Umidjon Ergashev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Umidjon Ergashev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Umidjon Ergashev Ikromjonovich
Tavallud sanasi 20-mart 1999-yil (1999-03-20) (25 yosh)[1]
Tavallud joyi Chelak, Samarqand, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.83m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nasaf
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Nasaf
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017- Nasaf 60 (0)
Milliy terma jamoa
2016 O‘zbekiston U-19 2 (0)
2018- Uzbekistan U-20 3 (0)
2020- O‘zbekiston U-23 2 (0)
2022- Oʻzbekiston 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Umidjon Ergashev (1999-yil 20-martda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, „Nasaf“ va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi.

Ilk yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umidjon Ergashev 1999-yil 20-mart kuni Samarqand viloyatining Chelak qishlogʻida tavallud topgan. Juda kichik yoshidan futbolga kuchli qiziqishi boʻlgan. Buni sezgan oila aʼzolari Umidjonni Nasaf akademiyasiga olib kelishgan. 2017-yilgacha darvozabon Nasaf jamoasining turli yoshdagi jamoalari darvozasini qoʻriqlagan.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ichki chempionat[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 1-yanvardan Nasaf klubi bilan shartnoma tuzgan. Shundan buyon turli musobaqalarda 60 ta oʻyinda jamoa darvozasini qoʻriqlagan. Amaldagi shartnomasi 2024-yil 31-dekabrgacha imzolangan boʻlib, transfer narxi 300 000 yevroni tashkil etadi[2].

Oʻzbekiston terma jamoalarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umidjon Ergashev 2016-yilda Oʻzbekiston U-19 jamoasiga chaqirilgan va Osiyo chempionatida 2 ta oʻyinda maydonga tushgan[3]. 2018-yilda Uzbekistan U-20 jamoasiga, 2020-yil esa Oʻzbekiston U-23 jamoasiga chaqiruv olgan. Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga ham bir necha marotaba chaqiruv olgan boʻlsada, hali maydonga tushmagan.

Terma jamoa Oʻyin Gol Daqiqa
Oʻzbekiston U-19 2 0 180
Oʻzbekiston U-20 3 0 270
Oʻzbekiston U-23 2 0 180
Oʻzbekiston 0 0 0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilda Ravshan Haydarov boshchiligidagi Oʻzbekiston U-23 jamoasi tarkibida Antalya Cup 2021 xalqaro turnirining eng yaxshi darvozaboni deya topilgan[4].

Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston bayrogʻi „Nasaf“

2023-yilda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu mavsumda Umidjon Ergashev Oʻzbekiston Superligasida 2 marotaba asosiy tarkibda maydonga tushdi va 180 daqiqa davomida toʻliq harakat qildi. Ushbu 2 ta oʻyinda jami 9 ta toʻp oʻtkazib yubordi va bu uning asosiy tarkib uchun kurashiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Sariq va qizil kartochkalar olmadi. 10 ta oʻyinni zahiradan kuzatdi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [1]
  2. „Umid Ergashev“. Transfermarkt. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.
  3. „AFC U-19 Championship Bahrain 2016: Meet the Teams“. AFC. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.
  4. „Umidjon Ergashev "Antalya Cup 2021"ning eng yaxshi darvozaboni deb topildi + FOTO“. Olamsport. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.
  5. „Umidjon Ergashev“. UzPFL. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.