Polk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Polk (qad. slavyancha pʼlk — qoʻshin) — barcha qurolli kuchlarning har xil qoʻshin turlari va maxsus qoʻshinlaridagi harbiy qism. P.ning oʻqchi, piyoda askarlar, otliq askarlar, tank, artilleriya, aviatsiya, raketa va boshqa turlari boʻladi. Har bir P.da mustaqil shtab, bir qancha batalon (divizion, eskadrilya, rota), taʼminot boʻlinmalari va ichki boʻlinmalar mavjud. P., odatda, qoʻshilmalar (diviziya, brigada) tarkibiga kiradi. P. shaklidagi harbiy birlik, dastlab 10-asrlardayoq vujudga kelib, turli armiyalarda har xil nomlar bilan atalgan. P. tuzilish jihatdan oʻzgarib turgan. l-jahon urushida piyoda askarlar P. i 3— 4 batalon (har bir batalonda 3—4 ro-ta)dan iborat boʻlgan. Ikkinchi jahon urushi arafasida tank, motorlashtirilgan aviatsiya, havo desanti va boshqa P.lar yuzaga kelgan. Piyoda askarlar P.lariga esa artilleriya, minomyot, tank, zenit pule-myotlari boʻlinmalari va boshqa kiritilgan. Hozirgi bir qancha armiyalarda (AQSH va boshqa mamlakatlarda) P. oʻrnida jangovar gu-ruxlar mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil