Jasurbek Yaxshiboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jasurbek Yaxshiboyev
Fayl:Jasurbek Yakhshiboev.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jasurbek Jumaboy oʻgʻli Yaxshiboev
Tavallud sanasi 24-iyun 1997-yil (1997-06-24) (26 yosh)
Tavallud joyi Chinoz Toshkent viloyati
Boʻyi 1.80 cm (12 in)
Ampluasi Vinger
Vazni 75 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ordabasi
Raqami 17
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2020 Paxtakor 46 (3)
2019   AGMK 9 (0)
2020   FC Energetik-BGU Minsk 14 (9)
2020   FC Shakhtyor Soligorsk 13 (7)
2021—2022 Legia Warsaw 1 (0)
2021—2022 FC Sheriff Tiraspol 6 (1)
2022—2023 Navbahor 26 (6)
2024— Ordabasi 0 (0)
Milliy terma jamoa
2016 Oʻzbekiston U-20 3 (1)
2017—2020 Oʻzbekiston U-23 26 (10)
2018— Oʻzbekiston 9 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jasurbek Yaxshiboev (Jasurbek Jumaboy oʻgʻli Yaxshiboyev; 1997-yil 24-iyunda tugʻilgan) – oʻzbek professional futbolchisi, Namanganning „Navbahor“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining vingeri, hujumchisi.

Klub faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaxshiboyev 1997-yil 24-iyunda Oʻzbekistonning Toshkent viloyati Chinoz shaharchasida tugʻilgan. U 7 yoshida Toshkentning „Paxtakor“ yoshlar tizimiga qoʻshilgan[1].

Yaxshiboev professional faoliyatini 2016 yilda boshlagan va qisqa vaqt ichida Toshkentning „Paxtakor“ asosiy jamoasining oddiy futbolchisiga aylangan. 2019 yilning iyul oyida u Oʻzbekiston Superligasi mavsumining ikkinchi yarmi uchun AGMK jamoasiga ijaraga berilgandi. 2020 yilda Yaxshiboev bir mavsumga ijara asosida Belarusning „Energetik-BGU“ klubiga oʻtdi.[2] 2020-yil 19-mart kuni BATE Borisovga qarshi oʻyinda Yaxshiboev oʻzining debyut oʻyinida boʻlgan klub uchun 2 ta gol urdi.[3] 2021-yil 13-fevralda u Ekstraklasa ligasi klubi Legia Varshava bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi.[4] U „Visla Krakov“ klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi.[5]

2021-yil 30-avgustda Moldovaning „Sherif Tiraspol“ klubiga ijara asosida oʻtdi.[6][7] 2021-yil 28-sentabrda u UEFA Chempionlar Ligasi doirasida „Real Madrid“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, birinchi golni urdi.[8]

2022-yilning 5-iyulida Yaxshiboyev „Legiya“ bilan shartnomasini oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilgan[9]. 2022-yilning 16-iyulida Namanganning „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzoladi[10]. 2023-yil 7-noyabr „Navbahor“ jamoasini tark etgani maʼlum qilingan[11].

2024-yil 7-fevralda Qozogʻiston Premyer ligasi amaldagi chempioni „Ordabasi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi[12].

Terma jamoadagi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda 20 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 3 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan . 2016-yildan 23 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan. 2018-yilning yanvar oyida 23 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bilan birgalikda 2018-yilgi AFC U-23 Osiyo chempionati 2018 musoboqasida gʻolib chiqdi.

Yaxshiboyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2018-yilning 18-may kuni Xitoy kubogi turnirida Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan[13].

Klub Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 28-sentabrda boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra.[14]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Club Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro Boshqa Jami
Division Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Paxtakor Toshkent 2016 Oʻzbekiston Superligasi 2 0 0 0 2 0
2017 Oʻzbekiston Superligasi 11 0 1 0 0 0 12 0
2018 Oʻzbekiston Superligasi 27 3 4 2 1 0 32 5
2019 Oʻzbekiston Superligasi 6 0 0 0 3 0 9 0
Jami 46 3 5 2 4 0 55 5
AGMK (ijara) 2019 Oʻzbekiston Superligasi 9 0 1 0 10 0
Energetik-BGU (ijara) 2020 Belarus Premyer-ligasi 14 9 0 0 14 9
Shakhtyor Soligorsk (ijara) 2020 Belarus Premyer-ligasi 13 7 1 2 1 0 15 9
Legia Warsaw 2020-21 Ekstraklasa 1 0 0 0 0 0 1 0
Sheriff Tiraspol (ijara) 2021-22 Moldovan National Division 4 1 0 0 2 1 6 2
Umumiy 88 20 7 4 7 1 102 25

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020 yil 8 oktyabrda bo'lib o'tgan o'yin holatiga ko'ra
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Terma jamoa Yillar Oʻyin Gollar
Oʻzbekiston 2018 1 0
2019 0 0
2020 2 0
2021 0 0
Total 3 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"Сказали про Юревича: "Есть дедушка, который сделает из тебя футболиста". Джасурбек Яхшибоев — о том, как оказался в Беларуси“. 2022-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  2. „Djasurbek Yakshiboev v „Energetike“-BGU“. 2022-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  3. „Energetik“ arendoval 22-letnego geniya iz „Paxtakora“. V pervom je matche on polojil dvushku BATE
  4. Jasur Yakshibaev zawodnikiem Legii
  5. Bez goli przy Łazienkowskiej. Legia – Wisła Kraków 0:0
  6. „Piłkarz wypożyczony z Legii Warszawa do uczestnika Ligi Mistrzów“. sport.interia.pl. Legia Warszawa. Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  7. https://globalsportsarchive.com/people/soccer/jasur-yaxshiboyev/149488/
  8. „Real Madrid-Sheriff | UEFA Champions League“.
  9. „Rozwiązanie kontraktu z Jasurem Yakshibaevem“ (pl). Legia Warsaw (2022-yil 5-iyul).
  10. „Jasur Yaxshiboyev w Navbahorze Namangan“. www.90minut.pl. Qaraldi: 2023-yil 8-iyul.
  11. „Jasur Yaxshiboev "Navbahor"dan ketdi“ (2023-yil 7-noyabr).
  12. „Rasman: Jasur Yaxshiboev yangi mavsumni Qozog'iston chempionatida boshlaydi!“ (2024-yil 7-fevral).
  13. „Iran vs. Uzbekistan“.
  14. Jasurbek Yaxshiboyev Soccerway saytida. Qaralgan sana: 9 September 2021.
  15. „Денисов, Яхшибоев, Шацких, Насимов ёхуд чемпион легионерларимиз ҳақида“. 2023-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  16. „Денисов, Яхшибоев, Шацких, Насимов ёхуд чемпион легионерларимиз ҳақида“. 2023-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  17. „Денисов, Яхшибоев, Шацких, Насимов ёхуд чемпион легионерларимиз ҳақида“. 2023-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]