Arava

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arava, aroba — yuk va odam tashishga moʻljallangan, ulov qoʻshib ishlatiladi-gan qadimgi transport turi. A. shoti (ara-vashoti), tegarchik (gʻildirak) va oʻq kabi asosiy qismlardan tuzilgan. Shoti 4,5 m cha uzunlikdagi ikkita otyogʻoch (otliq), 8 ta pogona, ikki soʻloq va aygʻizdan ibo-rat. Otyogʻochlar mirza-terakdan ishlanadi. Shoti (oraligʻi 70 — 80 sm) uchlarida ot boʻyinchasini mahkamlashga xizmat qiladigan bittadan teshiklari boʻladi. Tegarchik (gʻildirak) gupchak, toʻgʻin, kegay, bellik, aravatemir, aravamix va yostiq kabi qismlardan iborat. Aravatemir, aravamixlar temirdan, boshqa qismlar qayragʻochning chayir turi (bujun)dan yasaladi. Oʻq — yoʻgʻonligi 40 sm, 2,5 m uzunlikdagi silliqlangan yogʻoch boʻlib, ikki uchi tegarchik gupchagiga kiritiladi va ustiga aravashoti mindiriladi. Yurganda shoti jilib ketmasligi uchun uning ostiga soʻloq oʻrnatiladi. A.lar ikki, uch va toʻrt gʻildirakli boʻladi. Qoʻshiladigan ulovga koʻra, ot A., tuya A., hoʻkiz A., eshak A. kabi xillari farqda-nadi. Baʼzi Sharq mamlakatlari (Bir-ma, Vetnam, Hindiston)da odam (rik-sha) tortadigan ikki gʻildirakli A.lar ham bor. Shakli va tuzilishiga koʻra, ochiq A., soyabonli A., agʻdarma A., katta gʻildirakli qoʻqon A., kichik gʻildirakli koʻtak A. va boshqa xillari bor. Xorazm A.lari shaklan boshqacharoq boʻlgani uchun xorazmcha A. deyiladi. A.ning ilk namunalari miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiriga toʻgʻri keladi. Yevrosiyo va Shimoliy Afrika hududlaridan A. tasvirlari koʻplab topilgan. Jan-govar A.lar qadimgi Sharq davlatlari — Bobil, Xitoy, Hindiston va boshqa mam-lakat qoʻshinlarida boʻlgan. Qadimgi hind qahramonlik eposi „Mahabharata“ (miloddan avvalgi 10 — 8-asrlar)da bayon qilinishicha, Shimoliy va Janubiy Hindiston xalqlari ishtirok etgan buyuk jangda jangovar A.larda jang qilingan. Aleksandr (Is-kandar Zulqarnayn) ham oʻz yurishlarida A.dan keng foydalangan. Misrliklar ikki gʻildirakli bir kishilik A.larda urushishgan. Oʻzbekiston hududidan so-poldan ishlangan toʻrt gʻildirakli (Ol-tintepa qadimgi shahar harobasi, miloddan avvalgi 4-ming yillik — 2-ming yilliklar), quyma oltindan moʻ’jaz ishlangan ikki gʻildirakli (Amudaryo xazshasi, miloddan avvalgi 4 — 2-asrlar) A.lar topilgan, Afrosiyob devoriy rasmlarida jangovar A. tas-virlangan, „Boburnoma“da yozilishicha, urushlarda A.dan mudofaa vositasi (chep) sifatida foydalanilgan. Dunyo xalqlarining kundalik hayotida A.ning ahamiyati beqiyos katta boʻlgan. Avtomobil va boshqa transport vositalari yaratilgunga qadar A. asosiy transport vositasi hisoblangan. Hozir ham xalq xoʻjaligida, ayniqsa, qishloq joylarda 593A.dan foydalaniladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil