Dinamo (stadion, Samarqand)
Joyi | Oʻzbekiston, Samarqand |
---|---|
Qachon qurilgan | 1961-1963-yil |
Qachon ochilgan | 1963-yil |
Qachon taʼmirlangan | 2007, 2011-2013, 2017-yillar |
Hajmi | 13.800 |
Maydon oʻlchami | 112x72m |
Maydon egalari | |
FK.Dinamo Samarqand |
"Dinamo Stadioni — Oʻzbekistonning Samarqand shahridagi koʻp maqsadli[1] stadion. Dinamo Samarqand futbol klubining uy arenasi hisoblanadi. Ushbu stadion koʻp maqsadli boʻlib, futboldan tashqari boshqa sport turlarini ham oʻtkazsa boʻladi. Stadion 1963-yili qurib bitkazilgan, oʻsha paytlari stadion sigʻimi 16.000 tomoshabinga moʻljallangandi. Stadion Samarqandning Mirzo Ulugʻbek (sobiq Karl Marks) koʻchasida joylashgan. 2011-yili stadionda kapital rekonstruksiya ishlari olib borilganidan soʻng, stadion sigʻimi 13.800 oʻrindiqqa qisqartirildi. Tomoshabin toʻplash boʻyicha rekordi 1999-yil „Doʻstlik“ (Toshkent viloyati) ga qarshi oʻyinda oʻrnatilgan, ushbu oʻyinda 35.000 dan koʻp ishqiboz tashrif buyurgan. 2012-yili rekonstruksiya ishlaridan keyin stadion zamonaviy holatga keltirildi. Stadionda: zamonaviy kiyinish xonalari, dush kabinalari, hakamlar xonasi, jurnalistlar, matbuot, sharhlovchilar va TV uchun maxsus xonalar, Matbuot anjumani zali, tibbiyot uchun xonalar, doping-nazorat xonasi, Restoran, Kafe-Bar, Klub va Stadion muzeyi, VIP va CIP oʻrinlar bor. Stadion 112x72 metrli Daniyadan maxsus olib kelingan tabiiy chimdan iborat. Stadion chimining atrofini yugurish uchun moʻljallangan yoʻlak tashkil etadi. Hozirda „Dinamo Stadioni“ Oʻzbekistonning FIFA talablariga javob beradigan[2] eng yaxshi stadionlaridan biridir[3].
Stadionning muxlislar toʻplash boʻyicha rekordlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1999-yil: Dinamo Samarqand-Doʻstlik Toshkent, 35.000 tomoshabin
- 2001-yil: Dinamo Samarqand-Paxtakor, 16.000 tomoshabin
Stadion bilan bogʻliq qiziqarli faktlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ushbu stadionda 1992-yili ilk bor oʻtkazilgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi finali oʻtkazilgan.
- Ushbu stadionda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻzining bir nechta oʻyinini oʻtkazgan.
- Ushbu stadion faqat Paxtakor Markaziy Stadionidan yosh boʻyicha kichik hisoblanadi.
- 90-yillarda ushbu stadion Oʻzbekistonda eng koʻp muxlis tashrif buyurish boʻyicha 3-oʻrinda edi („Paxtakor“ va „Neftchi Fargʻona“dan keyin).
- Oʻzbekiston kubogi finallariga 3 bor mezbonlik qilgan (Paxtakor stadionidan soʻng 2-oʻrinda[4][5]
Fotogalereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
2012-yildagi restavratsiyadan oldingi koʻrinishi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ FootballPlus.com saytida Oʻzbekiston stadionlari sahifasi izohlari bilan, 2008-09-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-30
- ↑ „Ўзбекистон Кубоги-2021. "Динамо" стадиони финалга тайёр“ (2021-yil 4-dekabr). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
- ↑ „«Динамо» – халқаро талабларга мос стадион“ (2012-yil 28-sentyabr). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
- ↑ „O'zbekiston kubogi finallari“ (2016-yil 2-fevral). 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
- ↑ „Ўзбекистон Кубоги-2021. "Динамо" стадиони финалга тайёр“. 2023-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-aprel.