Qubodiyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qubodiyon, Qabodiyon - Oʻrta Osiyodagi tarixiy viloyat. Kofirnihon daryosining quyi oqimida. Sagʻo-niyon bilan Vaxsh oraligʻida, hozirgi Qoʻrgontepa viloyatining Shaartuz tumani (To-jikiston) hududida joylashgan. Xi-toy manbalarida (7-asr) kexo-yenna mulki tarzida keltirilib, uning hududi sharqdan gʻarbga tomon 2 kunlik yoʻl ekani qayd etilgan. Q.ning markaziy shahri Sagʻoniyon poytaxtidan qolishmagan. Shaharda 3 ta Budda monastiri joylashgan. Oʻrta asrlarda Q. nomi ilk bor Tabariy asarida 725 yil Asad ibn Abdullohning Xuttalonga yurishi munosabati bilan uchraydi. q. 8-asr oʻrtalarida arablar tomonidan bosib olingan. 9-asrda q. maʼmuriy jihatdan Xuttalon viloyatiga qaragan. 10-asrda esa Sagʻoniyon (Chagʻoniyon) viloyati tarkibida boʻlgan. Samʼoniyning yozishicha, 12-asrda Q. Balx viloyatiga mansub obod nohiya edi. q. hududini Romil daryosi kesib oʻtgan. Bu yerda arablarning tamim qabilasi yashagan, ular harbiy ishda mohir boʻlishgan.

Hozirda Qoʻrgʻontepaning jan.gʻarbidagi tuman markazi Qabodiyon deb ataladi. Uning atrofida Kaykubodshoh va Qalʼai Mir shahar xarobalari bor, lekin q. markazi oʻrni Shaartuzdan 9 km masofada joylashgan Qiziltepa yoxud Qizqalʼa oʻrnida boʻlgan. Bu yerda hayot kushonlar davridan 13-asr boshiga qadar davom etgan.

11-asrda Xurosonda roʻyan oʻsimligining "kubodi" nomli maxsus navi mashhur boʻlgan. Bu nav Q.da yetishti-rilgan va 10-asrda asosiy qishloq xoʻjaligi ekini hisoblangan; roʻyan katta miqdorda Hindistonga eksport qilingan. Undan olingan daromadning bir qismini viloyat hokimi olgan. 17-asrda ham roʻyan Q.dan chetga chiqariladigan asosiy qishloq xoʻjaligi mahsuloti sanalgan, undan tashqari Q.dan ajoyib anorlar va 2 turdagi uzum shinnisi chiqarilgan. Q. togʻlarida 10-asrda neft. saqich va bitum, shuningdek, feruza konlari boʻlgan. 12-asrda Samʼoniy Q.ning mashhur shifobaxsh bulogʻi haqida yozgan. Bu buloq hozirda Chiluchor chashma deb ataladi. Uning oldida yaqin vaqtlargacha eski masjid boʻlgan. uning ustunlaridan birida masjid qurilgan sana (749 yil) koʻrsatilgan. 19-asr va 20-asr boshida Q. Buxoro amirligining Qubodiyon bekligiga boʻysungan.

Ad.:Kamaliddinov Sh . S . Istoricheskaya geografiya Yujiogo Sogda i Toxaristana po araboyazmchnmm istochnikam IX — nachalo XIII vv.. T., 1996.

Faxriddin Hasanov.