Xandaq jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xandaq jangi

Xandaq jangi — Muhammad tarafdorlari (3000 kishi) tomonidan Madinani makkaliklardan himoya qilish janglaridan (627 y.) biri. Makkaliklar rahbari Abu Sufyon 10 mingga yaqin askari bilan Madinani qamal qilgan. Sahobalardan biri eronlik Salmon alForsiy (655 y.v.e.)ning maslahatiga koʻra Muhammad paygʻambar shu paytgacha arablarga nomaʼlum boʻlgan, biroq forslarga maʼlum boʻlgan jang usullaridan biri — xandaq qazishga buyurgan. 3 haftalik qamaldan soʻng Abu Sufyon qoʻshini chekinishga majbur boʻlgan. Bu jang islom tarixida Xandaq jangi deb nom olgan.

Xandaq jangi (arab. — chuqur) - Muhammad rahbarliklaridagi musulmonlar bilan makkalik mushriklar oʻrtasidaga jang. 627 yilda makkaliklar rahbari Abu Sufyon 10 mingga yaqin askar bilan kelib Madinani qamal qiladi. Muhammad tarafdorlari Madina atrofiga Salmon al-Forisiy tavsiyasi bilan xandaq qazib, shaharni himoya etadi. 3 haftalik qamaldan keyin Abu Sufyon qoʻshinlari Madinani ololmay orqaga qaytadi, musulmonlar gʻolib chiqadi. Bu islom tarixida Xandaq jangi deb nom oladi.

Xandaq jangi haqida Qur’onda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahzob surasida bayon qilinga oyatlar.

  • 10. Oʻshanda ular sizlarning yuqori tomoningizdan xam, sizlardan quyiroq tomondan ham (bostirib) kelgan edilar. Oʻshanda koʻzlar tinib, yuraklar boʻgʻizlarga tiqilib qolgan va sizlar Alloh haqida (turli) gumonlar qila boshlagan edinglar.
  • 11. Ana oʻsha joyda moʻminlar (yana bir bor) imtihon qilindilar va (bu dahshatdan) qattiq larzaga tushdilar.
  • 12. Oʻshanda munofiqlar va dillarida maraz boʻlgan (yaʼni eʼtiqodlari zaif boʻlgan) kimsalar: „Alloh va Uning paygʻambari bizlarga faqat yolgʻon vaʼda qilgan ekanlar“, deya boshladilar.
  • 13. Oʻshanda ulardan bir toifa odam dedi: „Ey Yasrib (yaʼni Madina) ahli, sizlar uchun (bu qadar koʻp sonli yovga qarshi) turish imkoni yoʻqdir, bas (oʻz uylaringizga) qaytib ketinglar“. Ulardan yana bir guruh esa "Uylarimiz ochiqsochiq (qolgan edi), " deb paygʻambardan izn soʻrardilar. Holbuki (uylari) ochiq-sochiq emas edi. Ular faqat (jang maydonidan) qochishnigina istardilar.
  • 14. Agar ularning (munofiqlarning) ustiga (Madinaning turli) tomonlaridan (bostirib) kirilsa-da, soʻngra ulardan fitna (yaʼni musulmonlarga xiyonat qilish) talab qilinsa, shak-shubhasiz ular koʻp (ikkilanib) turmasdan (xiyonatga rozilik) bergan boʻlur edilar.
  • 15. Holbuki, ular ilgari ortga chekinmasliklari haqida Allohga axdu paymon bergan, Allohga berilgan ahdu paymon esa (qiyomat kunida) soʻralguvchi edi.
  • 16. (Ey Muhammad), ayting: "Agar sizlar oʻlishdan yo oʻldirilishdan qochsangizlar, bu qochish sizlarga biron foyda bermas, demak sizlar juda oz (yaʼni ajallaringiz yetguncha) foydalanursizlar, xolos.
  • 17. Ayting: „Agar Alloh sizlarga yomonlikni iroda qilsa, qay bir kimsa sizlarni undan asray olur, yoki U zot sizlarga marhamatni iroda qilsa (kim uni toʻsa olur)?!“ Ular oʻzlari uchun Allohdan oʻzga biron doʻst, biron yordamchi topa olmaslar.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahzob surasi Arxivlandi 2012-06-30 Wayback Machine saytida.