Roʻzimboy Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Roʻzimboy Ahmedov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Roʻzimboy Ahmedov
Tavallud sanasi 3-may 1987-yil (1987-05-03) (36 yosh)
Tavallud joyi Xorazm Oʻzbekiston SSR SSSR
Boʻyi 181 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Buxoro
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Xozrazm
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006-2009 Xozrazm 50+ (35+)
2009-2012 Paxtakor 22 (2)
2010 Xozrazm (Ijara) 7 (0)
2011 Navbahor (Ijara) 23 (5)
2012 Dinamo 23 (11)
2013 Navbahor 20 (9)
2014-2015 Neftchi 49 (9)
2016 AGMK 13 (3)
2016 Andijon 14 (2)
2017-2018 Navbahor 37 (9)
2019 Andijon 23 (4)
2021 Xorazm 10 (8)
2021 Dinamo 9 (4)
2022 Buxoro 26 (23)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 4-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 4-dekabr uchun)

Roʻzimboy Ahmedov (Eng: Ruzimboy Akhmedov; 1987-yil 3-may) – oʻzbek sobiq futbolchisi, hujumchi. „Gʻijduvon“ klubi murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roʻzimboy Xorazm futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Katta futboldagi faoliyatini 2006-yil „Xorazm“ klubi tarkibida boshlagan. Bir necha mavsum davomida jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi[1] va 2009-yil yozgi transfer oynasida „Paxtakor“ klubi bilan 2.5 yillik shartnoma imzoladi. Mavsum yakunida jamoa bilan Oʻzbekiston Kubogi sohibi boʻldi. 2010-yilgi mavsum boshida „Xorazm“ klubiga ijara asosida oʻtdi va yozgi trasfer oynasida yana Toshkentliklar safiga qaytdi.

2011-yilgi mavsum oldidan Namanganning „Navbahor“ jamoasiga ijaraga berildi. „Navbahor“ takibida yaxshi xarakat qilgan Ahmedov, 2012-yilgi mavsum oldidan „Paxtakor“ bilan oʻzaro shartnomasi yakunlanib, „Dinamo Samarqand“ klubi tarkibiga oʻtdi. Samarqandliklar safida samarali mavsum oʻtkazdi, 23 oʻyinda 11 ta gol. 2013-yiulgi mavsumda yana „Navbahor“ klubi Roʻzimboyga yaxshi taklif bilan chiqdi va 2013-yilgi mavsumni Namanganliklar safida oʻtkazdi.

2014-yilgi masumdan, 2 mavsum davomida Fargʻonaning „Neftchi“ klubi tarkibida oʻynagan.[2][3] 2016-yilgi mavsum oldi transfer oynasida Olmaliqning „AGMK“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[4][5] Shu yilgi mavsumning yozgi transfer oynasida Olmaliqlar safida oʻz oʻrnini topa olmagan Ahmedov, „Andijon“ klubi tarkibiga oʻtdi.[6] Mavum yakunida Namanganning „Navbahor“ jamoasi 3-bor shartnoma imzoladi[7][8] va keyingi 2 mavsumni lochinlar safida oʻtkazdi. „Navbahor“ klubi bilan 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida 3-oʻrinni egalladi va bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

2019-yilgi mavsumda yana „Andijon“ jamoasiga qaytdi.[9] Bir mavsum davomida Burgutlar safida harakat qilgan Roʻzimboy, 2020-yilgi mavsum oldidan faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.[10]

2021-yilgi mavsumda oʻzining sobiq jamoasi „Xorazm“ klubi taklifiga koʻra yana futbolchilik faoliyatini tikladi.[11] Xorazmliklar bir necha yillardan buyon Oʻzbekiston Pro ligasida xarakat qilmoqda edi. Mavsumning 1-davrasini yaxshi darajada oʻtkazdi va shu sababli 2-davra oldidan musobaqa peshqadamlaridan biri „Dinamo Samarqand“ bilan shartnoma imzoladi[12] va mavsum yakunida Oʻzbekiston Superligasi yoʻllanmasini Samarqandliklar safida 2-oʻrin bilan qoʻlga kiritdi. Ahmdedovning oʻzi „Neftchi“ futbolchi Marko Obradovich bilan birgalikda Oʻzbekiston Pro ligasida 14 ta gol bilan toʻpurarga aylandi.

2022-yil mavsum oldidan „Dinamo“ klubi bilan shartnomasi tugagani sababli, Buxoroning „Buxoro“ klubi taklifi bilan koʻxna shaxar jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma imzolanishining asosiy omillaridan biri, 2021-yilgi mavsumda „Dinamo Samarqand“ klubida birga ishlagan ustozi Hakim Fuzaylov ham „Buxoro“ klubi ustoziga aylangani edi. 2022-yilgi mavsumda „Buxoro“ klubi yuqori mavsum oʻtkazdi. Ketma ket ikkinchi mavsum, ikkinchi oʻrin bilan, ikki xil jamoa bilan Oʻzbekiston Superligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi va bu safar „Buxoro“ jamoasi bilan edi. Mavsumda oʻzining ikkinchi yoshligini oʻtkazgan hujumchi,[13][14] ketma-ket ikkinchi bor Oʻzbekiston Pro ligasida 23 tagol bilan toʻpurarga aylandi. 2023-yilgi mavsum soʻnggida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Individual[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „АРХИВ. 2009 йилги "Хоразм" - "Бунёдкор" учрашуви, Рўзимбой Аҳмедовдан гол ва стадионда 21 мингдан зиёд томошабин“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  2. „Рўзимбой Аҳмедов расман “Нефтчи” аъзоси, Фомин эса кўрикда“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  3. „Рўзимбой Аҳмедов “Нефтчи”да қолади“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  4. „Рўзимбой Аҳмедов "Олмалиқ"қа ўтиши мумкин“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  5. „"Олмалиқ": Тожиев, Аҳмедов, Мартинюк, Жўраев ва Павленко жамоадан кетишди“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  6. „Рўзимбой Аҳмедов «Андижон»да“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  7. „Рўзимбой Аҳмедов “Навбаҳор” аъзосига айланди, Пиримов кетди“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  8. „"Навбаҳор" Аҳмедов ва сербиялик ҳужумчи билан шартнома тузди“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  9. „Рўзимбой Аҳмедов: "Очилиш ўйинида ғалаба қозонишимиз шарт эди"“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  10. „Ўйиндан ташқари холатда қолганлар ёхуд жамоасиз юрган футболчилар ҳақида“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  11. „Рўзимбой Аҳмедов, Аброр Хосинов ва бир қатор ёшлар “Хоразм” йиғинида“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  12. „Рўзимбой Аҳмедов ва Ойбек Нурматов "Динамо"да“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  13. „Иккинчи ёшлигини ўтказаётган тўпурар“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  14. „"Энг зўр-2022". Про лигада йил футболчиси ва мураббийи аниқланди“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]