Sementchi (futbol klubi, Quvasoy)
| „Sementchi“ | |||
| Toʻliq nomi | Quvasoyning „Sementchi“ futbol klubi | ||
| Laqabi | Sementchilar, Quvasoyliklar | ||
| Asos solingan | 1987-yil | ||
| Stadion | „Sementchi“ | ||
| Stadion hajmi | 5000 | ||
| Bosh direktori | |||
| Murabbiyi | |||
| Musobaqasi | Birinchi liga | ||
| Mavsumi | 2023 | 1 | |
|
| |||
"Sementchi" – Fargʻona viloyati, Quvasoy shahrining oʻzbek futbol klubi. Hozir Oʻzbekiston Birinchi ligasida toʻp suradi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1987-yilda tashkil etilgan. 1988-yilgi mavsumda klub Oʻzbekiston SSR chempionatida oʻynagan. 1997-yilda Oʻzbekiston chempionati Ikkinchi ligasi final bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 1998-yilgi mavsumdan boshlab Birinchi ligada qatnasha boshladi.
2002-yilda 2-oʻrinni egallab, Oliy ligaga yoʻl oldi. 2003-yilgi mavsumda Oliy ligada muvaffaqiyatsiz oʻynadi (oxirgidan oldingi, 15-oʻrin) va yana Birinchi ligani tark etdi.
2008-yilda moliyaviy muammolar tufayli klub Oʻzbekiston chempionati va kubogida ishtirok etishdan bosh tortdi. 2014-yilda qayta tiklandi va yana Ikkinchi liganing final bosqichida oʻynadi.
Keyingi 3 mavsumni Birinchi ligada oʻtkazdi va oʻz tarixida birinchi marta 2017-yilda uning gʻolibiga aylandi. Ammo keyin 2018-yilgi Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etishiga ruxsat berilmadi. Jamoa bir necga mavsum yarim professional tarzida Oʻzbekiston ikkinchi ligasida faoliyat olib bordi. 2022-yildan Oʻzbekiston ikkinchi ligasi oʻtish turnirida 2-oʻrinni olib 2023-yilgi Oʻzbekiston Birinchi ligasiga chiqdi.
- Sementchi klubining 2000-yillardagi logosi
- 2010-2022 yillar oraligʻidagi jamoa logosi
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oliy ligada 15-oʻrin (2003).
Birinchi liga gʻolibi (2017).[1]
Birinchi liga kumush medali sovrindori (2002).
Birinchi liganing bronza medali sovrindori – 2 marta (2000, 2001).- Oʻzbekiston Kubogi 1/4 final (2015).
Futbolchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 31-mart 2024-yil[2]
Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
U21
[tahrir | manbasini tahrirlash]U19
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murabbiylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Murabbiy | Yillar |
|---|---|
| ? | |
| ? | |
| 2022- |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Birinchi liga. Barcha jamoalarni mag'lub eta olgan yagona jamoa “Cementchi” haqida“. 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
- ↑ „Sementchi jamoasi tarkibi (31-mart 2024-yil)“. 2024-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Klub v baze footballfacts
- Matchi kluba v baze Wildstat (Wayback Machine saytida 2016-03-12 sanasida arxivlangan)
- Istoriya futbolnix klubov SNG
- besoccer.com (Wayback Machine saytida 2023-01-07 sanasida arxivlangan)