Dinamo Samarqand futbol klubi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Dinamodan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Dinamo Samarqand FK
Toʻliq nomi Dinamo Samarqand futbol klubi
Laqabi Arslonlar
Dinamochilar
Asos solingan 1960-yili
Stadion Dinamo stadioni
Stadion hajmi 13,800
Prezidenti  UZB Akbar Shukurov
Murabbiyi  TKM Tachmurod Agamurodov
Sardori  UKR Andrey Melnichuk
Homiysi  UZB Pulsar
Vebsayt http://www.fcdinamo.uz/
Musobaqasi Oliy liga
2019 13 Oliy liga
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Dinamo (Samarqand) - futbol klubi, Oʻzbekiston Oliy Ligasi vakili. Dinamo Samarqand Professional Futbol Klubi hozirda Oʻzbekiston Oliy Ligasida qatnashadi. 2013-yilgi mavsumda jamoa 8-o'rinni egalladi.

Jamoa tarixi[tahrir]

Jamoa 1960-yili Samarqandda tashkil etilgan. Jamoa tashkil topganida SSSR 2-ligasida qatnashgan. 1968-yili SSSR Andoza:Country data USSR 2-Ligasida (O'rta Sharq Mintaqasi)dan sovrindorlar qatoridan joy olib, 2-Liganing asosiy turniriga yo'llanmani qo'lga kiritgan. 2000-yili Oʻzbekiston Kubogida finalgacha yetib borgan va "Do'stlik Toshkent" jamoasiga imkoniyatni boy bergan. Oʻzbekiston Chempionatida 1992-yildan beri qatnashadi.1994 va 1998-yillari Dinamo Birinchi Ligada o'ynagan. Qolgan barcha mavsumlarni (shu jumladan 2013-yilgi mavsum) Oliy Ligada o'tkazgan.

Klubning eski logotiplari[tahrir]

"Osiyo Kubok Egalari Kubogi"dagi ishtiroki[tahrir]

2000/2001-yilgi mavsumda "Dinamo Samarqand" ushbu turnirda qatnashgan. Ushbu turnirga yo'llanmani jamoa Oʻzbekiston Kubogida finalgacha yetib borganida qo'lga kiritgan. "Osiyo Kubok Egalari Kubogi" mavsum 2000/2001,Saralash bosqichi "G'arbiy Osiyo zonasi" 1-raund (Markaziy Osiyo mini zonasi).

     SARALASH BOSQICHI,"G'ARBIY OSIYO ZONASI 1-RAUND
        Nebitchi  Turkmenistan 4:3  Uzbekistan Dinamo Samarqand,
Dinamo Samarqand  Uzbekistan 2:3  Turkmenistan Nebitchi

Statistika[tahrir]

Dinamoning eng ko'p maydonga tushgan o'yinchisi bu Oleg Gorvits Uzbekistandir.

Dinamo uchun eng ko'p gol urgan futbolchi bu Hamza Jabborov Uzbekistandir (49 ta gol).

Jamoaning eng yirik hisobdagi g'alabasi bu 2000-yilda Semurg' ustidan bo'lgan 8:0.

Eng yirik hisobdagi mag'lubiyati (8:0) 1997-yili Neftchidan olingan.

2013-yil

Dinamo Samarqand PFKning eng yaxshi natijalari[tahrir]

Dinamo Samarqand-Quruvchi

Klub rahbariyati va maʼmuriyati[tahrir]

Klub Prezidenti Akbar Shukurov
Birinchi vitse-prezident Firdavs Karimov
Vitse-prezident Vohid Rahimov
Vitse-prezident Fayzullo Quvondiqov
Huquqshunos Shavkat Xatamov
Matbuot kotibi Usmon Ibodov
Maʼmur Odil Ziyotov
Bosh shifokor Yevgeniy Lagutin

Murabbiylar shtabi[tahrir]

Bosh murabbiy Ravshan Haydarov
Bosh murabbiy yordamchisi Igor Remnyov
Murabbiy Sulaymon Abdullayev
Murabbiy Vladimir Andreyev

Dinamo Samarqand Professional futbol klubi tarkibi (2014-yil)[tahrir]

Darvozabonlar[tahrir]

Himoyachilar[tahrir]

Yarim himoyachilar[tahrir]

Hujumchilar[tahrir]

Jamoaning oldingi nomlari (nomlanish tarixi)[tahrir]

Klub tashkil topganida yarim professional maqomiga ega edi, 2009-yildan jamoa Professional Futbol Klubi maqomini oldi. Jamoa nomlari bir-necha marotaba o'zgargan. 2009-yili klub o'zining tarixiy ismini qaytardi "Dinamo Samarqand"

Dinamoning Mashhur Futbolchilari[tahrir]

«Dinamo» sobiq oʻyinchisi Bahodir Nasimov
Ravshan Haydarov

Dinamoning Mashhur Murabbiylari[tahrir]

Klub stadioni[tahrir]

Dinamo Samarqand.PFK o'z uy uchrashuvlarini Samarqanddagi "Dinamo Stadioni"da o'tkazadi. Stadion 1963-yili qurib bitkazilgan, o'sha paytda stadion sig'imi 16.000 edi. Ushbu stadion 13.800 muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi. 2012-yil rekonstrusiya ishlaridan oldin, bu stadion 16.000 muxlisni sig'dira olardi. 2012-yili stadion to'liq kapital rekonstruksiya qilingan. Stadionda zamonaviy kiyinish xonalari, Dush kabinalari, Hakamlar uchun maxsus xona, Jurnalistlar xonasi, Kafe, Klub Muzeyi, VIP va CIP o'rinlar bor. Samarqanddagi "Dinamo Stadioni" Oʻzbekistondagi eng yaxshi stadionlardan biridir.

Oliy Ligadagi qatnashuv tarixi[tahrir]

  • 1992-yil 10-o'rin
  • 1993-yil 16-o'rin
  • 1994-yil Jamoa Birinchi Ligada qatnashgan
  • 1995-yil 11-o'rin
  • 1996-yil 10-o'rin
  • 1997-yil 15-o'rin
  • 1998-yil Jamoa Birinchi Ligada qatnashgan
  • 1999-yil 5-o'rin
  • 2000-yil 4-o'rin
  • 2001-yil 12-o'rin
  • 2002-yil 13-o'rin
  • 2003-yil 8-o'rin
  • 2004-yil 12-o'rin
  • 2005-yil 8-o'rin
  • 2006-yil 8-o'rin
  • 2007-yil 5-o'rin
  • 2008-yil 7-o'rin
  • 2009-yil 10-o'rin
  • 2010-yil 12-o'rin
  • 2011-yil 11-o'rin
  • 2012-yil 9-o'rin
  • 2013-yil 8-o'rin
  • 2014-yil ........

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]