Oybek Rustamov
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Oybek Ravshan oʻgʻli Rustamov | ||
| Tavallud sanasi | 1997-yil 2-aprel | ||
| Tavallud joyi | Uchkoʻprik tumani Fargʻona, Oʻzbekiston | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Nasaf | ||
| Raqami | 15 | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2016—2022 | Qoʻqon 1912 | 145 | (4) |
| 2023— | OKMK | 25 | (1) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2016—2017 | Oʻzbekiston U-20 | 2 | (0) |
| 2017—2019 | Oʻzbekiston U-23 | 21 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Oybek Ravshan oʻgʻli Rustamov (inglizcha: Oybek Rustamov, 2-aprel 1997-yil[1], Uchkoʻprik tumani) – Oʻzbekistonlik futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Qarshining „Nasaf“ jamoasi futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oybek Qoʻqon futboli maktabi tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiyi — Samandar Meliboyev[2]. Futbolchilik faoliyatini 2016-yilda 19 yoshida „Qoʻqon 1912“ jamoasi safida boshlagan[3][4]. 2021-yilgi mavsumda Xorij klublaridan tushgan bir necha takliflariga qaramay „Qoʻqon 1912“ jamoasi bilan shartnomasi uzaytirgan[5]. 2022-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida eng koʻp sariq kartochka olgan futbolchiga aylandi[6]. Qoʻqon jamoasi tarkibida 7 mavsum davomida oʻynaganidan soʻng, 2022-yilgi mavsum yakunida „AGMK“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[7][8][9]. Olmaliq jamoasi dastlabki mavsumidayoq jamoaning asosiy futbolchilaridan birga aylandi va Osiyo chempionlar ligasida debyut qildi va 7 ta oʻyinda ishtirol etgan. Mavsum yakunida OKMK jamoasi bilan Oʻzbekiston Kubogi finaligacha yetib bordi. Finalda Qarshining Nasaf klubiga magʻlub boʻlgan.
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yil murabbiy Jasur Abduraimov Oybekni Oʻzbekiston U-19 terma jamoasiga chaqirgan[10]. 2018-yilda Xitoyda oʻtgan AFC U-23 Osiyo Kubogi musoboqasida Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida Ravshan Haydarov murabbiyligida chempion boʻlgan[11][12].
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- AFC U-23 Osiyo kubogi chempioni: 2018[12][13]
- Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2023
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „"Qoʻqon-1912": Oybek Rustamov 20 yoshda!“ (2017-yil 2-aprel).
- ↑ „Oybek Rustamov, Iqbol Malikjonov oʻz ustoziga "Damas" avtomashinasini sovgʻa qildi“ (2021-yil 3-oktyabr).
- ↑ „Oybek Rustamov: "Magʻlubiyat yoqimsiz boʻldi"“ (2016-yil 12-iyul).
- ↑ „"Qoʻqon-1912": Oʻzini koʻrsatayotgan yoshlarimiz“ (2016-yil 11-dekabr).
- ↑ „Eshitdik-da! "Qoʻqon-1912" bilan kelishuvni uzaytirgan Rustamov Eronga ketishi mumkin edi“ (2022-yil 22-fevral).
- ↑ „Coca Cola Superligasi-2022. Hakam tomonidan eng koʻp "siylangan" futbolchilar“ (2022-yil 13-noyabr).
- ↑ „"Qoʻqon-1912" futbolchisi ijara asosida AGMKga oʻtdi“ (2022-yil 19-dekabr).
- ↑ „Oybek Rustamov AGMK futbolchisiga aylandi“ (2023-yil 4-yanvar).
- ↑ „Rasman! Oybek Rustamov — AGMK futbolchisi“ (2023-yil 4-yanvar).
- ↑ „"Qoʻqon-1912": Oybek Rustamov Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi yigʻinida“ (2016-yil 8-iyul).
- ↑ „Uchkoʻprikda chempion bilan uchrashuv“ (2018-yil 3-fevral).
- 1 2 „Qoʻqonda chempionlar munosib kutib olindi!“ (2018-yil 30-yanvar).
- ↑ „O‘zbekiston Osiyo chempioni!“ (2018-yil 27-yanvar).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oybek Rustamov (Wayback Machine saytida 2023-01-24 sanasida arxivlangan) Transfermarkt saytida
- Oybek Rustamov Soccerway saytida
- Oybek Rustamov (Wayback Machine saytida 2023-12-28 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida
- 2-aprelda tugʻilganlar
- 1997-yilda tugʻilganlar
- Uchkoʻprik tumanida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Fargʻona sport kishilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
