Guruch
Qiyofa

Guruch — sholini oqlab olinadigan asosiy don; oziq-ovqat mahsulotlaridan biri. Sholi oqlanganda silliq, yirik guruch bilan birga oqshoq ham tushadi. Guruchning qaysi navli sholidan olinishiga qarab turlari koʻp. Masalan, devzira, jaydari, avangard, alanga, gulzor, qizil guruch va boshqalar. Tarkibida oʻrtacha 14% suv, 75,2% uglevod (asosan kraxmal), 7,7% oqsil, 0,4% yogʻ, 2,2% kletchatka va 0,5% kul boʻladi. Vatani Osiyo boʻlib, shu qitʼada yashovchi xalqlarning pazandachiligida asosiy masallik, hisoblanadi. Guruchdan toʻyimli, tez hazm boʻladigan taomlar tayyorlanadi (qarang Sholi).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |