Mirshab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mirshab (arab, mir — hukmdor va shab — tun) — Oʻrta Osiyo xonliklarida maʼmuriy lavozim; tungi shahar soqchisi va ularning boshligʻi. Uning zimmasiga shaharda tungi osoyishtalikni taʼminlash masʼuliyati yuklatilgan. Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan istilo qilingach, M., asosan, tungi soqchilik hamda tartib va institutizom bajarilishini taʼminlagan va politsiya vazifasini bajargan. M. mingboshi va katta oqsoqollar ixtiyorida xizmatda boʻlgan. Masalan, Toshkentda Okt. toʻntarishigacha M.lar tungi shahar soqchisi. Mirshabxona boshligʻi qoʻrboshi deyilgan. M.lar tun boʻyi shaqildoq bilan koʻcha va mahallalarni aylanib, shahar osoyishtaligini taʼminlagan. Toshkentning 4 dahasida 10 tadan M., bir mirshabboshi boʻlgan. 1892-yilgacha M. katta oqsoqolga, keyinchalik Eski shahar politsmey-sterchga boʻysungan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil