Bosh Sahifa
Bugungi tanlangan maqolaUsmonlilar imperiyasidagi yahudiylar tarixi — Usmonlilar imperiyasida istiqomat qilgan yahudiy xalqlarining tarixi. Tarix bilan yaqindan qiziqmaydigan odamlar koʻpincha ikkita notoʻgʻri fikr bilan kifoyatlanadilar: Birinchi fikrga koʻra, yahudiylar Turkiyaga 1492-yilda surgun qilinganlar. Ikkinchi fikrga koʻra esa turklar va yahudiylarning birinchi aloqasi 1453-yilda, Istanbul fathidan keyin amalga oshirilgan. Vizantiya imperiyasidagi yahudiylar tarixiga qaraydigan boʻlsak, yahudiylar miloddan avvalgi 4-asrda Onadoʻli hududiga kirib kelganlar, Usmonlilarning beylik davridan to imperiyaning qulashiga qadar va hatto imperiyadan keyingi Turkiya Respublikasi davrida ham ushbu hududlarda istiqomat qilishgan. Usmonlilar imperiyasining yuksalish davri 15-16-asrlar yahudiylarning oltin davri boʻlgan. Usmonlilar davlatiga ilk bosmaxonani olib kelgan yahudiylar davlat ishlarida ham faol qatnashgan va katta lavozimlarni egallashgan. 17-asrga toʻgʻri kelgan Usmonlilar imperiyasining turgʻunlik davrida Usmonli yahudiylari madaniy va iqtisodiy inqirozga yuz tutdilar. 18-asrda yuz bergan tanazzul davrida, yahudiylar Sabetay Sevi voqeasidan kelib chiqqan zarba bilan „passiv himoya psixoziga“ kirishdilar. Soʻnggi davlatning qulash davrida yahudiylarning madaniy darajasi shu qadar pasayib ketgan ediki, hatto chet tilini oʻrganish biryoqda tursin hatto dindan chiqib ketayotgandek tuyuldi. Ammo Usmonlilarning qaysi davrida boʻlsa boʻlsin, yahudiylar jamoasi usmonlilar tuprogʻida boshqa xristian davlatlardagilarga nisbatan ishonch va tinchlikda yashadilar. (Davomi...)Bugungi yaxshi maqolaHarry Potter va Feniks jamiyati (inglizcha: Harry Potter and the Order of the Phoenix) — 2007-yilda David Yates tomonidan ishlangan hamda Warner Bros. Pictures va Heyday Pictures tomonidan ishlab chiqarilgan fantastika janridagi Amerika filmi. Ushbu film Harry Potter film qismlarining beshinchisi boʻlib, film gʻoyasi J. K. Rowling qalamiga mansub 2013-yilda yozilgan Harry Potter va Feniks jamiyati kitobiga asoslangan. Bu film voqealari Harry Potterning Hogwarts sehrgarlik maktabidagi beshinchi yilida sehrgarlik vazirligi Lord Voldemortning qaytishini inkor etishi bilan bogʻliq. Film produserlari David Heyman va David Barron, ssenariynavisi Michael Goldenberg boʻlib, Daniel Radcliffe (Harry Potter sifatida), Rupert Grint (Ron Weasley sifatida), Emma Watson (Hermione Granger sifatida), Helena Bonham Carter, Robbie Coltrane, Warwick Davis, Ralph Fiennes, Michael Gambon, Brendan Gleeson, Richard Griffiths, Jason Isaacs, Gary Oldman, Alan Rickman, Fiona Shaw, Maggie Smith, Imelda Staunton, David Thewlis, Emma Thompson va Julie Walters kabi aktyorlar rol oʻynashgan. Jonli harakatlarni suratga olish sahnalari Angliya va Shotlandiyada boʻlib oʻtdi (iyun oyida bir oylik tanaffus bilan). Vizual effektlarni qoʻshish uchun filmda keyingi suratga olish jarayonlari bir necha oy davom etdi. Xabarlarga koʻra, filmning budjeti 75—100 million funt sterling ($150—200 million) ni tashkil etgan. Warner Bros. kompaniyasi filmni Buyuk Britaniyada 2007-yil 12-iyulda, Shimoliy Amerikada esa 11-iyulda anʼanaviy va IMAX formatdagi kinoteatrlarida namoyish etdi. Shuningdek, ushbu film IMAX 3D formatida chiqarilgan ilk Potter haqidagi film sanaladi. Feniks jamiyati filmi butun jahon boʻylab $942 million jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Film 2008-yilda ikkita BAFTA film mukofotiga nomzod boʻlgan. (Davomi...) |
Yangiliklar
Bilasizmi...
Bugun15-yanvar
Vikipediya kuni
|
Tanlangan tasvir
Dashti Lutning panoramik koʻrinishi. | |
Vikipediyaning qardosh loyihalari
Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:
![]() |
MediaWiki Viki dasturlash |
![]() |
Meta-viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi |
![]() |
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar |
![]() |
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami |
![]() |
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar |
![]() |
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus |
![]() |
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori |
![]() |
Vikimanba Ochiq kutubxona |
![]() |
Vikiombor Erkin media fayllar ombori |
![]() |
Vikiturlar Biologik turlar katalogi |
![]() |
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari |
![]() |
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar |
Vikitillar
- 1 000 000 dan oshiq maqola:
- 250 000 dan oshiq maqola:
Bahasa Indonesia • Bahasa Melayu • Български • Català • Čeština • Dansk • Esperanto • Euskara • فارسی • עברית • 한국어 • Magyar • Norsk Bokmål • Română • Srpski • Srpskohrvatski • Suomi • Türkçe • Українська
- 50 000 dan oshiq maqola:
Bosanski • Eesti • Ελληνικά • English (Simple English) • Galego • Hrvatski • Latviešu • Lietuvių • മലയാളം • Norsk nynorsk • Slovenčina • Slovenščina • ไทย