Komissiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Komissiya (lotincha: commissio — topshiriq) — 1) kollegial organ, bironbir vazifani bajarish (saylov K.si, hisob K.si, taf-tish K.si) yoki maxsus tadbirlar oʻtkazish uchun tuziladi; 2) Fuqarolik huquqida — shartnoma; unga koʻra, bir tomon (komissioner) 2-tomon (komitent)ning topshirigʻiga binoan muayyan haq evaziga oʻz nomidan, lekin komitentning manfaati va hisobiga 3-shaxs bilan bitim tuzadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil