Ilyos Qurbonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ilyos Qurbonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ilyos Qurbonov
Tavallud sanasi 17-mart 1979-yil (1979-03-17) (45 yosh)
Tavallud joyi Toshkent viloyati Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 172 cm (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Vazni 65 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1979—2000 Semurgʻ 21 (3)
2001 Buxoro 16 (4)
2001 Semurgʻ 15 (4)
2002—2003 Buxoro 56 (15)
2004—2007 Nasaf 82 (16)
2008 Dinamo Samarqand 26 (11)
2009—2012 Metallurg Bekobod 78 (11)
2013—2014 Soʻgʻdiyona 26 (8)
Milliy terma jamoa
2008—2009 Oʻzbekiston 1 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ilyos Qurbonov (ruscha: Курбанов, Ильяс; 1979-yil 17-mart, Toshkent viloyati) — Oʻzbekistonlik futbolchi, hujumchi pozitsiyadia oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilyos Angren futbol maktabida dastlabki bilimlarni olgan. Professional faoliyatini 1999-yil Angrenning „Semurgʻ“ jamoasi tarkibida boshlagan. 2000-yilgi mavsumda Oʻzbekiston oliy ligasida debyut qilgan. Angren jamoasi tarkibida ikki yarim mavsumdan ziyod vaqt davomida oʻynadi va 2001-yil ikkinchi davrada Buxoroning „Buxoro“ klubi tarkibida oʻtgan[1]. Buxoro klubi tarkibida 72 oʻyinda ishtirok etdi va 19 ta gol muallifiga aylandi. 2004-yilgi mavsumda Qarshining „Nasaf“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Qarshi jamoasi tarkibida 4 mavsum davomida oʻynadi va 82 oʻyinda 16 gol muallifiga aylandi. Bu vaqt davomida „Nasaf“ jamoasi bilan birgalikda 2005 va 2006-yilgi mavsumlarda bronza medal sohibi boʻlgan.

2008-yilgi mavsumda Qarshi jamoasini tark etgan va Samarqandning „Dinamo“ jamoasi tarkibida boshlagan. Mavsum davomida 26 ta oʻyinda ishtirok etib 11 ta gol muallifi boʻlgan va bu eng yaxshi mavsumlaridan biriga aylanagan[2]. Samarqand klubidagi bir yillik faoliyatidan soʻng Bekobodning „Metallurg“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Bekobodning klubida toʻrt mavsum davomida oʻynagan, ammo avvalgi darajasiga qayta olmagan. 2013-yilgi mavsum avvalida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubi bilan shartnoma imzolagan va ikki mavsum davomida oʻynagan. 2014-yilgi mavsum yakunida 9 ta oʻyinda 3 ta gol muallifiga aylandi va butsalarini „mixga ildi“.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida bir bor 2009-yil 1-fevral Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydongga tushgan va oʻyin 1-1 hisobida yakunlangan, Oʻyinda Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibidagi yagona golni Ilyos Qurbonov kiritgan[3].

Futboldan keyingi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yildan futbolchi sifatida faoliyatini yakunlagan Ilyos, sobiq jamoasi Bekobodning „Metallurg“ klubiga yoshlar jamoasi murabbiyi sifatida qaytgan[4]. Keyinchalik „Metallurg“ jamoasida turli lavozimlarda faoliyat olib bordi va 2023-yildan bosh murabbiy yordamchisi vazifasida ishlamoqda[5].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin sohibi: 2005, 2006

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]