Kontent qismiga oʻtish

Oqtepa (futbol klubi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oqtepa
Toʻliq nomi Toshkentning „Oqtepa“ futbol klubi
Laqabi Aktepintsy
Asos solingan 2000
Tugatilgan 2021
Stadion Oqtepa
Stadion hajmi 2,000
Musobaqasi
Mavsumi 2019 3
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Oqtepa futbol klubi — Toshkent shahridagi oʻzbek futbol klubi. 2000-yilda asos solingan jamoa hozirda Oʻzbekiston „A“ Pro-Ligasi oʻyinlarida ishtirok etmoqda.

„Oqtepa“ futbol klubi 2000-yilda Gʻanisher Shogʻulomov tomonidan tashkil etilgan. 2000—2005-yillarda Oʻzbekiston Ikkinchi ligasida oʻynagan, Rustam Hamdamov esa jamoaga bosh murabbiylik qilgan.

2005-yilda Ikkinchi liganing final bosqichida oʻz guruhida gʻalaba qozondi va Birinchi ligada oʻynash huquqini beruvchi oʻtish turniriga kirdi.

2006-yilda „Oqtepa“ Birinchi ligada debyut qildi va jamoani birdaniga 2 nafar murabbiy — Nizom Nortojiev va Otabek Mansurov boshqarib, uni 11-oʻringa olib chiqdi.

2007-yilgi mavsumda Otabek Mansurov klubning yagona bosh murabbiyi boʻlib qoldi va uni 7-oʻringa koʻtardi. 2008-yilda esa jamoani u bilan birga 6-oʻrinni egallagan Ravil Imomov boshqargan.

Bir necha sabablarga koʻra „Oqtepa“ keyingi yili Birinchi ligada ishtirok eta olmadi. Ammo 2010-yilgi mavsumda u oʻz oldiga yuqori maqsadlar qoʻyib, ushbu divizionga qaytdi.

Jamoaga Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Yevstafeyev yordamchisi — Aleksandr Mochinov taklif etildi, lekin u bilan „Oqtepa“ bor-yoʻgʻi 11-oʻrinni egalladi.

2011-yilda Mochinov oʻz ishini davom ettirdi, ammo yakunida jamoa 16-oʻringa tushib ketdi. Bu natijalar klub rahbariyatini qoniqtirmadi va mutaxassis egallab turgan lavozimidan chetlatildi.

2012-yilda jamoa boshqaruvi Vohid Xolboev qoʻliga oʻtdi, lekin u futbolchilarga ishonch bera olmadi va mavsum oxirigacha jamoaga Farhod Abdurasulov murabbiylik qildi. Natijada jamoa 8-oʻrinni egalladi.

2013-yilgi mavsumda „Oqtepa“ ning sobiq futbolchisi Aleksandr Tokov klub murabbiyi boʻldi va u 10-oʻrinni egalladi.

2014-yil boshida Aleksandr Mochinov yana klubga bosh murabbiy etib tayinlandi, biroq u 1-bosqichda isteʼfoga chiqdi. 2-turga qadar jamoani tajribali murabbiy Furqat Esanboev boshqardi.

2-bosqichdan esa bu lavozim Ildar Sakayevga ishonib topshirildi. 2014-yilgi mavsumda „Oqtepa“ Birinchi ligada 4-oʻrinni, keyin esa 2-oʻrinni egalladi (bu klub tarixidagi eng yuqori oʻrin).

Klub ramzlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy tarix

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Liga Oʻzbekiston kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Pos. Oʻyin D M UG OʻG O Ism Liga
2006 2st 11 38 14 6 18 57 63 48 1/4 Final Oʻzbekiston Nizom Nortojiev

Oʻzbekiston Otabek Mansurov

2007 2st 7 38 19 8 11 67 59 65 Oʻzbekiston Vladimir Gavrilov 29 Oʻzbekiston Otabek Mansurov
2008 2st 6 34 15 8 11 61 53 53 Oʻzbekiston Ravil Imomov
2009 Professional klub sifatida faoliyati toʻxtatilgan va Oʻzbekiston ikkinchi ligasi baxslarida faoliyat olib borgan
2010 2st 11 38 19 3 16 65 46 60 Oʻzbekiston Aleksandr Mochinov
2011 2st 16 38 12 5 21 37 69 41
2012 2st 8 38 21 0 17 87 79 63 Oʻzbekiston Maʼruf Ahmadjonov 23 Oʻzbekiston Vohid Xolboev

Oʻzbekiston Farhod Abdurasulov

2013 2st 10 36 14 8 12 53 56 50 Oʻzbekiston Maʼruf Ahmadjonov 16 Oʻzbekiston Aleksandr Tokov
2014 2st 4 38 26 4 8 84 46 82 Oʻzbekiston Aleksandr Mochinov

Oʻzbekiston Furqat Esonboyev

Oʻzbekiston Eldor Sakayev

2015 2st 2 34 23 4 7 72 24 73 Oʻzbekiston Eldor Sakayev
2016 4st Professional klub sifatida faoliyati toʻxtatilgan va Oʻzbekiston ikkinchi ligasi baxslarida faoliyat olib borgan
2017 4st
2018 4st
2019 2st 3 28 16 3 9 59 42 51 Oʻzbekiston Pavel Purishkin 19 Oʻzbekiston Ravshan Bozorov
2020 2st 6 20 6 4 10 23 31 22 Oʻzbekiston Idris Bikmaykin 7 Oʻzbekiston Yaroslav Krushelnitskiy
2021 4st Professional klub sifatida faoliyati toʻxtatilgan va Oʻzbekiston ikkinchi ligasi baxslarida faoliyat olib borgan
2022 4st
2023

Stadion va baza

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Oqtepa“ oʻz uy uchrashuvlarini Toshkentdagi Oqtepa massividagi stadionda oʻtkazadi. Futbol maydonining oʻlchamlari — 105x68 metr.

2012-yilgacha maydon tabiiy qoplamaga ega edi, ammo klub rahbariyati tashabbusi bilan keyin sunʼiy qoplama yotqizildi.

Klub boshqaruvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Prezident Oʻzbekiston Sarvar Shogʻulomov
Vitse prezident Oʻzbekiston Ulugʻbek Olimov
Prezident maslahatchisi Oʻzbekiston Gʻanisher Shogʻulomov
Klub rahbari Oʻzbekiston Farhod Abdurasulov
Bosh murabbiy Oʻzbekiston Aleksandr Yejov
„Oq-tepa“ futbol maktabi direktori Oʻzbekiston Vladimir Gavrilov
Bosh kotib Oʻzbekiston Ravshan Rixsiyev
Matbuot kotibi Oʻzbekiston Furqatbek Nishonov
Jamoa bosh shifokori Oʻzbekiston Marat Xuziyaxmetov
Yil Murabbiy
2000-2005 Oʻzbekiston Rustam Hamdamov
2006 Oʻzbekiston Nizom Nartajiyev va Otabek Mansurov
2007 Oʻzbekiston Otabek Mansurov
2008 Oʻzbekiston Ravil Imomov
2010-2011 Oʻzbekiston Aleksandr Mochinov
2012 (1-bosqich) Oʻzbekiston Vohid Xolboev
2012 (2-bosqich) Oʻzbekiston Farhod Abdurasulov
2013 Oʻzbekiston Aleksandr Tokov
2014 (1-bosqich) Oʻzbekiston Aleksandr Mochinov
2014 (2-bosqich) Oʻzbekiston Furqat Esanboev
2014- 2019 Oʻzbekiston Ildar Sakaev
2019-h.v. Oʻzbekiston Aleksandr Yejov