Bahrom Hakimov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 25-fevral 1955-yil | ||
Tavallud joyi |
Qo‘qon, O‘zbekiston SSR, SSSR, ![]() ![]() | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
![]() | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1976—1990 |
![]() | (? (?)) | |
Boshqargan klublari | |||
1991 1992—1993 1994—1995 1996 1998—1999 2000—2001 2006 2015—2016 2019 |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Bahrom Hakimov (25.02.1955; Qoʻqon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet va oʻzbek futbolchisi, hozirda murabbiy.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qo‘qon futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Hakimov asosan futbolchilik faoliyatini hozirda „Qo‘qon-1912“ deb ataladigan „Qo‘qon“ klubi tarkibida o‘tkazgan. 1991-yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan va o‘sha yili Qo‘qonning „Avtomobilchi“ jamoasi bosh murabbiyi yordamchilaridan biriga aylangan. 1992-yil boshida „Temiryo‘lchi“(nomini o‘zgartirgan) Qo‘qon klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 1993-yilning oxirigacha „Temiryo‘lchi“ jamoasini boshqargan. 1994-yilgi mavsum boshida Toshkentning „MHSK“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Bahrom Hakimov boshchiligida „MHSK“ 1995-yilda O‘zbekiston kubogi finaliga qadar yetib borgan va Oliy ligada ikkinchi o‘rinni egallab, mamlakat chempionati kumush medalini qo‘lga kiritgan[1].
1996-yil boshida Andijonning „Navro‘z“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanib, mavsum oxirigacha jamoani boshqargan. 1998-yilda yana Qo‘qonning „Temiryo‘lchi“ jamoasiga bosh murabbiy bo‘lib, ikki mavsum jamoani boshqargan. 2000-yil boshida Qarshining „Nasaf“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan.
Hakimov boshchiligida „Nasaf“ o‘z tarixidagi eng yuqori natijalarga erisha boshlagan. O‘sha mavsumda klub chempionatda 85 ochko to‘plab, oliy ligada yigirmata jamoa ichida uchinchi o‘rinni egallagan va bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Bu Qarshi klubining o‘z tarixidagi ilk medali bo‘lgan. 2001-yilgi mavsumda „Nasaf“ yana bir bor Oliy liganing uchinchi pog‘onasini zabt etgan va 2002-yilda Osiyo chempionlar kubogida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan[2][3]. Bahrom Hakimov keyingi mavsumda „Nasaf“ni boshqarmagan. Faqat 2006-yilda kelib klub bosh murabbiyi bo‘lgan va yana klub bilan chempionatda bronza medallarini qo‘lga kiritgan. 2015-yil iyul oyida Samarqandning „Dinamo“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan[4][5].
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoaviy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
„MHSK“bilan:
- O‘zbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 1995-yil
- O‘zbekiston kubogi finalchisi: 1995-yil
„Nasaf“ jamoasi bilan:
- O‘zbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2000-yil
- O‘zbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2001-yil
- O‘zbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2006-yil
Shaxsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbol murabbiyi: 2000-yil
- O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbol murabbiyi unvoni bo‘yicha 2-o‘rin: 2001-yil
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Как это было: Кубковый финал“ (deadlink). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-avgust 2015-yil.
- ↑ «Насаф» поддержал авторитет узбекского футбола
- ↑ Bahrom Hakimov «Nasaf» va «Paxtakor» o’yini oldidan
- ↑ Бахром Хакимов — новый главный тренер «Динамо» Wayback Machine saytida arxivlandi (2015-07-08).
- ↑ „Bahrom Hakimov Samarqandning «Dinamo» klubida ish boshladi“. 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
|
- 25-fevralda tugʻilganlar
- 1955-yilda tugʻilganlar
- Futbolchilar
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbol murabbiyi
- Nasaf futbol klubi murabbiylari
- Oʻzbekiston futbolchilari
- Murabbiylar
- Oʻzbekiston murabbiylari
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Turon Yaypan futbol klubi bosh murabbiylari
- Qoʻqon 1912 futbol klubi bosh murabbiylari
- MHSK futbol klubi bosh murabbiylari
- Andijon futbol klubi murabbiylari
- Dinamo Samarqand futbol klubi murabbiylari