Kontent qismiga oʻtish

Oʻsh uyezdi

Koordinatalari: 40°32′52″N 72°47′09″E / 40.54778°N 72.78583°E / 40.54778; 72.78583
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻsh uyezdi
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
40°32′52″N 72°47′09″E / 40.54778°N 72.78583°E / 40.54778; 72.78583
Mamlakat Rossiya imperiyasi
viloyat Oʻsh viloyati
Asos solingan 1876
Maydon 252,527 verst ([convert: unknown unit])
Aholisi
 (1896)
25 252,7 verst
Vaqt mintaqasi UTC+6
[[File:|290px|Oʻsh uyezdi xaritada]]
Oʻsh uyezdi
Oʻsh uyezdi

Oʻsh uyezdi – Turkiston general-gubernatorligi Fargʻona viloyatining maʼmuriy-xududiy birligi. Maʼmuriy markazi – Oʻsh shahri.

Fedchenko
Severtsov
Grumm-Grjimaylo

Qoʻqon xonligi Rossiya imperiyasiga qoʻshilgandan va Fargʻona viloyati tashkil etilgandan soʻng uyezd 1876 yili tashkil etilgan. Oʻsh uyezdi Turkiston general-gubernatorining 6 fevral 1876 yildagi buyrugʻi bilan tashkil etilgan. Oʻsh uyezdi markazi Oʻsh shahri, maydoni 25 253 verst, aholisi 59 760 odam, shu jumladan Oʻsh shahrida 1881 yili 3 950 odam 1049 uy xoʻjaligida yashagan, 1912 yili esa 45 mingdan oshiq, shu jumladan 900 taga yaqin rus. 1897 yili Oʻsh uyezdida 161 640 odam yashagan, shu jumladan, Oʻsh shahrida 34 157 odam. 1 yanvar 1910 yil holatiga Oʻsh uyezdida 193 382 odam yashagan. Oʻsh uyezdida 6 ta volost va 50 oqsoqollik boʻlgan.

Oʻsh shahrini maʼmuriy boshqarish rus armiyasi ofitseri, uyezd boshligʻi zimmasiga yuklatilgan. Uni Fargʻona viloyati harbiy gubernatori tayinlardi. Uyezd boshligʻi bir vaqtda bir qancha vazifalarni bajargan: shahar rahbari, sudya, polits­iya boshligʻi, tuman boshligʻi, shahar hokimiyati, soliq raisi, kasalxona qoʻmitasi, uyezd va shahar jamoat sogʻliqni saqlash qoʻmitasi, gʻaznaxona har oy tekshiruvchisi, qamoqxona boʻlimi raisi va boshqalar. 1912 yilga kelib uyezd va shahar hokimiyati idoralari tarkiban oʻsdi. Bular rus armiyasi ofitserlari (polkovnik va podpolkovnik) uyezd boshligʻi va uning yordamchisi, ular bir vaqt oʻzida shaharni ham boshqarishgan, uyezd shifokorlari va yer oʻlchovchi mutaxassis, shahar arxitektori, uchastka noziri va poli­tsiya boshligʻi, qamoqxona boshligʻi, sudyalar va boshqalar. Asta-sekin Oʻsh shahriga har xil mutaxassislar va amaldorlar kela boshladi – Topornin S. A. – 10 Turkiston oʻqchilar bataloni (rus harbiylari Oʻsh garnizoni) qoʻmondoni, Popov I. I. – uyezd yer oʻlchovchisi, Tomashevskiy G. R. – qurilish boshqarmasi muhandisi, Kondratyev N. N.- Oʻsh kasalxonasi birinchi boshligʻi, Glushkov P.Ya.- uyezd veterinariya vrachi, Orlov V. F. – rus-tuzem maktabi mudiri, Yassinskiy Ye. I.- katta tibbiy feldsher, Prixodko B. F. – Oʻsh oʻrmonchiligi noziri, Larionov P. – Oʻsh uyezdi boshligʻi yordamchisi. Har xil vaqtlarda shahar hukumati deputatlari va nomzodlari – Romanenko A. F., Artemyev I, Olifin L. I., Popov A. G., Grechkin N. A. va boshqalar boʻlishgan. Shahardagi tartibni politsiya mirshablari – Chikunov A. I., Mushtin A. N., Shpilevskiy A., Grexov N., Markov V., Ribalchenko F. G. va boshqalar nazorat qilishgan. Bu yerdan Markaziy Osiyo va Pomir xududlarini oʻrganish uchun koʻplab ilmiy ekspeditsiyalar boshlangan. Ularni taniqli rus olimlari: Fedchenko A. P., Oshanin V. F., Mushketov I. V., Severtsov N. A., Ivanov D. A., Grumm-Grjimaylo, Grombchevskiy B. L., Kostenko L. F., Zaytsev V. N., Korjenevskiy N. L. va boshqalar boshqarishgan. Shahar xoʻjaligini deputatlar ishtirokida uyezd boshligʻi boshqargan. Shahar kirimi 30 800 rublni tashkil etgan.

Podsho maʼmuriyatidan tashqari mahalliy aholi vakillaridan iborat tuzem maʼmuriyati ham faoliyat koʻrsatgan.

Oʻsh shahri togʻ oldi vohasi etagida joylashgan, u yerda qadimdan odamlar yashab kelgan. Sulaymon togʻi janub yon bagʻrida bronza asri vaqti odamlar yashash joyi topilgan. Oʻsh Qirgʻizistonning qadimiy joylaridan biri, hozir shahar tarixi 3 ming yilga ega deb rasman taklif etilgan.[1] X asrda Oʻsh Fargʻona vodiysining uchinchi yirik shahri hisoblangan. Hindiston va Xitoydan Yevropaga ketayotgan karvon yoʻllardagi kesishish nuqtasida joylashgan (qarang Buyuk ipak yoʻli). Oʻsh Markaziy Osiyoning musulmon markazlaridan biri hisoblanadi.[2] Shahar markazida joylashgan qadimiy masjidlari va shuningdek Sulaymon togʻi bilan mashhur.

Oʻsh uyezdi Fargʻona viloyatining eng katta uyezdi boʻlgan va janub qismini egallagan. Gʻarbda Buxoro amirligi bilan, sharqda Xitoy bilan chegaradosh boʻlgan. Uyezd Pomir-Oloy togʻ tizimi xududida joylashgan.

Maʼmuriy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uyezd 1876 yili tuzilganda 3 ta volostga boʻlingan[3]:

1881 yili uyezdda 6 ta volost boʻlgan[3].

1903 yili uyezdda 11 ta volost boʻlgan[4]:

Oʻsh shahar gerbi 1908-yil

Oʻsh shahar gerbi 22 oktabr 1908 yili tasdiqlangan[5]

«В червленом щите серебряная вершина горы, сопровождаемая сверху золотым полумесяцем рогами вверх. В нижней оконечности щита две золотые воловьи головы с червлеными глазами. В вольной части щита герб Ферганской области. Щит украшен серебряною башенною короною о трёх зубцах и окружён двумя виноградными лозами, соединёнными Александровской лентою».

{{{Manba}}}

Sulaymon togʻi koʻlankasi Oʻsh gerbining markaziy joyini egallaydi. Togʻ koʻlankasi ustida quyosh va undan chiqqan nurlar, butun rasm koʻk rangdagi qirgʻiz bezagi va pastki qismda „Oʻsh“ yozuvi bilan bezatilgan[6].

1896 yili uyezdda 105 032 odam yashagan. Aholini asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etgan. Shahar rus va tuzem ikki qismdan iborat boʻlgan. Rus qismi Oqbura daryosi boʻylab hozirgi Oʻsh viloyati hokimligi binosi, pravoslav cherkovi, Toʻqtagʻul bogʻi va Dam olish uyi tepa qismida joylashgan.

Oʻsh shahrining aholisi 1910 yildagi statistik maʼlumotlariga asosan 44 204 odamni tuzgan (23 170 erkak, 21 034 ayol): oʻzbeklar – 38 646, qirgʻizlar – 7, uygʻurlar – 500, qoraqalpoqlar – 1 606, dungonlar – 126, tatarlar – 45, qoraqirgʻizlar – 8, tojiklar – 198, forslar – 5, hindlar – 3, loʻlilar – 12, armanlar – 20, afgʻonlar – 5, yevreylar – 33, boshqa millatlar – 51. Uylar – 6 254 (rus qismida 100 ta, tuzem qismida 6 154 ta. Mixail-Arxangel pravoslav cherkovi. Masjidlar – 154, mozorlar – 7, cherkov maktabi, erkaklar maktabi – 20, ayollar maktabi – 12, madrasalar – 5, korxonalar – 8, shahar kasalxonasi 15 ta karavotga, mahalliy harbiy kasalxona, 10 Turkiston bataloni qoshidagi harbiy yigʻilish.

Qishloq xoʻjaligi uyezdning faqat shimoliy-gʻarbiy qismida rivojlangan edi. Asosiy haydaladigan ekinlar qishqi va bahorgi bugʻdoy, arpa, tariq, guruch, paxta edi. Terini, yogʻochni, temirni va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash kichik hunarmandchilik korxonalari va kasb ishxonalari soni oʻsdi (faqat abjuvoz va moyjuvozlar 850 ta edi). 1908 yili Oʻshda 441 ta sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatgan, ishchilar soni – 616 ta.

Nikolay Korjenevskiy

Oʻshda energetika tuzila boshladi. 1913 yili Yangi shahar qismida Yakkalik arigʻida kichik GES qurildi, unga 240 ot kuchiga ega „Frensis“ gidroturbinalari va 55 kVt lik doimiy tok generatori oʻrnatilgan. Elektroenergiya tegirmonga kelardi va rus boylarini uylarini yoritardi. 1914-1916 yillari „Shimonek“ firmasi va muhandis Lebedov tomonidan Oqbura daryosi oʻrganib chiqildi va quvvati 4500 ot kuchiga ega ikkinchi GES loyihasi tayyorlandi. Ikkinchi GES Eski shaharda qurildi va eski shahar boylarining uylariga va doʻkonlariga yorugʻlik berardi.

Rus ofitseri Korjenevskiy N. L. 1902 yili Oʻsh va Jalolobod oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqa uchun ikkita geliotelegraf stantsiyasi ishlab chiqdi va oʻrnatdi.

1914 yili Oʻsh shahrida-pivzavod, 2 valikli tegirmon, 2 ichak tozalash, 2 teri koʻnchilik, 2 paxta tozalash korxonalari bor edi. „Zinger“ boʻlinmasi agentlari orqali Oʻsh uyezdi va shahar aholisiga tikuv mashinalarini muvaffaqiyatli sotdi. Oʻshda jun va boshqa chorva xom-ashyosini sotib olishda G. V. Dyurshmidt nemis firmasi va „Stuken va Ko“ firmasi, janubiy Qirgʻiziston oʻrmonlaridagi yongʻoq xom ashyosini tayyorlash va chet elga olib ketishni bir fransuz firmasi olib bordi. Ipak yigiruv sanoati xom ashyosi boʻlgan ipak qurtini „Bauer“ va „Aka-uka Kolombinilar“ italyan va fransuz firmalari sotib olishdi. „Katta Yaroslav manufakturasi“, „Aka-uka Shlossberglar“ va boshqa rus korxonalari paxtanii sotib oldi va uni birlamchi qayta ishlab, Rossiya toʻqimachilik korxonalariga olib ketishdi. Ruslarga Oʻsh gospitali, mahalliy aholiga tuzem kasalxonasi faoliyat koʻrsatardi, keyinchalik butun aholiga xizmat koʻrsatadigan shahar kasalxonasi qurildi. Katta sanitar-profilaktika ishlari, chechak va moxov bilan kurash olib borildi. Veterinariya xizmati va ob-havo stantsiyasi tashkil etildi.

Kinoteatr A. K. Apostolovga tegishli edi. Shaharni elektrlashtirishni va telefonlashtirishni T. G. Dryaxlov, „Pilzen pivosi“ni ishlab chiqaradigan pivo korxonasining egasi A.Yu. Moneta, Oqburadagi tegirmon egasi S. M. Sukorkina, ichak tozalash korxonasining egasi va quruvchi I. D. Shustov va boshqalar boshlashgan. Sanoat hunarmandchilik belgilariga ega edi. Qirgʻizlarning asosiy hunari koʻchmanchi chorvachilik boʻlgan.

Asr boshida oʻlkadagi eng katta boʻlgan Oʻsh bozorida 1300 savdo nuqtalari mavjud boʻlgan. Savdo firmalari va savdo-sanoat firmalari faoliyat koʻrsatgan. Savdo bilan Oʻshda Davidov, Yepifanov, Pryadko, oziq-ovqat bilan D. L. Filatov va N.Ya. Pu­gasov; gilamlar bilan – Rahmonberdi Madazimov, A. Raxmatul­layev, A. Vaxobov, X. Ho­jiyev; sanoat mahsulotlari bilan D. Shukin, S. Vadyayev, Sh. X. Abra­su­m; hom-ashyo, chorva bilan-M. Soli­boyev, S. Abdrasulov shugʻullanishgan (TsGA RUz. -F. I. 19. Op.1. D.2504. L.13-27; D.17054. L.2-3; OOGAPD. -F.50. Op.1. D.41. L.4; D.71. L.7,7 obr.). Birinchi mehmonxonani Taranin P. M. ochgan. XX asr boshlarida rus ishbilarmoni D. I. Pavlov „Moskva“ mehmonxonasini qurdi va uchta restoranga egalik qilgan.

Xalq taʼlimi tizimi va Oʻsh uyezdida rus-tuzem maktabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻsh shahar katta oqsoqollari va mingboshilari Sulton va Qudrat Toirboyevlar[7] Oʻsh shahrida rus-tuzem maktabini ochish tashabbuskorlari boʻlishgan. Shu bilan birga rus-tuzem maktabini ochish uchun ular pul mablagʻlarini berishdi. Oʻsh uyezdi rahbarlari mahalliy aholi maktabga ketadigan harajatlar uchun pul mablagʻlarini berishi, tuzem aholisi yoshlarni rus tilini oʻrganishi kerakligini tushunishayotgani bilan izohladi. Rus-tuzem maktablari – Turkiston oʻlkasi rus maʼmuriyati tomonidan ochilgan boshlangʻich taʼlim maktablari edi. Bu maktablarning maqsadi mahalliy aholi yosh farzandlarini rus tiliga oʻqitish, jahon va rus madaniyati bilan tanishtirish, oʻlka maʼmuriyatining eng quyi pogʻonalariga amaldorlar tayyorlashdan iborat edi[8]. Ushbu rus-tuzem maktablarida rus tiliga oʻrgatish birinchi oʻquv yilidan boshlanardi.

15 yanvar 1887 yili Oʻsh shahar katta oqsoqollari va mingboshilari Sulton va Qudrat Toirboyevlar[7] Oʻsh uyezdi boshligʻi M.Ye. Ionov va Turkiston oʻlkasi rahbarlari yordamida, Oʻshda rus-tuzem maktabini ochishdi. Maktabda oʻsha vaqtda: mudir Orlov V. F., 2 ta ayol oʻqituvchi, muslim savodxonligi oʻqituvchisi B. S. Sultonov va bir amaldor ishlashardi. Ushbu maktab faqat boshlangʻich taʼlim asoslarini oʻqitgan edi. 1915 yili mahalliy rus-tuzem maktabi sinflar va oʻqituvchilar sonini oshirdi. Agarda oldin bitta sinf oʻqitilgan boʻlsa, yanvar oyidan boshlab Turkiston oʻlkasi general-gubernatori roziligi bilan qoʻshimcha ikkinchi sinf ochildi va yana bitta oʻqituvchi Joʻraxon Zaynobiddinov ishga olindi. Uyezd boshligʻi maktab binosini kengaytirish uchun 740 rubl 39 tiyin ajratib berdi. Keyinchalik ushbu maktab oktyabr 25-yilligi deb nomlandi. Oʻqituvchi Boltihoji Sultonov rus-tuzem maktabida kutubxona tashkil etdi[9]. Ushbu kutubxona inqilobdan oldin Janubiy Qirgʻizistonda birinchi kutubxona boʻlgan. Shuningdek Oʻshda Jadidchilik maktabi ochilgan unda Boltihoji Sultonov va sayohatchi va inqilobchi Fozilbek Qosimbekov ishlashgan.

Teatr binosi – Oʻsh shahri Lenin koʻchasi, 326

1914 yili Rahmonberdi Madazimov rahbarligida Oʻsh shahrida rus-tuzem maktabi oʻqituvchilari Boltihoji Sultonov va Joʻraxon Zaynobiddinov bilan birgalikda teatr toʻgaragi tashkil etilgan[10].

1918 yili Mirzo Rahmonberdi hoji Muhammadaʼzim aʼlam oʻgʻli (Madazimov) rahbarligida Ibrohim Musaboyev, Beknazar Nazarov, Joʻraxon Zaynobiddinov, Nazirxon Kamolov, A.Saidov, A.Eshonxonov, Abduqodir Isxoqov, Isroiljon Ismoilov, Jalil Sobitovlar bilan birga Qirgʻizistonda birinchi boʻlib musulmon aktyorlardan iborat Turkiston fronti harbiy kengashi qoshidagi konsert brigadasi negizida Oʻshda havaskor teatr toʻgaragini tuzgan. Rahmonberdi Madazimov Qirgʻizistondagi mahalliy musulmon teatr harakatining birinchi asoschisi va Oʻshdagi oʻzbek teatrining birinchi badiiy rahbari va asoschisi boʻlgan. 1919 yili teatr toʻgaragi teatr drama truppasiga aylantirilgan. Ushbu truppa Qirgʻizistonning janubida nafaqat teatr sanʼatini, balkim professional musiqa sanʼatining rivojlanishiga ham yuksak hissa qoʻshgan[11]. Chunki truppaning repertuarida drama asarlaridan tashqari, koʻplab konsert dasturlari namoyish etilardi, shuningdek musiqali spektakllar qoʻyilardi, bu professional musiqachilar yetishib chiqishiga alohida bosqich boʻldi. Teatr truppasi Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrini tuzishga asos boʻlgan.

Ushbu teatr Toshkentdagi Hamza nomli Oʻzbek milliy akademik drama teatridan (1913-27 fevral 1914 yillari tuzilgan) keyin Markaziy Osiyodagi eng keksa teatrdir. Rahmonberdi hoji Madazimov teatr truppasi bilan Oʻshning barcha tumanlarini aylanib, konsert va spektakllar qoʻyib chiqdi va bosmachilikka sanʼat quroli orqali kurash olib bordi. Tumanlarda spektakllar, konsertlar qoʻyib, bosmachilarni joylashgan erlarini va ularni yashirib qoʻygan qurol-yarogʻlardan xabar topib, oʻzining qudasi, Oʻsh shahar militsiyasining asoschisi va birinchi boshligʻi Boltihoji Sultonov bilan birga bosmachilarni tor-mor etishda faol ishtirok etdi. Bosmachilar joylashgan tumanlardan qizillarni qurol-yarogʻlarini aravasiga yashirib oʻtkazgan va qizillarni qurol-yarogʻ bilan taʼminlagan.

Oʻsh uyezdi Sovet hokimiyati davrida (1918-1924 yillar)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻsh uyezdida Sovet hokimiyatini oʻrnatish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1917 yil may oyining oxirlarida Oʻsh shahrida RSDRPning legal guruhi tashkil etildi. Unga A. G. Anoshin, B. S. Sultonov, Q. Qobuljonov, M. Sarimsoqovlar kirgan. 1918 yil avgust oyigacha Oʻsh shahar bolsheviklar partiya tashkilotida 26 ta kishi bor edi xolos. Fargʻona viloyati Kengashlarining 6 sʼyezdidan (6-7 dekabr 1917 yil) keyin uyezdlardagi hokimiyat Kengashlarga oʻtishi boshlandi va Oʻsh shahrida hokimiyat Kengashga oʻtgani eʼlon qilindi. Oʻsh musulmonlar va chorikorlar deputatlari Kengashi Oʻsh uyezdi Kengashiga asosiy ovozga ega huquqi bilan oʻzining uchta vakilini kiritdi: B. S. Sultonov, U. Qosimxonov, Yu. Aliyev. Ushbu Kengashning qarori bilan ular mahalliy aholi deputatlari deb tan olindi. 17 yanvar 1918 yili Oʻsh uyezdi Kengashi qayta saylandi va bolsheviklashtirildi va u uyezdda proletariat diktaturasi organi boʻlib qoldi. Oʻsh uyezdi Kengashi rahbarligida bolsheviklar A. G. Anoshin (Oʻshdagi bolsheviklar tashkilotining birinchi raisi), oʻrinbosarlari B. S. Sultonov, Yu. Aliyevlar boʻlishgan. Sovetlashtirish jarayoni oʻlka Kengashlarini 5 sʼyezdi tarafidan tasdiqlandi va 30 aprel 1918 yili Turkiston ASSR tuzilgani xaqida eʼlon qilindi, uning tarkibiga Qirgʻiziston janubi ham kirdi. Sʼyezd ishida Oʻsh uyezdi Kengashi delegatlari-bolsheviklar A. G. Anoshin, B. S. Sultonov, L. N. Grechaninovlar qatnashishdi. 5 dekabr 1918 yili Oʻsh uyezdi Kengashi uyezd-shahar revolyutsiya qoʻmitasi boʻlib qayta tuzildi.

Oʻsh uyezdida militsiyani tashkil etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Boltihoji Sultonov – Qirgʻiziston militsiyasining asoschisi va uyushtiruvchisi

1918 yil yanvar oyi oxirida Oʻsh uyezd-shahar militsiyasini tashkil etish uchun harbiy komissiya tuzildi. 5 fevral 1918 yili ushbu komissiyaning kantselyariyasida xalq militsiyasini tuzish va xalqdan musodara qilingan qurollarni militsiyaga berishga bagʻishlangan Oʻshdagi jamoat tashkilotlarining qoʻshma yigʻilishi boʻldi. Oʻshdagi partiya tashkiloti oʻzining eng yaxshi vakillarini tashkil etilayotgan militsiyaga yubordi. Oʻsh militsiyasining birinchi boshligʻi boʻlib bolshevik Boltihoji Sultonov tayinlandi. Oʻsh uyezdi militsiyasini tuzishda Boltihoji Sultonovning ukasi Nasrullo Sultonov (Oʻshning birinchi militsionerlaridan) ham faol ishtirok etdi[12]. U Oʻzbekiston ichki ishlar vazirining oʻrinbosari boʻlib ishlagan Muxtor Nasrullayevich Sultonovning otasi boʻlgan. Sovet hokimiyati oʻrnatilayotgan davrda militsiya proletariat diktaturasi organi boʻlib qoldi. Qizil armiya tuzilgunga qadar revolyutsiya himoyasida turdi va targʻibot-tashviqot, siyosiy-tarbiyaviy ishlarni olib bordi, militsiya xodimlari qishloq va volost revkomlari va musulmon xalqi orasida gazetalarni tarqatdi. Fuqarolik urushi va bosmachilik bilan kurash davrida militsiya vazifasini bajargan oʻz-oʻzini himoya qilish otryadlari tuzildi. Bosmachilik bilan kurashda Oʻsh shahar militsiyasining, keyinchalik uyezd tergov komissiyasining boshligʻi B. S. Sultonov katta xizmat koʻrsatdi.

Oʻsh uyezdi militsiyasi tuzilganda, militsiya xodimlari yetishmagan faqat 75 % taʼminlangan, undan 80 % bilimga emas edi. Transport, kriminalistik texnikalari boʻlmagan, faqat miltiqlar bilan qurollangan (TsGA KR. F.1428.op.1.d.23.l.23). Oʻsh uyezdi jinoiy qidiruv boʻlimida 1920 yil 1 yanvar holatiga 21 ta xodim ishlagan xolos.

Konstantin Ivanovich Monstrov

1918 yil iyunida bolsheviklar partiya tashkiloti rahbarlari Anoshin A. G. va Sultonov B. S. boshchiligida Oʻshda 70 ta kishidan iborat Qizil gvardiya otryadi tuziladi. Keyinchalik 1919 yil iyulida otryadda 160 kishi boʻladi. Otryad tartibni oʻrnatib, aholini non va oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminladi.

1918 yil iyulida bosmachilar Oʻshni egallashga urinishdi. Lekin shaharni himoya qilayotgan 1-Fargʻona polkining 70 ta askari shahar aholisi yordamida Andijon harbiy qismdan yordam kelguncha shaharni himoya qila oldi. 8 sentyabr 1919 yili qurboshi Madaminbek va K.Monstrov bandalari Oʻsh va Jalolobodni egallashga muvaffaq boʻlishdi va Andijonga harbiy yurishni boshlashdi. 1919 yil 26 sentyabrda Oʻsh bosmachilardan ozod etildi.

Sentyabr 1919 yili Boltihoji Sultonov Oʻshga bostirib kirgan bosmachilar tomonidan fojiali ravishda oʻldirildi va Oʻshdagi sovet hokimiyatini oʻrnatish uchun halok boʻlganlar qabriga birinchi boʻlib dafn etilgan. Qabri Oʻsh shahar markaziy skverida madaniyat uyini (hozirgi rus cherkovi), Oʻsh viloyati va Oʻsh shahar hokimliklari binolarini oldida joylashgan. Qabrda memorial doska, yulduz oʻrnatilgan va qora plitada doimiy olov yonib turadi. Bronzadan „Sovet hokimiyati uchun kurashda halok boʻlganlarga shon-sharaflar“ degan soʻzlar yozilgan. „Doimiy olov“ memorial majmuasida 1919-1926 yillari mobaynida halok boʻlgan Qizil armiya askarlari koʻmilgan. Ular: Boltihoji Sultonov, Fozilbek Qosimbekov, Boltixon Bobojonov, Otabek Tillaboyev, Qoʻziboy Ahmedov, Ahmadjon Yusupjonov, Valeriy Bessonov, Pyotr Pavlenko, Leontiy Lavoda, Aleksandr Ponomarenko. Koʻmilganlar soni 100 ga yaqin marxumlarni tashkil etadi[13].

Sovet hokimiyati davrida Janubiy Qirgʻiziston Oʻsh uyezdida тaʼlim soxasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻsh uyezdi boshligʻi oʻrinbosari Boltihoji Sultonov oʻqituvchi edi, shuning uchun janubiy Qirgʻizistonda xalq taʼlimini rivojlantirishga, maktablar tizimini yaratishga katta eʼtibor bergan. Oʻsh viloyati xalq taʼlimi rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. 20 may 1918 yili u Oʻshda xalq taʼlimi kengashi tuzilishida faol ishtirok etdi. Uning bevosita ishtirokida 1918 yil avgustida 95 ta kichkintoyga moʻljallangan bogʻcha ochildi, 1918 yili Oʻsh uyezdida 13 ta maktab ochildi, u yerda 939 ta bola bilim olardi[14].

Oʻsh uyezdini tugatilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oktyabr 1924 yili Turkiston ASSR tugatildi. Natijada Oʻsh uyezdi xududida Qora-Qirgʻiz avtonom viloyati tarkibiga kiruvchi Osh okrugi, soʻngra Osh kantoni, 1939-yili esa Oʻsh viloyati tuzildi.

Oʻsh uyezdi boshliqlari (1876-1924 yillar)[15]

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rus podshosi davrida Oʻsh uyezdiga rahbarlik qilishdi:

Ionov Mixail Yefremovich
Grombchevskiy Bronislav Lyudvigovich
  • 1876-1888 yillar – kapitan Ionov Mixail Yefremovich keyinchalik rus armiyasi general-mayori boʻlgan (OOGAPD. -F. 50. Op. 1. D. 115-asr L.25).
  • 1889-1892 yillar – podpolkovnik A. N. Deybner (OOGAPD. -F. 50. Op. 1. D. 34. L.1; D.113. L.7,10).
  • 1893-1895 yillar – podpolkovnik Grombchevskiy Bronislav Lyudvigovich keyinchalik rus armiyasi general-mayori boʻlgan (TsGA RUz. -F. I. 19. Op. 1. D.24150. L.1-2; D.13587. L.34-35; OOGAPD. -F. 50. Op. 1. D. 71. L.3; D.112. L.21).
  • 1895-mart 1906 yillar – polkovnik V. N. Zaytsev (TsGA RUz. -F. I. 19. Op. 1. D. 25044.L.13, 27; OOGAPD. -F. 50. Op. 1. D. 33. L.5,17; D.42. L.1)
  • mart 1906-1915 yillar – polkovnik A. A. Alekseyev (OOGAPD. -F. 50. Op. 1. D. 4. L. 7)
  • 1916 yil uyezd boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajargan podpolkovnik N. Gorodvin­skiy (tam je. D. 114-asr -L.18).
  • 1916-1917 yillar – polkovnik V. V. Brje­zitskiy (TsGA KR. F.2. Op. 3. D.8. L.5).

Podsho maʼmuriyatidan tashqari, mahalliy aholidan iborat tuzem maʼmuriyati ham faoliyat koʻrsatgan.

Oktyabr inqilobidan keyin Oʻsh uyezdiga bolsheviklar rahbarlik qilishdi:

Qosimbekov Sanjar Fozilbekovich. 1920-yil
Chapdan oʻngga ikkinchi oʻtiribdi – Toʻraqulov Qodir Toʻraqulovich Toshkent, 1927-yil
  • 1922-may 1923 yil – Shlyushkin UGK masʼul kotibi.
  • may 1923-avgust 1923 yil – Maxsumov Bahodir Baxoviddinovich (1903) UGK masʼul kotibi
  • sentyabr 1923-noyabr 1923 yil – Vantal, masʼul kotib
  • sentyabr 1924-oktabr 1924 yil – Medvedev, masʼul kotib
  • 1920-1921 yillar – Alifboyev Arslon (1897) UGK raisi
  • 1922-sentyabr 1923 yil – Saltanayev J. UIK raisi
  • sentyabr 1923 yil-1924 yil – Toʻraqulov Qodir Toʻraqulovich (1900-1960) Oʻsh uyezd-shahar inqilob qoʻmitasi raisi (Toʻraqulov Nazir Toʻraqulovichni ukasi boʻlgan).
  1. City Life, 2014-08-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-12-20
  2. Goroda Kirgizstana-Bishkek, Osh, Talas, Djalal-Abad na russkom yazike, 2013-02-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-12-20
  3. 3,0 3,1 Gorod Osh v nachale XX veka (po materialam russkoyazichnix istochnikov), 2015-09-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-12-19
  4. Materiali dlya statisticheskogo opisaniya Ferganskoy oblasti: rezultati pozemelno-podatnix rabot. Vip. 5. Oshskiy uyezd, 1911 g., 2015-10-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-12-19
  5. Na sayte „Rossiyskie sootechestvenniki Issik-Kulya“
  6. Oʻsh uyezdi gerbi „Geraldikum“ saytida
  7. 7,0 7,1 7,2 Pismo nachalniku Oshskogo uezda V.N.Zaysovu ot jiteley g. Osh i vsego Oshskogo uezda, 2015-12-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-12-19
  8. Russko-tuzemnie shkoli slujili sblijeniyu tuzemsev s russkim naseleniem, 2015-12-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-12-19
  9. Pamyati „Pervoy lastochki“
  10. Osh stareyshiy teatr respubliki otmetil svoyo 95-letie
  11. Oni stoyali u istokov, 2015-02-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-03
  12. Qirgʻiz militsiyasi (Qirgʻiz Vikipediyasidan material)[sayt ishlamaydi]
  13. Chitatelnitsa jaluetsya, chto na bratskoy mogile memorialnogo kompleksa Vechniy ogon v Oshe ustraivayutsya uveselitelnie meropriyatiya‎
  14. Biografii znamenitostey
  15. Tsentraziya Ensiklopedicheskie dannie, 2015-12-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-12-19