Xudo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xudo(forscha: خدا) — diniy sigʻinish va eʼtiqod qilishning obyekti sifatida namoyon boʻladigan ilohiy kuch; azaliylik va abadiylik, yaratuvchilik timsoli. Har bir dinda Xudo butun olamni yaratuvchi sifatida eʼtirof etiladi. Xudo turli taʼlimotlarda turlicha talqin qilinadi. Aslini olganda xudo nazariyasi aniq ilmiy asoslanmagan nazariya deyishadi.

Xudoni turli din va e'tiqodlarda turlicha atalishi :

Islom dini - Alloh

Xristian dini - Abba

Yahudiy dini - Yahve

Zardusht dini - Ahuramazda

Hinduiy dini - Brahma

Buddaviy dini - Brahma

Kaodaizm dini - Kao dai

Sintoizm dini - Amaterasu

Daosizm dini - Pan gu

Misr e'tiqodi - Ptax

Gretsiya e'tiqodi - Zevs

Italiya e'tiqodi - Yupiter

Slovyan e'tiqodi - Perun

Tangrichilik e'tiqodi - Tangri

Hanan va Finikiy e'tiqodi - Ba'l

va boshqa dinlar va e'tiqodlarda ham turlicha atalgan.

Xudoga eʼtiqod qilish, Xudodan qoʻrqish har qanday dinga xos.

Taʼrifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monoteistik dinlarda xudo olamning yaratuvchisi va hukmdori sifatida koʻriladi. Zamonaviy teologiyaga koʻra ilmiy metodlar bilan aniqlanmaydi. Yahudiylik va undan kelib chiqqan dinlarga koʻra xudo hamma narsaga qodir, hamma narsadan boxabar va mutlaq ezgudir. Xudoni bitta deb koʻruvchi dinlar monoteistik dinlar deb ataladi. Xudolar bir emas, bir nechta, deb hisoblovchi dinlar politeistik dinlar deyiladi. Xudo olamni yaratgan, lekin unga boshqa aralashmagan, payg'ambarlar, dinlar, kitoblar yubormagan, degan falsafiy qarash esa deizm deb nomlanadi. Xudoning borligiga ishonmaslik ateizm deb ataladi.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekcha xudo soʻzi forscha xodā (خدا) soʻzidan olingan boʻlib, u esa oʻz navbatida roman-german tillaridagi god, gott, gud (hammasi qadimiy olmon tilidagi *ǥuđándan kelib chiqqan) soʻzlari bilan oʻzakdoshdir.

Xudoning mavjudligi borasidagi bahs[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xudoning mavjudligi yoki emasligi haqida Oʻrta Asrlardan beri falsafiy munozaralar olib borilgan. Bunda ilk muammo shundaki, xudoning oʻzi kimligi va qandayligi, taʼrifi keskin aniq qilib tayinlanmagan. Xudo mavjud emas, deb fikrlovchi faylasuflar olamni anglashda unga hojat yoʻqligini uqtirishadi.

Xudo haqidagi tasavvurlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monoteistik qarashlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islomda xudo Alloh (arabchada اﷲ) deb nomlanadi. Bu soʻz Al-Iloh soʻzidan kelib chiqqan, bu yerda al- prefiksi arab tilidagi artikl, iloh esa „xudo“ deb tarjima qilinadi. Qur'onga koʻra Alloh yagona, abadiy, tugʻmagan va tugʻilmagandir hamda unga teng keladigani yoʻq[1].

Xristianlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xristian qarashlarga koʻra xudo yolgʻiz va yakka boʻlsa-da, oʻzini uch koʻrinishda namoyon etishi mumkin: Ilohiy Ota, Ilohiy O'g'il (Iso Masih) va Muqaddas Ruh (baʼzi manbalarga koʻra Ilohiy Muqaddas Ruh)[2].

Yahudiylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yahudiylikning muqaddas, deb hisoblanuvchi mil. avv. 3760 yilda yozilgan Tavrot kitobiga koʻra xudo yakkadir va u olamni yaratgandir. Bu monoteizmning boshlanishi deb qaraladi. Yahudiy xudosi Yahve (YHWH) deb ataladi.

Politeistik qarashlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi Rim va Yunon mifologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi Rim va Yunon mifologiyalariga koʻra xudolar koʻpdir, va ularning har biri biror tayin tabiy hodisa yoki osmon jismini ifoda etadi.

Hinduiylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vedalarga koʻra 33 xudo bor, lekin baʼzi hinduiy manbalarga koʻra ularning soni 3399 tadir.

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Al-Ixlos surasi, 1-4-oyatlar
  2. arxiv nusxasi, 2007-09-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-07-12

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Xudo haqida sahifa mavjud.