Mahmudbiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mahmudbiy, Mahmud Qatagʻon (taxminan 17-asr 1-yarmi — 18-asr boshi) — ashtarxoniylar davridagi nufuzli amaldor, otaliq. Tohariston (1683 yil dan), Balx va Badaxshon hokimi (1688 yildan). M. Movarounnahrning 17-asr 1-yarmidagi ijtimoiysiyosiy hayotida muhim rol oʻynagan. Imomqulixon davrida (1611—42) Qunduz M.ning yurti va Toharistonning Toliqon, Kishm kabi tumanlarini birlashtirgan mulk markaziga aylangan. M. otaliq davrida Ishkamish Qunduzga tobe ettirilgan. 1685 yil M. Bayot qoradan Toliqonni tortib olgan. 1686—87 yillarda Anushaxon Xiva qoʻshini bilan Samarqand va Buxoroga hujum qilganda Subhonqulixon M.dan yordam soʻragan. U bu paytda Tohariston xrkimi (1683 yildan) edi, u xivaliklarni quvib yuborib, Xoʻjand va Hisordagi gʻalayonlarni bostirishda katta rol oʻynagan. 1688 yil avg .da Balx va Badaxshon M.ga inʼom etilgan. M. Buxorodan mustaqil ravishda siyosat yurgiza boshlagan. 1691 yil Badaxshonda yoriylar sulolasi asoschisi Mir Yorbekni magʻlubiyatga uchratgan. 1695 yilfev.da M. otaliqqa qarshi Balx atrofidagi quramalar isyon koʻtarganlar. M. Buxoroga, Subhonqulixonga odam yuborib shahzoda Muhammad Muqim sultonni yordamga soʻragan. Biroq xon buni rad etgan. M. Balx taxtiga mashhur sufiy Muhammad Porsoning avlodi Solih-xoʻjani oʻtqazgan. Xon M.dan norozi boʻlib, maktub joʻnatgan. M. vaziyat taqozosi bilan shunday qilganini, agarda xon Muhammad Muqim sultonni joʻnatsa, Solihxoʻjani oʻrniga taxtga oʻtqazishini maʼlum qilgan. Yozishmalar 2,5 yil davom etgan. Subhonqulixon M.ni Qunduzdagi isyonni bostirishga yuborgan va uning yoʻqligidan foydalanib, Balxga yurish qilgan. Solihxoʻja Qun-duzdan M.ni chaqirtirgan. M. Balx mudofaasiga kirishgan, qamal 20 kun davom etgan, nihoyat, oʻrtada sulh tuzilib xon orqaga qaytgan. Biroq M.ni koʻchmanchiharbiy zodagonlar qoʻllab-quvvatlamagan. 1697 yil avg .da boshboshdoqlik kuchaygan va M. Subhonqulixonning talabiga koʻnishga majbur boʻlgan. Solihxoʻjani Hindistonga joʻnatib, Balxni Muhammad Muqim sultonga topshirgan. 1697 yil koʻchmanchi qabilalar boshliqlari (ming , saroy) oʻrtasida saroyda yuqori mavqega ega boʻlish uchun kurash boshlangan, unda Odilbiy va Shohniyozbiylar gʻalaba qilib, M.ni otaliq mansabidan tushirganlar. M. Qunduzdan Balxga yurish qilgan. Muqimxon uni yana otaliq etib tayinlagan. 1703 yil mayda Balx atrofiga Termiz qoʻngʻirotlari bosqin qilgan, ularga qarshi M. qoʻshin tortib gʻalaba qilgan, ulardan Qubodiyonni tortib olgan (noyab.). 1704—06 yillarda Buxoro bilan Balx oʻrtasida Termiz uchun qattiq kurash ketgan. Unda dastlab M. ustun kelgan, 1704 yil sentabrda u Termizni egallagan. 1707 yil martda beklar fitnasi natijasida M. Muhammad Muqimxonni qatl ettirgan. Shu bahonada Ubay-dullaxon Balxga yurish qilgan (may), 1 oyga yaqin qamal qilib 27 mayda shaharni egallagan. M. Xiyobon darvozasi orq-ali qochgan. 1709 yil sentda M. Gʻur viloyatiga bosqin qilgan. Ubaydullaxon unga qarshi chora koʻra olmagan, bunga xonliqdagi beklar oʻrtasidagi ichki nizolar yoʻl qoʻymagan. 1711 yil M. mashhur shoir Mashrabii qatl ettirgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Axmedov B. A., Istoriko-geografi-cheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv., Pismennie pamyatniki, T., 1985; Istoriya Oʻzbekistana, t. 3, T., 1993; Materiali po istorii Sredney i Sentralnoy Azii X-XIX vv., T., 1988.

Faxriddin Hasanov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil