Islom Qobilov
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Islom Ilhom oʻgʻli Qobilov | ||
| Tavallud sanasi | 1-iyul 1997-yil | ||
| Tavallud joyi | Fargʻona, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Lokomotiv | ||
| Raqami | 3 | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2016 | Metallurg | 18 | (1) |
| 2017—2020 | Bunyodkor | 65 | (4) |
| 2017 | →Metallurg (Ijara) | 11 | (2) |
| 2021—2023 | Lokomotiv | 68 | (1) |
| 2024— | Soʻgʻdiyona | 40 | (2) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2016—2018 | Oʻzbekiston U-23 | ||
| 2018— | Oʻzbekiston | 13 | (0) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 5-iyul uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 27-yanvar uchun) | |||
Islom Ilhom oʻgʻli Qobilov (inglizcha: Islomzhon Kobilov; 1997-yil 1-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasida himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi[1].
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Oʻzbekiston Superligasidagi debyutini 2016-yilning 11-mart kuni Bekobodning „Metallurg“ jamoasi tarkibida „Mashʼal“ klubiga qarshi oʻyinda (1:3) oʻtkazgan edi.
2017-yilning 26-iyul kuni „Bunyodkor“ klubi Qobilov Bekobodning „Metallurg“ klubiga ijara shartnomasi asosida qaytganini eʼlon qilgan[2].
2021-yildan „Lokomotiv“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[3]. 2023-yilgi mavsum yakunida „Lokomotiv“ jamoasi bilan shartnoma yakunlanganidan soʻng klubni tark etgan. 2024-yilgi mavsum oldidan Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[4].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2018-yil 30-mart xolatiga koʻra natijalar toʻgʻri[5]
| Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Kontinental | Boshqa | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Dvizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Bunyodkor | 2017-yil | Oʻzbekiston ligasi | 10 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | - | 12 | 1 | |
| 2018-yil | 9 | 0 | 0 | 0 | - | - | 9 | 0 | ||||
| Jami | 19 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | - | - | 21 | 1 | ||
| Umumiy faoliyat | 19 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | - | - | 21 | 1 | ||
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom 2018-yilning 19-may kuni Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:0) Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan. 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar bilan 2018-yilda oʻz toifasida Osiyo Kubogini qoʻlga kiritgan. 2020-yilda oʻtkazilgan AFC U-23 Osiyo kubogida himoyachi boʻlishiga qaramay 3 ta gol bilan toʻpurarlardan biri boʻlgan[6].
| Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
|---|---|---|
| Yil | Oʻyinlar | Gollar |
| 2018 | 1 | 0 |
| 2019 | 0 | 0 |
| 2020 | 6 | 0 |
| 2021 | 5 | 0 |
| 2022 | 1 | 0 |
| Jami | 13 | 0 |
2022-yil 27-yanvar kuni oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika[7]
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2023
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston U-23
- AFC U-23 Osiyo kubogi chempioni (1): 2018-yil
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom Qobilov sobiq futbolchi, 1996-yilgi Qirgʻiziston chempionati toʻpurari Ilhom Zaylobiddinovning oʻgʻlidir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ислом Қобилов «Сўғдиёна»га ўтди“ (2024-yil 4-yanvar). 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
- ↑ „"Бунёдкор" янги футболчиларни таништирди. ФОТО+ВИДЕО“ (Uzbek). fcbunyodkor.com. FC Bunyodkor (2017-yil 26-iyul). 2018-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-iyul.
- ↑ „Расмий хабар: Ислом Қобилов ва Санжар Қодирқулов - "Локомотив" футболчиси!“. 2022-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.
- ↑ „Расман: Ислом Қобилов — "Сўғдиёна" футболчиси!“ (2023-yil 4-yanvar).
- ↑ „I.Kobilov“. soccerway.com/. Soccerway. Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Islomzhon Kobilov - 1X TOP GOAL SCORER“.
- ↑ „Islom Kobilov“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Islom Qobilov Soccerway saytida
- Islom Qobilov National-Football-Teams.com saytida
- Islom Qobilov
- 1-iyulda tugʻilganlar
- 1997-yilda tugʻilganlar
- Fargʻonada tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Fargʻona sport kishilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
