Kontent qismiga oʻtish

Andijon (futbol klubi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Andijon PFK
Toʻliq nomi Andijon professional futbol klubi
Laqabi Burgutlar
Asos solingan 1964-yil
Stadioni Bobur stadioni
Sigʻimi 18.600
Egasi Andijon viloyat hokimligi
Bosh direktori Elbek Samatov
Bosh murabbiy Maksim Shatskix
Liga Oʻzbekiston Superligasi
Vebsayti Klub sayti

Andijon PFK (Andijon professional futbol klubi) — Oʻzbekiston Professional futbol ligasi vakili, Andijon viloyati sharafini himoya qiladi[1]. 2024-yilda oʻtkazilgan Oʻzbekiston Kubogi sohibi.

1964—1967, 1989—1990-yillari „Spartak“, 1969—1974-yillari „Andijanets“, 1983—1985-yillari „Toʻqimachi“, 1986—1988-yillari „Paxtakor“, 1991—1996-yillari „Navroʻz“ va 1997-yildan boshlab „Andijon“ nomlari ostida chempionatlarda ishtirok etishni boshlagan. 1964—1970, 1973—1974, 1986—1991-yillari Sovet Sotsialistlik Respublikalar Ittifoqi chempionatida ishtirok etgan. Klub 1992-yildan 2004-yilgacha Oliy ligada, 2005-yilda Birinchi ligada ishtirok etgan. 2006-yili klub yana Oliy ligaa qaytgan. 2008-yilda oʻz tarixidagi eng yaxshi natija, Oliy ligada 5-oʻrinni qoʻlga kiritgan[2]. 2012-yilgi mavsum soʻngida esa jamoa Oliy ligani tark etgan va navbatdagi bir mavsumni birinchi ligada oʻtkazgan. 2015-yilgi mavsumni 13-pogʻonada yakunlagan.

2012-yil 22-avgustda klub Oliy ligadagi oʻz oʻrnini saqlab qolishiga yordam berish uchun, Azamat Abduraimovni bosh murabbiy sifatida tayinlagan. Klubdagi oʻzgarishlar natija bermagan va jamoa Oʻzbekiston birinchi ligasiga tushib ketgan. Klub navbadagi mavsum, Oʻzbekiston birinchi ligasida ikkinchi oʻrinni egallab, yana Oliy Ligaga qaytgan. 2013-yilgi mavsumning birinchi yarmidan soʻng „Andijon“ atigi 4 ochko bilan chempionatda 14-oʻrinda edi. 2014-yil 14-iyun kuni „Bunyodkor“ga qarshi oʻyinda 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Oradan bir necha kun oʻtib, 2014-yil 20-iyunda Azamat Abduraimov isteʼfoga chiqqan. Klubga vaqtinchalik Ildar Mamatkazin bosh murabbiy etib tayinlangan. 2014-yil 26-sentyabrda Edgar Gess klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan.

2024-yil 5-noyabrda Andijon jamoasining 60 yilligi nishonlangan[3].

  • 1964—1967: Spartak
  • 1969—1974: Andijanets
  • 1983—1985: Toʻqimachi
  • 1986—1988: Paxtakor (Andijon)
  • 1989—1990: Spartak (Andijon)
  • 1991—1996: Navroʻz
  • 1997—2005: Andijon
  • 2006-yil: Andijon UzDEU avto
  • 2008—h. v.: Andijon

Mahalliy tarix

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Liga Oʻzbekiston kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Oʻrin Oʻyin D M UG OʻG O Ism Liga
1992 1 7 32 12 9 11 45 45 33 1/4 Final Oʻzbekiston Furqat Esonboyev 11 Oʻzbekiston Karim Moʻminov

Oʻzbekiston Vladimir Jukovskiy

1993 1 7 30 11 8 11 43 41 30 1/4 Final Oʻzbekiston Karen Safarov 9 Oʻzbekiston Vladimir Jukovskiy
1994 1 11 30 11 3 16 34 50 25 1/8 Final Oʻzbekiston Igor Golovanov 12 Oʻzbekiston Iskandar Galiulin
1995 1 8 30 10 7 13 38 43 38 1/16 Final Oʻzbekiston Qahramon Abduqodirov 10 Oʻzbekiston Iskandar Galiulin
1996 1 8 30 11 8 11 44 51 41 Playoff bosqichi Oʻzbekiston Qahramon Abduqodirov 9 Oʻzbekiston Iskandar Galiulin

Oʻzbekiston Bahrom Hakimov

1997 1 12 34 11 6 17 54 62 39 1/8 Final Oʻzbekiston Otabek Qilichev 11 Oʻzbekiston Viktor Borisov

Ukraina Sergey Shevchenko

1998 1 9 30 12 4 14 59 58 40 1/16 Final Oʻzbekiston Baxtiyor Hamidullayev 9 Ukraina Sergey Shevchenko
1999 1 6 30 12 7 11 53 50 43 Oʻzbekiston Baxtiyor Hamidullayev 24 Ukraina Sergey Shevchenko

Rossiya Boris Lavrov

2000 1 8 38 15 10 13 82 62 55 1/16 Final Oʻzbekiston Baxtiyor Hamidullayev 33 Oʻzbekiston Iskandar Galiulin
2001 1 7 34 15 3 16 64 58 48 1/8 Final Oʻzbekiston Baxtiyor Hamidullayev 25 Oʻzbekiston Iskandar Galiulin
2002 1 11 30 9 6 15 43 61 33 1/4 Final Oʻzbekiston Baxtiyor Hamidullayev 22 Oʻzbekiston Iskandar Galiulin
2003 1 7 30 11 6 13 38 36 39 Playoff bosqichi Oʻzbekiston Baxtiyor Hamidullayev 8 Tojikiston Hakim Fuzaylov
2004 1 14 26 6 1 19 30 68 19 1/8 Final Oʻzbekiston Shuhrat Yusupov 8
2005 2nd 1 34 27 3 4 85 20 84 1/8 Final Oʻzbekiston Yodgor Akbarov 26
2006[4] 1 10 30 10 5 15 46 52 35 1/16 Final Oʻzbekiston Baxtiyor Hamidullayev 17 Germaniya Edgar Gess
2007 1 10 30 10 5 15 37 45 35 1/4 Final Oʻzbekiston Baxtiyor Hamidullayev

Oʻzbekiston Doniyor Hamidullayev

6 Germaniya Edgar Gess

Rossiya Ishtvan Sekech

Oʻzbekiston Orif Mamatkazin

2008 1 5 30 13 7 10 35 28 46 1/8 Final Gruziya Levan Mdivnishvili 11 Rossiya Vladimir Bondarenko

Oʻzbekiston Orif Mamatkazin

2009 1 7 30 10 9 11 47 48 39 1/8 Final Oʻzbekiston Shuhrat Mirxoldorshoyev 9 Oʻzbekiston Orif Mamatkazin
2010 1 7 26 9 7 10 28 29 34 1/4 Final Oʻzbekiston Shuhrat Mirxoldorshoyev 11 Ukraina Amet Memet
2011 1 12 26 7 7 12 29 43 28 1/8 Final Oʻzbekiston Lochinbek Soliyev 11 Oʻzbekiston Orif Mamatkazin

Rossiya Aleksandr Averyanov

2012 1 14 26 4 4 18 28 52 16 1/4 Final Rossiya Vladimir Shishelov 7 Rossiya Aleksandr Averyanov

Oʻzbekiston Azamat Abduraimov

2013 2 2 30 23 2 5 76 24 71 1/16 Final Oʻzbekiston Lochinbek Soliyev 15 Oʻzbekiston Azamat Abduraimov
2014 1 14 26 3 3 20 18 50 12 1/8 Final Oʻzbekiston Abdulatif Abduqodirov

Oʻzbekiston Aziz Ibragimov

3 Oʻzbekiston Azamat Abduraimov

Oʻzbekiston Orif Mamatkazin

Ukraina Sergey Shevchenko

Germaniya Edgar Gess

2015 1 13 30 8 4 18 27 56 28 1/8 Final Oʻzbekiston Anvar Berdiyev 7 Germaniya Edgar Gess

Oʻzbekiston Sergey Kovshov

2016 1 16 30 6 5 19 20 50 23 1/4 Final Serbiya Nemanja Jovanović 5 Oʻzbekiston Sergey Kovshov

Oʻzbekiston Baxtiyor Ashurmatov

Oʻzbekiston Orif Mamatkazin

2017 2nd 3 34 21 9 4 73 32 72 II-bosqich Oʻzbekiston Shahboz Jumaboyev 15 Oʻzbekiston Vitaliy Legay

Oʻzbekiston Usmon Toshev

2018 2nd 1 32 18 9 5 57 29 63 1/4 Final Oʻzbekiston Shahboz Jumaboyev 17 Oʻzbekiston Eldor Sakayev
2019 1 10 26 6 10 10 23 37 28 1/8 Final Oʻzbekiston Shaxzod Ubaydullaev 9 Oʻzbekiston Eldor Sakayev

Rossiya Aleksandr Xomyakov

2020 1 13 26 2 10 14 16 38 16 1/8 Final Oʻzbekiston Jamshid Hasanov 5 Rossiya Aleksandr Xomyakov

Rossiya Viktor Kumikov

2021 1 13 26 4 7 15 22 41 19 Guruh bosqichi Oʻzbekiston Usmonali Ismonaliyev 5 Rossiya Viktor Kumikov
2022 2 1 26 17 6 3 42 25 57 1/8 Final Oʻzbekiston Shahboz Erkinov 12 Rossiya Viktor Kumikov
2023 1 7 26 12 4 10 27 25 40 Guruh bosqichi Albaniya Rubin Hebaj 12 Rossiya Aleksandr Xomyakov
2024 1 9 26 6 12 8 36 36 30 Gʻolib Oʻzbekiston Rustam Turdimurodov 7 Rossiya Aleksandr Xomyakov
2025 1 Guruh bosqichi Rossiya Aleksandr Xomyakov

Oʻzbekiston / Ukraina Maksim Shatskix

Jamoa ramzlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi (3): 2005-yil, 2018-yil, 2022-yil[6]
Oʻzbekiston Superligasida 5-oʻrin 2008-yil

Birinchi jamoa tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 2-mart holatiga koʻra[7]

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK Oʻzbekiston UZB Eldor Adhamov
2 DF Oʻzbekiston UZB Abubakir Ashurov
4 DF Oʻzbekiston UZB Islom Mamatkazin
5 DF Oʻzbekiston UZB Abduvohid Gʻulomov
6 MF Sloveniya SVN Altin Kryeziu
7 FW Oʻzbekiston UZB Rustam Turdimurodov
8 MF Oʻzbekiston UZB Iskandar Shayqulov
9 MF Bosniya va Gersegovina BIH Mirzad Mehanović
10 MF Oʻzbekiston UZB Ilhom Abdugʻaniyev
11 FW Rossiya RUS Islam Mashukov
12 GK Oʻzbekiston UZB Mohirbek Komilov
13 MF Oʻzbekiston UZB Sardor Azimov
R. Poz. Millati Futbolchi
14 DF Oʻzbekiston UZB Abdurahmon Komilov
17 MF Oʻzbekiston UZB Farhod Sohibjonov
18 MF Oʻzbekiston UZB Damir Temirov
22 DF Oʻzbekiston UZB Usmonali Ismonaliyev
23 MF Oʻzbekiston UZB Doniyor Abdumannopov
25 GK Oʻzbekiston UZB Valijon Rahimov
26 MF Oʻzbekiston UZB Muhammadkarim Toirov
32 DF Chernogoriya MNE Luka Uskoković
33 DF Oʻzbekiston UZB Oleg Zoteyev
66 DF Chernogoriya MNE Miomir Đuričković
71 MF Oʻzbekiston UZB Bektemir Abdumannonov
88 MF Oʻzbekiston UZB Shohjahon Yorqinboyev

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
35 GK Oʻzbekiston UZB Asilbek Tojiddinov
90 GK Oʻzbekiston UZB Hasanboy Tojiboyev
20 DF Oʻzbekiston UZB Sirojiddin Solijonov
21 DF Oʻzbekiston UZB Asadbek Habibullayev
28 DF Oʻzbekiston UZB Bekzod Sulaymonov
30 DF Oʻzbekiston UZB Omadbek Tursunaliyev
44 DF Oʻzbekiston UZB Abduqodir Ne’matov
45 DF Oʻzbekiston UZB Alijon Aliyev
57 DF Oʻzbekiston UZB Habibullo Habibullayev
78 DF Oʻzbekiston UZB Nuriddin Bahodirov
15 MF Oʻzbekiston UZB Asatilla Gʻayratillayev
R. Poz. Millati Futbolchi
19 MF Oʻzbekiston UZB Akobirjon Ahmadjonov
47 MF Oʻzbekiston UZB Diyorbek Madaminov
67 MF Oʻzbekiston UZB Fazliddinxoʻja Ubaydullayev
70 MF Oʻzbekiston UZB Abbosbek Abdugʻfforov
87 MF Oʻzbekiston UZB Jamshidbek Koʻpaysinov
88 MF Oʻzbekiston UZB Shohjahon Yorqinboyev
24 FW Oʻzbekiston UZB Azizbek Usmonov
37 FW Oʻzbekiston UZB Rahmatilloh Izzatullayev
55 FW Oʻzbekiston UZB Miraziz Mahamadaliyev
77 FW Oʻzbekiston UZB Hamidullo Karimov
79 FW Oʻzbekiston UZB Dilshodbek Ismatullayev

Texnik xodimlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joriy murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Position Name
Bosh murabbiy Oʻzbekiston / Ukraina Maksim Shatskix
Murabbiy yordamchisi Ukraina Vitaliy Shpaniyuk
Murabbiy yordamchisi Oʻzbekiston Asilbek Azizov
Texnik direktor Oʻzbekiston Elyorbek Rahmatullayev
Jismoniy tayyorgarlik

boʻyicha murabbiy

Oʻzbekiston Akmal Shorahmedov
Darvozabonlar murabbiyi Oʻzbekiston Qobil Olimjonov

Bosh murabbiylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yillar boʻyicha

Yillar Bosh murabbiy
1964-yil Yevgeniy Valitskiy
1965 Sergey Budagov
1965—1966-yillar Vladimir Desyatchikov
1967—1983-yillar maʼlumotlar yoʻq
1973 Idgay Tazetdinov
1974 Vladimir Eremeev
1984-yil Aleksandr Averyanov
1985-yil maʼlumotlar yoʻq
1986—1987-yillar Aleksandr Averyanov
1988-yil maʼlumotlar yoʻq
1989-yil Birodar Abduraimov
1989-yil Igor Frolov
1990-yil Aleksey Petrushin
1990-yil Aleksey Stepanov
1991-yil Yuriy Hakimov
1991-yil Rustam Usmonov
1992-yil Karim Moʻminov
1992—1993-yillar Vladimir Jukovskiy
1994—1996-yillar Iskandar Galiulin
1996-yil Bahrom Hakimov
1997-yil Viktor Borisov
1997—1999-yillar Sergey Shevchenko
1999-yil Boris Lavrov
2000-2002 Iskandar Galiulin
2003-yil Hakim Fuzaylov
2004—2005-yillar maʼlumotlar yoʻq
2006—2007-yillar Edgar Gess
2007-yil Ishtvan Sekech
2007—2008-yillar Orif Mamatkazin
2008-yil Vladimir Bondarenko
2008—2009-yillar Orif Mamatkazin
2010-yil Amet Memet
2011-yil Orif Mamatkazin
2011—2012-yillar Aleksandr Averyanov
2012—2013-yillar Azamat Abduraimov
2014-yil Orif Mamatkazin
2014-yil Sergey Shevchenko
2014—2015-yillar Edgar Gess
2015—2016-yillar Sergey Kovshov
2016-yil Baxtiyor Ashurmatov
2017-yil Usmon Toshev
2018—2019-yillar Eldor Sakayev
2020-yil Aleksandr Xomyakov
2020-yil Baxtiyor Hamidulayev
2020-yil Otabek Gʻulomxoʻjayev
2020—2022 Viktor Kumikov
2023—2025 Aleksandr Xomyakov[8]
2025— Maksim Shatskix

Muxlislar, raqiblar, derbilar, taxalluslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijon mamlakatdagi eng katta muxlislar armiyasiga ega jamoalardan biridir[9].

„Andijon“ jamoasining asosiy raqiblari Fargʻonaning „Neftchi“ va Namanganning „Navbahor“ jamoalaridir. Bular Oʻzbekistonning bir-biriga tutashgan 3 ta demografik yirik viloyati – Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlarining asosiy jamoalaridir.

Ularning barchasi Fargʻona vodiysida joylashgan boʻlib, Oʻzbekiston va butun Markaziy Osiyoning eng unumdor va goʻzal maskanlaridan biri hisoblanadi.

Shunga koʻra, ushbu 3 klub oʻrtasidagi oʻyinlar nafaqat oʻz muxlislari, balki butun Oʻzbekiston futbol muxlislarida katta qiziqish uygʻotadi.

Bu uch jamoa toʻqnashuvi „Vodiy derbisi“ deb nomlanib, bu nom Sovet davridan qolgan.

„Andijon“ning muxlislar orasida laqablari koʻp. Eng keng tarqalganlari „Burgutlar“, „Andijonliklar“, „Avtomobisozlar“.