Hijoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

HijozSaudiya Arabistonining Shim.-Gʻarbida joylashgan tarixiy viloyat. H.ning asosiy shahriMakka johiliyat davrida ham Arabistonning savdo va madaniy markazi boʻlgan. 7-asrning boshlarida H.da Muhammad (sav) yangi dinislomni targʻib etib, musulmon jamoasiga asos soldi. Xalifalikning poytaxti Madina, Makka shahri qatorida H. musulmonlarning muqad-das ziyoratgoh joyiga aylangan. Xali-falik poytaxtni Suriyaga, soʻngra Iroqqa koʻchirsa ham, H. muqaddas shaharlar tufayli oʻzining mumtoz diniy ahamiyatini saqlab qolgan. Xalifalik parchalangach, H. turli musulmon davlatlari (Fotimiylar, Ayyubiylar, Mamluklar) tarkibiga kirgan. 1517 yil Misrni turklar bosib olgandan keyin H. muqaddas shaharlari bilan birga Usmoniylar imperiyasiga qoʻshib olingan. 181118 yilda Muhammad Ali posho boshchiligidagi Misr qoʻshinlari H.ni egallab olgan.

1840 yildan uni turk gubernatori boshqargan. 1916 yilda H.da turk hukmronligiga qarshi (Makka sharifi Husayn ibn Ali boshchiligida) qoʻzgʻolon boshlangan. 191225 yillarda H. nomigagina mustaqil qirollik boʻlgan. 1925 yilda Najd hokimi Ibn Saud H.ni egallab olgan. 1932 yildan H. Saudiya Arabistonining qirol noiblari boshqaradigan viloyatlardan biriga aylangan.