Kontent qismiga oʻtish

Francis Narh

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Francis Narh
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Francis Narh[1]
Tavallud sanasi 18-aprel 1994-yil (1994-04-18) (30 yosh)[1]
Tavallud joyi Akkra, Gana
Boʻyi 1.70 m (5 ft 7 in)
Ampluasi Qanot hujumchisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Xorazm
Raqami 18
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2013 Tema Youth 67 (43)
2013   Club Africain 6 (0)
2014—2016 Baník Ostrava 46 (7)
2016—2017 Levski Sofia 54 (4)
2018 Doxa Katokopias 14 (2)
2018 Karabükspor 0 (0)
2019—2021 Slavia Mozyr 74 (17)
2022 Bunyodkor 24 (2)
2023—2024 Dinamo Samarqand 42 (3)
2025— Xorazm 0 (0)
Milliy terma jamoa
2013 Gana U20 9 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 17-mart uchun)

Francis Narh (talaffuzi: Frensis Narx; 1994-yil 18-aprelda tugʻilgan) – ganalik futbolchi, Urganchning „Xorazm“ klubi hujumchisi.

Klub karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Banik Ostrava

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014 yil boshida Narx Chexiyaning Banik Ostrava jamoasi bilan shartnoma imzoladi. U jamoadagi debyutini 2014-yilning 22-martida oʻtkazdi va Praganing „Sparta“siga qarshi oʻyinda 90-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[2].

2016-yil 9-yanvarda Bolgariyaning „Levski Sofia“ jamoasiga oʻtib, uch yillik shartnoma imzoladi[3]. U Levski uchun birinchi golini PFK Pirin Blagoevgradga qarshi oʻyinda kiritdi[4]. 2016-yilning 21-iyulida Yevropa Ligasi 2-saralash bosqichi javob oʻyinida „Maribor“ga qarshi oʻyinda „Levski“ darvozasini ishgʻol qildi, ammo yakunda 1:1 hisobidagi durang natija bilan „Levski“ni turnirdan chiqarib yubordi, chunki Maribor safardagi gollari evaziga keyingi bosqichga chiqdi[5]. 2017-yilning 23-noyabrida sport holati va mashgʻulotlarga muntazam ravishda jiddiy munosabatda boʻlmagani uchun klubdan ozod etilgan.

Slaviya Mozyr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Narh Belarusning „Slaviya Mozir“ klubi bilan 2019 yilning yozida shartnoma imzolagan edi[6].

Dinamo Samarqand

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilning 22-fevral kuni Samarqandning „Dinamo“ klubi Narx bilan bir yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[7].

Xalqaro martaba

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil iyun oyida Narh murabbiy Sellas Tettexning 2013-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionati uchun 21 kishilik tarkibiga kiritildi. U 21-iyun kuni guruh bosqichining birinchi oʻyinida Fransiya U20ga qarshi oʻyinda (3:1) debyut qildi.

Karyera statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2017-yil 25-noyabr[8]
Klubdagi faoliyati Liga Kubok Kontinental Boshqa Jami
Klub Liga Mavsum Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Chex Respublikasi Liga Chexiya kubogi Yevropa Boshqa Jami
Banik Ostrava Sinot ligasi 2013–14 8 2 0 0 - - 8 2
2014–15 23 2 2 0 - - 25 2
2015–16 15 3 0 0 - - 15 3
Jami 46 7 2 0 0 0 0 0 48 7
Bolgariya Liga Bolgariya kubogi Yevropa Boshqa Jami
Levski Sofiya Birinchi liga 2015–16 15 1 0 0 - - 15 1
2016–17 37 3 2 0 2 1 - 41 4
2017–18 2 0 0 0 4 0 - 6 0
Jami 54 4 2 0 6 1 0 0 62 5
Karyera statistikasi 100 11 4 0 6 1 0 0 110 12
  1. 1,0 1,1 „FIFA U-20 World Cup Turkey 2013 List of Players: Ghana“ (PDF). FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2013-yil 23-iyun). 2013-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Banik vs Sparta
  3. Levski ofitsialno s pʼrvo novo popʼlnenie
  4. „Левски успя от третия път (видео)“.
  5. „Levski-Maribor | UEFA Europa League 2016/17“.
  6. „Франсис Нарх заключил новый контракт“ (Russian). fcslavia.by (2020-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 19-aprel.
  7. „Францис Нарх - «Динамо» футболчиси“ (Uzbek). fcdinamo.uz. FC Dinamo Samarqand (2023-yil 23-fevral). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  8. Narh Statistic