tanglay undoshlari) tizimiga ega. Morfologiyasi agglyutinativflektiv belgilarga ega: unda 6 grammatik sinf, koʻp kelishikli turlanish, feʼlning zamon, mayl, tuye kategoriyalari mavjud. Sintaksisi sodda ran turlarining va qoʻshma ran yasalishi usullarining xilmaxilligi bilan ajralib turadi. Leksikasida rus, arab, fors, gruzin, turkiy va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar anchagina. Yozuvi oʻtgan asrning 20-yillarida arab grafikasi asosida, keyinroq lotin grafikasi asosida yaratilgan. 1938 yildan rus grafikasi asosidagi yozuv joriy qilingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Chechen tili" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil