Ibrohim
Ibrohim | |
---|---|
ابراهيم | |
Unvoni | Halilulloh, Abul-Anbiyo |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
Kanʼon (hozirgi Gʻarbiy Sohil) |
Turmush oʻrtoq(lar)i |
Sora Hojar (misrlik joriya) |
Farzandlari | |
Ota-onasi |
|
Tanilgan sohasi | Ibrohim turli dinlarda: Yahudiylar xalqining anʼanaviy asoschisilaridan biri[1][2], Xristianlarning ruhiy ajdodi[3], asosan, Islom dini paygʻambari[4] |
Qarindoshlar |
Ibrohim (arabcha: ابراهيم) — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri, oʻzidan keyin oʻtgan barcha paygʻambarlarning bobokaloni, arablar va yahudiylarning umumiy ajdodi. Ibrohim (alayhissalom) to‘g‘risidagi qissa Qur'oni karimning ko‘pgina suralarida, jumladan, Baqara, Oli Imron, An'om, Tavba, Hud, Ibrohim, Hijr, Nahl, Maryam, Anbiyo, Haj, Shu'aro, Ankabut, Soffat, Zuxruf, Zoriyot va boshqa suralarda hikoya qilinadi. Ibrohim (alayhissalom)ning ismlari Qur'oni karimning yetmishga yaqin joyida zikr qilinadi. Ibrohim (alayhissalom)[5] Allohning chin doʻsti (halilulloh), imom, siddiq va hanif deb taʼriflanadi. Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida Avraam nomi bilan maʼlum.
Payg'ambarlik hayotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bobilda tavallud topgan. Hayoti davomida yolgʻiz Allohga ibodat qilganlar va o'z qavmini ham ana shunga daʼvat qilganlar. Ular bilan bahslashgan, ammo ishontira olmagach, qavmlari sigʻinib yurgan hamma butlarni sindirib tashlagan. Shu sababli qavmi u zotni yondirib yubormoqchi boʻladilar. Ammo Ibrohim (alayhissalom) Allohning irodasi bilan olovdan sogʻ-salomat chiqqanliklari Qurʼonda bayon qilingan.
Ajdod va avlodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qurʼonda aytilishicha, Alloh Ibrohim (alayhissalom) qariganlarida U zotga ikki farzand ato etgan. Bular Ismoil va Isʼhoq (alayhimussalom)lardir. Ismoil (alayhissalom) Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning katta bobosi, Isʼhoq (alayhissalom) esa Iso (alayhissalom) va undan avval oʻtgan paygʻambarlarning katta bobosidir. Makkai mukarramada Baytulloh (Allohning uyi)ning bunyod boʻlishi hamda islom arkonlarining besh farzi — haj qilish Ibrohim (alayhissalom)ga borib taqaladi. Kaʼba (Baytulloh)dagi "Ibrohim maqomi“ musulmonlar ziyoratgohidir. Diniy adabiyot yagona xudoga eʼtiqod qilish, qurbonlik uchun odam oʻrniga jonivor soʻyish va xatna qilish ham Ibrohim (alayhissalom) bilan bogʻliqdir.
Ibrohim (alayhissalom)ning nasablari Nuh (alayhissalom)ga borib taqaladi. Ibn Kasir o'z kitoblarida shunday keltiradilar: "Ibrohim ibn Tasaruh ibn Nohud ibn Sorug‘ ibn Ro'av ibn Folig‘ ibn Obir … ibn Som ibn Nuh (alayhissalom)".[6] Nuh (alayhissalom) bilan Ibrohim (alayhissalom) o‘rtalaridagi muddat 3000 yildan ziyodroqni tashkil etadi. Albatta, bu shunchaki taxmin bo'lib, aniq sana mavjud emas.
Yashagan joylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrohim (alayhissalom) Iroqning Bobil yerlarida dunyoga kelganlar. Ibn Kasir aytadilar: Ibn Asokir Ikrimadan rivoyat qiladilar: Ibrohim (alayhissalom)ning kunyalari «Abu Zoyfan» («Mehmonlar otasi») edi. Aytishadiki, otalari Tasoruhning yoshi ellik yettiga kirganda Ibrohim, Nohur va Horon ismli o‘g‘il ko‘radi. Bularning orasida Ibrohim (alayhissalom) o‘rtanchasi edilar. Tasoruhning Horon ismli o‘g‘lidan Lut (alayhissalom) dunyoga keldilar. Horon otasi hayotlik chog‘ida Kaldon yerida vafot etadi. Bu siyrat ahli va tarixchilar nazdida eng mashhur, sahih xabar hisoblanadi.
Ba'zi manbalarda Ibrohim (alayhissalom) Damashqning G‘uta vodiysida tug‘ilganliklari aytilgan. So‘ngra Ibrohim o‘z otalari bilan Kaldondan Kan'onga hijrat qiladilar. Shundan keyin Horonda qo‘nim topadilar, u yerda Horon podshohining qizi Soraga uylanadilar. Bu qavm yulduzlarga sig‘inar edi. Manbalarda Ibrohim (alayhissalom)ning 175 yil umr koʻrganliklari, oʻgʻillari uni Madinatul Xalil (G'arbiy sohil, Falastin)ga dafn etganligi yozilgan. Bu qabr hozirda ziyoratgoh hisoblanadi[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Levenson 2012, s. 3.
- ↑ Mendes-Flohr 2005.
- ↑ Levenson 2012, s. 6.
- ↑ Levenson 2012, s. 8.
- ↑ Alayhissalom - Islomda payg'ambarlarga hurmat yuzasidan ishlatiluvchi so'z
- ↑ «Al-Bidoya van-nihoya», Birinchi jildning 15-sahifasi.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |