Abdujamol Isroilov
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Abdujamol Ahmadjon oʻgʻli Isroilov | ||
| Tavallud sanasi | 1996-yil 24-dekabr | ||
| Tavallud joyi | Yozyovon tumani Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.77 cm (1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Dinamo | ||
| Raqami | 8 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2009—2013 | Neftchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2014—2015 | Yozyovon Lochinlari | - | (-) |
| 2015 | Paxtakor-2 | - | (-) |
| 2016—2018 | Neftchi | 28 | (0) |
| 2017 | → Dinamo | 12 | (0) |
| 2019—2020 | Navbahor | 12 | (1) |
| 2021 | Buxoro | 0 | (0) |
| 2022—2023 | Dinamo | 32 | (2) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Abdujamol Ahmadjon oʻgʻli Isroilov (ruscha: Исроилов, Абдуджамол Ахмаджон оглы; 24-dekabr 1996-yil, Yozyovon tumani) – oʻzbek futbolchisi, Dinamo jamoasida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdujamol Fargʻona futbol tarbiyalanuvchisi. Futboldagi dastlabki faoliyatini „Neftchi“ klubi maktabida boshlagan Abdujamol, ilk professional jamoasi „Yozyovon“ klubi boʻlgan. 2014-2015-yillarda „Paxtakor“ jamoasi tarkibiga jalb etilgan va faoliyatini „Paxtakor-2“ jamoasida davomettirgan. 2016-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan va asosan jamoaning oʻrinbosarlar tarkibida oʻynagan[1]. 2017-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga ijaraga berilgan. Samarqand klubidagi muvaffaqiyatlari oʻyinlari sababli[2][3] ikkinchi davrada „Neftchi“ jamoasiga qaytgan[4]. 2018-yilgi mavsum oldidan Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzolagan[5], ammo keyinchalik shartnoma bekor qilinib „Neftchi“ jamoasi tarkibida qolgan[6][7]. 2018-yilgi mavsum soʻnggida Fargʻona kluibini tark etib, Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[8][9]. Namangan jamoasida ikki mavsum davomida oʻynagan va katta qismini jarohat sababli oʻtkazib yuborgan[10][11][12]. 2021-yilgi mavsumda „Buxoro“ jamoasi tarkibiga oʻtgan va asosan yoshlar jamoasi tarkibida oʻynagan. 2022-yilgi mavsumda „Dinamo“ jamoasiga qaytdi[13] va 2023-yilgi mavsum soʻnggiga qadar Samarqand klubi tarkibida oʻynagan. Mavsum soʻnggida „Dinamo“ jamoasi Abdujamol bilan shartnoma uzaytirilmasligini eʼlon qildi[14].
Terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdujamol Oʻzbekiston U-20 va Oʻzbekiston U-23 terma jamoalari safida oʻynagan. 2018-yilgi AFC U-23 Osiyo chempionatida Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida chempion boʻlgan[15].
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2023
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- AFC U-23 Osiyo chempionati chempioni: 2018
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Abdujamol Isroilov PFL ma'lumotlari“ (2016-yil). 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
- ↑ „"Динамо" сўнгги 25 йилда энг ёш таркиб билан ўйнамоқда“ (2017-yil 11-mart).
- ↑ „"Динамо" сафида Суперлига 1-даврасида энг кўп ўйин ўтказган футболчи ким бўлди?“ (2022-yil 7-iyul).
- ↑ „"Нефтчи" янги футболчиларни таништирди“ (2017-yil 3-avgust).
- ↑ „“Насаф” ўз таркибига умидли ярим ҳимоячини қушиб олди“ (2018-yil 23-yanvar).
- ↑ „Абдужамол Исроилов: «Нефтчи»да эканлигимдан хурсандман»“ (2018-yil 7-fevral).
- ↑ „“Нефтчи” ПФК бир қатор футболчилар билан шартнома тузди“ (2018-yil 11-fevral).
- ↑ „«Навбаҳор»дан навбатдаги трансфер“ (2019-yil 7-yanvar).
- ↑ „«Навбаҳор» янги футболчилари тақдимотини ўтказди“ (2019-yil 24-mart).
- ↑ „Абдужамол Исроилов: “Жароҳат олганимда йиғлаб юбордим”“ (2019-yil 19-iyul).
- ↑ „Суперлига-2020 жамоалари заявкаси“ (2020-yil 29-mart).
- ↑ „"Навбаҳор"ни яна бир футболчи тарк этди“ (2021-yil 24-yanvar).
- ↑ „Абдужамол Исроилов - «Динамо» футболчиси“ (2022-yil 18-yanvar).
- ↑ „«Динамо» шартномаси якунига етган 6 футболчи билан хайрлашди“ (2023-yil 11-dekabr).
- ↑ „Президент совғаси: 26та Malibu Чемпионларга топширилди (видео)“ (2018-yil 29-yanvar).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abdujamol Isroilov (Wayback Machine saytida 2023-12-22 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida futbolchi profili
- Abdujamol Isroilov Transfermarkt saytida futbolchi profili
- Abdujamol Isroilov Soccerway saytida futbolchi profili
- Abdujamol Isroilov Footballfacts saytida futbolchi profili
- 24-dekabrda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- Yozyovon tumanida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Fargʻona sport kishilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Yozyovon klubi futbolchilari
- Paxtakor-2 klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
