Doniyor Narzullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Doniyor Narzullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Doniyor Baxtiyor oʻgʻli Narzullayev
Tavallud sanasi 11-aprel 1995-yil (1995-04-11) (29 yosh)
Tavallud joyi Qarshi Oʻzbekiston
Boʻyi 1.81 m (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi / Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nasaf
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012—2015 Nasaf-2
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2020 Nasaf 81 (3)
2020—2021 Metallurg Bekobod 29 (1)
2021 Nasaf 12 (0)
2022 Neftchi 0 (0)
2023— Nasaf 4 (0)
Milliy terma jamoa
2014—2015 Oʻzbekiston U-20 5 (2)
2016—2018 Oʻzbekiston U-23 20 (0)
2018 Oʻzbekiston 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-oktyabr 2023-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (12-oktyabr 2023-yil uchun)

Doniyor Baxtiyor oʻgʻli Narzullayev (ruscha: Нарзуллаев, Дониёр Бахтиёр оглы; 11-aprel 1995-yil[1], Qarshi) – Oʻzbekistonlik futbolchi. Qarshining „Nasaf“ klubida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida 2018-yilgi U-23 Osiyo kubogida chempion boʻlgan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doniyor faoliyatini Qarshining „Nasaf-2“ klubida boshlagan. Oʻzbekiston Superligasidagi debyutini ilk bor 2014-yilda oʻtkazgan. 2015-yilgi mavsumda „Nasaf“ jamoasi tarkibida faoliyatida ilk sovrin, Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan. 2020-yilgi mavsumda olti yillik faoliyatdan soʻng „Nasaf“ jamoasini tark etdi va Bekobodning „Metallurg“ klubi bilan shartnoma imzoladi[2]. 2022-yilgi mavsumda Qarshining „Nasaf“ jamoasidan Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga oʻtgan[3].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]