Aral samali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aral samali
Toʻliq nomi Aral samali Professional futbol klubi
Laqabi Qaldirgʻochlar
Asos solingan 16-aprel, 1976
Stadion Turon
Stadion hajmi 9,300
Rahbari  UZB Bedil Alimov
Murabbiyi  UZB Nagʻmetulla Qutibayev
Musobaqasi Oʻzbekiston Pro ligasi
2023
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

"Aral samali", yoki "Orol Shamoli" Nukus futbol klubi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrining futbol klubi.[1]

Bu Qoraqalpogʻistondagi eng qadimgi va eng mashhur klubi hisoblanadi. Orol dengizi nomi bilan atalgan (Orol — qisqartirilgan nom).[2]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nukusda birinchi futbol klubi 1976-yilda „Amudaryo“ (shahar va respublika hududidan oqib oʻtuvchi daryo sharafiga) nomi bilan tashkil etilgan boʻlib, u 1989-yilgacha ishlab chiqilgan.

1976—1984-yillarda u SSSR Ikkinchi ligasida qatnashdi, ammo unchalik muvaffaqiyatga erisha olmadi. SSSR Ikkinchi ligasidagi eng yaxshi yutuq — oʻz zonasida 14-oʻrin (1978). 1984-yilda u jadvalda soʻnggi 20-oʻrinni egalladi va keyin Oʻzbekiston SSR musobaqalarida oʻynashni davom ettirdi. 1985—1989-yillarda Oʻzbekiston SSR chempionatlari va kubogida oʻynagan.

1990 va 1991-yilgi mavsumlarda u SSSR Ikkinchi quyi ligasida qatnashib, mos ravishda 10 va 11-oʻrinlarni egalladi. 1990-yilda klub „Aralvodstroevets“, 1991-yildan 1999-yilgacha esa „Orol“ deb nomlangan.[3]

SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach (1991-yilning ikkinchi yarmida) Oʻzbekiston milliy chempionati 1992-yildan oʻtkazila boshlandi.

Oʻzbekiston oliy ligasining debyut mavsumida „Orol“ klubi ham mamlakatning 16 ta jamoasi qatori Oliy ligadan joy oldi. Natijada oʻsha turnirda 14-oʻrinni egalladi.[4]

1994-yili „Orol“ soʻnggidan oldingi 15-oʻrinni egallab, birinchi ligaga tushib ketdi.

Nukus klubi 1994-yilgi mavsumni qoʻshganda 3 mavsum Oliy ligada ishtirok etgan, soʻngra Oʻzbekiston Birinchi ligasiga tushib ketgan va 1999-yilgacha oʻynagan. 2000 va 2001-yilgi mavsumlarda u yana Oliy ligaga kiritilib, mos ravishda 15 va 17-oʻrinlarni egalladi.[5][6]

2000—2005-yillarda „Turon“ (qadimgi tarixiy Turon viloyati sharafiga), 2006-yilda „NOZK“, 2007—2011-yillarda „Jayhun“ (Amudaryoning qadimiy nomi), 2012-yildan yana eski nomi bilan atalgan; „Orol“.

2006-yilda Nukus klubi Oʻzbekiston ikkinchi ligasining final bosqichida ishtirok etgan boʻlsa, 2007-yildan buyon 2018-yilgi mavsumdan boshlab Oʻzbekiston Pro ligasi deb ataladigan Birinchi ligada oʻynab kelmoqda.[7][8]

2021-yilda jamoa Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etadi.[9][10][11][12][13][14][15]

Aral samali jamoasi haqida qiziqarli faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. 1976-yili Nukusda „Amudaryo“ jamoasi tuzildi va shundan soʻng klubning nomi 6 marta oʻzgardi.[16]

2. 1990-yili „Aralvodstroevets“, 1991-yili „Orol“, 2000-yili „Turon“, 2006-yili „NOZK“, 2007-yili „Jayhun“ deb oʻzgargan boʻlsa, 2012-yildan boshlab yana „Orol“ nomi ostida faoliyat yuritmoqda. 2018-yildan „Aral samali“ yoki „Orol Shamoli“ nom bilan yurtilmoqda.

3. Nukusliklar 1992-1994 va 2000—2001-yillar mavsumida Oliy ligada harakat qilgan boʻlsa,[17] 1995-1999 va 2001-yildan buyon Birinchi liga ishtirokchisi hisoblanadi.

4. Klub 1976-yildan 1984-yilgacha va 1990—1991-yillar davomida Sobiq Ittifoqning ikkinchi ligasida oʻynagan.

5. 1991-yili Nukus klubi Sobiq Ittifoqning Ikkinchi ligasi 9-hududida 11-oʻrinni egallagan. Bu klubning Sobiq Ittifoq davridagi eng yaxshi natijasidir.

6. 1993-yili „Orol“ jamoasi Oliy ligada 11-oʻrin bilan chempionatni yakunlagan. Bu klubning chempionatdagi eng yuqori natijasidir.[18][19][20]

7. „Orol“ning bugungi kundagi uy stadioni hisoblanadigan „Turon“ oʻz bagʻriga 9300 muxlisni sigʻdira oladi.[21]

8. Nukusliklar Oliy liga doirasida „Paxtakor“ga qarshi oʻz maydonlarida kechgan 5 oʻyinning 3 tasida gʻalaba qozonishgan.[6]

9. Rossiyaning „Kuban“ jamoasini bir necha yil boshqargan mashhur mutaxassis Vladimir Aleksandrovich Brajnikov 1982—1983-yillarda Nukusning „Amudaryo“ jamoasida bosh murabbiy boʻlgan.

10. Oʻz vaqtida „Paxtakor“, „Nurafshon“ va „Neftchi“ kabi jamoalar darvozalarini qoʻriqlab 2 marta Oʻzbekiston chempioni boʻlgan Denis Ivankov faoliyatini 1990-yili „Orol“da boshlagan edi.

11. „Paxtakor“ klubi va Oʻzbekiston terma jamoasini boshqargan murabbiy Ravshan Haydarov futbolchilik faoliyatida 1988—1989-yillar davomida Nukusning „Jayhun“ jamoasi safida 72 oʻyinda 10 ta golga mualliflik qilgan.

12. Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Lobanov 2011-yili Nukusning „Jayhun“ jamoasi tarkibida Birinchi ligada toʻp surgan.

13. Oʻzbekiston terma jamoasi bilan Osiyo oʻyinlarida gʻolib boʻlgan mashhur darvozabon Berdax Allaniyazov 1991-1994 va 2000-yili nukusliklar sharafini Oliy ligada himoya qilgan. Eslatib oʻtamiz, u terma jamoa tarkibida 8 oʻyin oʻtkazgan.

14. Qoraqalpoq futboli faxri hisoblanadigan Neʼmatullo Quttiboyev „Orol“ jamoasi safida Sobiq Ittifoq Ikkinchi ligasi va Oʻzbekiston Oliy ligasi oʻyinlarida 37 ta gol urgan.

15. Nematullo Quttiboev Oʻzbekiston terma jamoasida eng koʻp gol urgan qoraqalpogʻistonlik futbolchi hisoblanadi. U terma jamoa libosida 14 oʻyinda 5 ta golga mualliflik qilgan.[22]

Oldingi nomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1976-1989: Amudaryo Nukus
  • 1989-1990 — Aralvodstroevets
  • 1991-1999: Orol Nukus
  • 2000-2007: Turon Nukus
  • 2007-2012: Jayhun Nukus
  • 2012-2016: Orol Nukus
  • 2016-yildan — Aral samali

Stadion[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jaoaning uy 9300 tomoshabinga moʻljallangan "Turon" stadionidir.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joriy tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 31-mart holatiga
Amplua Futbolchi
1  UZB DR Aybek Shamshetov[23]
12  UZB DR Omirbek Primbetov[24]
1  UZB DR Sharapat Bekimbetov[25]
13  UZB DR Ulugʻbek Bekboʻsinov[26]
12  UZB HM Ulug‘bek Yangiboyev[27]
16  UZB HM Yembergen Jumaboyev[28]
13  UZB HM Ajiniyaz Tureniyazov[29]
23  UZB HM Aydos Allambergenov[30]
25  UZB HM Foziljon Sobirov[31]
18  UZB YH Islam Seytnazarov[32]
17  UZB YH Jamshid Boranbayev[33]
20  UZB YH Jamshid Gulmirzayev[34]
21  UZB YH Mirjalol Qurbonov[35]
13  UZB YH Quanish Bazarbayev[36]
14  UZB YH Ruslanbek Menlimuratov[37]
5  UZB YH Temur Masharipov[38]
13  UZB YH Albert Sdikov[39]
10  UZB YH Azamat Ilyasov[40]
14  UZB YH Baurjan Keunimjayev[41]
Amplua Futbolchi
77  UZB HJ Yerbol Seytnazarov[42]
24  UZB HJ Erkinbay Jametov[43]
24  UZB HJ Jasur Tojiboyev[44]
96  UZB HJ Javlon Primbetov[45]
8  UZB HJ Miras Karlibayev[46]
22  UZB HJ Mirjalol Qosimov[47]
23  UZB HJ Miyirbek Qalmurzayev[48]
30  UZB HJ Murod Mambetov[49]
12  UZB HJ Norxon Sheripov[50]
4  UZB HJ Rasul Musayev[51]
6  UZB HJ Sunnatillo Mamadaliyev[52]
27  UZB HJ Zulpuqar Kuanishbayev[53]
99  UZB HJ Amir Abdirizayev[54]
10  UZB HJ Arislan Yusupbayev[55]
11  UZB HJ Aybek Roʻzimov[56]
7  UZB HJ Azamat Bobojonov[57]
7  UZB HJ Marlen Tugelbayev[58]
88  UZB HJ Maxset Kalbayev[59]
10  UZB HJ Navro‘z Alimov[60]

Bosh murabbiylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yillar Bosh murabbiy
1976-yil Maʼlumot yoʻq
1977-yil Artem Falyan
1978-yil Vitaliy Vitkalov
1979-yil Yakov Kaprov
1980—1981-yillar Maʼlumot yoʻq
1982—1983-yillar Vladimir Brajnikov
1984-yil Akmal Azizxoʻjaev
1985—1989-yillar Maʼlumot yoʻq
1990-1993 yillar Jangabay Buranov
1994—2009-yillar Aniq maʼlumotlar yoʻq
2010-2016 Nematullo Quttiboev
2016—2017-yillar Timur Turdiev
2018 - hozirgi kungacha ichida. Quvvat Tureev[61]

Jamoada toʻp surgan mashhur futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovet Ittifoqi Denis Ivankov

Sovet Ittifoqi Marat Miftahudinov

Sovet Ittifoqi /Oʻzbekiston /Rossiya Oleg Lashnikov

Sovet Ittifoqi /Oʻzbekiston Ravshan Haydarov

Sovet Ittifoqi Aleksandr Shvidenko

Sovet Ittifoqi Nikolay Em

Sovet Ittifoqi Ulugʻbek Yunusov

Oʻzbekiston Berdax Allaniyazov

Oʻzbekiston Nematullo Quttiboev

Oʻzbekiston Qodir Ibrohimov[62]

Oʻzbekiston Xenis Jumaboev

Oʻzbekiston Timur Iskanderov

Oʻzbekiston Asqar Kazbekov

Oʻzbekiston Aleksandr Labanov

Oʻzbekiston Albert Yafarov

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://int.soccerway.com/teams/uzbekistan/jaykhun-nukus/
  2. „Қорақалпоқ футболи ҳақида қизиқарли маълумотлар“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  3. „Узбекистан - Таблиця дат заснування“. 20 березня 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8 травня 2016.
  4. Uzbekistan - List of Foundation Dates
  5. Uzbekistan - List of Name Changes - RSSSF
  6. 6,0 6,1 „“Орол” Олий лигада қандай иштирок этган?“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  7. „“Орол” ХХI асрнинг биринчи ўн йиллигида Биринчи лигада қандай иштирок этди?“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  8. „“Орол” охирги йилларда Биринчи лигада қандай иштирок этди?“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  9. „Aral“, g. Nukus
  10. FC Aral Nukus matches and results
  11. https://championat.asia/uz/news/tanishing-aral-samali-2021-[sayt ishlamaydi]
  12. „"Орол" биринчи даврани қандай ўтказди?“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  13. „"Орол"нинг ушбу мавсумдаги натижалари ҳақида фактлар“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  14. „Наврўздан Наврўзгача. Охирги 4 йилда “Орол”да энг кўп гол урган 10 футболчи“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  15. „Охирги 7 йилда қорақалпоғистонлик футболчилар олий лигада нечта гол уришди?“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  16. „"Арал Самали" лойиҳаси бир йилга ҳам етмадими? Қорақалпоғистонга катта футбол керак эмасми?“. 2021-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  17. „1:7 va "Orol"ning oliy ligadagi boshqa eng yirik mag'lubiyatlari“. 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
  18. „"Орол"нинг олий лигадаги севимли рақиблари ТОП-5“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  19. „"Орол"нинг олий лигадаги энг қийин рақиблари ТОП-5“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  20. „“Орол” Ўзбекистон кубокларида қандай иштирок этган?“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  21. „"Орол" ҳозир қайси стадионда ўйнамоқда? ФОТО“. 2022-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  22. „Qoraqalpoq futboli haqida qiziqarli malumotlar“ (14 noy 2017). 2022-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  23. Aybek Shamshetov
  24. Omirbek Primbetov
  25. Sharapat Bekimbetov
  26. Ulugʻbek Bekboʻsinov
  27. Ulug‘bek Yangiboyev
  28. Yembergen Jumaboyev
  29. Ajiniyaz Tureniyazov
  30. Aydos Allambergenov
  31. Foziljon Sobirov[sayt ishlamaydi]
  32. Islam Seytnazarov
  33. Jamshid Boranbayev
  34. Jamshid Gulmirzayev
  35. Mirjalol Qurbonov
  36. Quanish Bazarbayev
  37. Ruslanbek Menlimuratov
  38. Temur Masharipov
  39. Albert Sdikov
  40. Azamat Ilyasov
  41. Baurjan Keunimjayev
  42. Erbol Seytnazarov
  43. Erkinbay Jametov
  44. Jasur Tojiboyev
  45. Javlon Primbetov
  46. Miras Karlibayev
  47. Mirjalol Qosimov
  48. Miyirbek Qalmurzayev
  49. Murod Mambetov
  50. Norxon Sheripov
  51. Rasul Musayev
  52. Sunnatillo Mamadaliyev
  53. Zulpuqar Kuanishbayev
  54. Amir Abdirizayev
  55. Arislan Yusupbayev
  56. Aybek Ro'zimov
  57. Azamat Bobojonov
  58. Marlen Tugelbayev
  59. Maxset Kalbayev
  60. Navro‘z Alimov
  61. „«Орол»га янги мураббий келди“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  62. „Ўтмишнинг машҳур футболчиси, қорақалпоғистонлик Қодир Ибрагимов билан суҳбат“. 2023-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]